ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mahalla_huquqshunosi
#Namangan_viloyati

Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Mahalla huquqshunosi loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar.


Bugungi manzil: Chortoq tumani, “Obod diyor” mahallasi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3
🟢Bugun “Ma’naviyat karvoni” doirasida navbatdagi muloqot uchrashuvi Bo'stonliq tumanining chekka "Xumson", “Ugam” mahallari aholisi orasida bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir Prezidentimizning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyatini, shuningdek, 13-yanvar kuni Xavfsizlik kengashining yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalarni keng jamoatchilikka yetkazish, ularning ijrosini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlarni tushuntirishga qaratildi.

🟢Tadbirda Respublika ishchi guruhi tarkibida Adliya vazirligi vakillari ham faol ishtirok etdi.

🟢Shuningdek, muloqot jarayonida fuqarolar bilan ochiq va samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning taklif va tashabbuslari, shuningdek, turli sohalarga oid murojaatlari tinglandi. Bildirilgan masalalar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, ularning ijrosi doimiy nazoratga olinishi qayd etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥5
#adliya_xabari

Adliya vaziri Vengriyaning nufuzli Karoli Gaspar nomidagi universitet rektori, professor Laslo Trochani bilan uchrashdi.

Uchrashuvda yuridik ta'lim va fan sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, O'zbekiston va Vengriya o'rtasida akademik va ilmiy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar talabalar uchun akademik almashinuv dasturlarini joriy etish, adliya tizimi xodimlari hamda Toshkent davlat yuridik universiteti bitiruvchilari uchun masofaviy magistratura dasturlarini amalga oshirish, universitet huzurida Yevropa iqtisodiy huquqi markazini tashkil etish doirasida hamkorlik qilish imkoniyatlarini ko'rib chiqdilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍10🔥2
#adliya_aralashgach

ADLIYA YORDAMI BILAN NAFAQA PULI TO‘LANADIGAN BO‘LDI


S.Nga ta’lim muassasasini tugatishi munosabati bilan kiyim-bosh, poyabzal, boshqa zarur buyumlar hamda yo‘l xarajatlari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan nafaqa puli o‘z vaqtida to‘lab berilmagan. Mazkur holat Shirin shahar adliya bo'limi tomonidan o'rganildi.

▶️Batafsil👈

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3
#davlat_xizmatlari

❄️ Tabiatning go‘zal manzarasi oppoq qor bugun poytaxtimizga o‘zgacha chiroy baxsh etmoqda

☕️ Qalblarga bir olam zavq bag‘ishlovchi ushbu manzaradan bahramand bo‘lib Davlat xizmatlari markazi ostonasidan kirgan har bir mijozga  xush kayfiyat va mehr bilan issiq choy va shirinliklar ulashayotgan xodimlar esa kayfiyatingizni yanada ko‘taradi.

😊 Har qanday ob-havo sharoitida ham biz Sizga iliqlik va mehr ulashishdan to‘xtamaymiz…

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube
👍95👏1