#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati
❗️ Adliya aralashuvi bilan xodim foydasiga 97 mln soʻm undirib berildi
Farg'ona viloyati, Toshloq tuman adliya bo'limi tomonidan fuqaroning buzilgan mehnat huquqlarini tiklash maqsadida kiritilgan da'vo arizasi fuqarolik ishlari bo'yicha Marg‘ilon tumanlararo sudi tomonidan to'liq qanoatlantirildi.
Natijada sud qarori bilan javobgar tashkilot zimmasiga jami 97 million so'mdan ortiq to'lanmay qolgan ustama va pullik kompensatsiya to'lovlarini undirish majburiyati yuklatildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

Qisqa tafsilot shuki, Toshloq tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining AKTni joriy etish va raqamlashtirish boʻyicha uslubchisi lavozimida ishlovchi Sh.U.ga 2024-yil aprel oyidan buyon belgilangan tartibdagi 100 foizli ustama to'lanmagan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5349-son Farmonining 7-bandiga koʻra, davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishga masʼul xodimlariga lavozim maoshidan 100 foizdan kam boʻlmagan miqdorda oylik ustama berilishi shart.
Adliya boʻlimi Mehnat kodeksining tegishli moddalariga tayanib, ish beruvchining moliyaviy ahvolidan qatʼi nazar, xodimga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻliq hajmda toʻlashi shartligini sudda asoslab berdi.
Natijada sud qarori bilan javobgar tashkilot zimmasiga jami 97 million so'mdan ortiq to'lanmay qolgan ustama va pullik kompensatsiya to'lovlarini undirish majburiyati yuklatildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5👍4🔥3
🟢Bugun “Ma’naviyat karvoni” doirasida navbatdagi muloqot uchrashuvi Bo'stonliq tumani “Yoshlik” mahallasida bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir Prezidentimizning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyatini, shuningdek, 13-yanvar kuni Xavfsizlik kengashining yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalarni keng jamoatchilikka yetkazish, ularning ijrosini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlarni tushuntirishga qaratildi.
🟢Tadbirda Respublika ishchi guruhi tarkibida Adliya vazirligi vakillari ham faol ishtirok etdi.
🟢Uchrashuv davomida davlat rahbari Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, xususan, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi farovonligini oshirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini rivojlantirish, bandlikni ta’minlash hamda infratuzilmani takomillashtirish masalalari atroflicha tushuntirib berildi.
🟢Shuningdek, muloqot jarayonida fuqarolar bilan ochiq va samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning taklif va tashabbuslari, shuningdek, turli sohalarga oid murojaatlari tinglandi. Bildirilgan masalalar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, ularning ijrosi doimiy nazoratga olinishi qayd etildi.
🟢Mazkur uchrashuv davlat siyosatining mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, muammolarni joyida muhokama qilish hamda jamoatchilik ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

👍5🔥4❤2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Adliya vazirligi Olis (chekka) va notarius lavozimiga talab yuqori bo'lmagan hudud (notarial okrug)larda davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga talabgorlarni Oliy malaka komissiyasi tomonidan suhbat asosida tayinlash tartibi to'g'risidagi nizomni davlat ro'yxatidan o'tkazdi (ro'yxat raqami: 3756, 19.01.2026-y.).
✅ Nizomga ko'ra, suhbat Prezidentning 2025 yil 9-sentabrdagi PQ–280-son qarori bilan tasdiqlangan Ro'yxatga kiritilgan notarial okruglarda notarius lavozimi bo'sh bo'lgan yoki yangi lavozim ta'sis etilganda o'tkaziladi.
📝 Suhbat Oliy malaka komissiyasi va uning ishchi organi tomonidan amalga oshiriladi, talabgorlarning hujjatlari esa dastlab hududiy komissiyalar tomonidan ko'rib chiqiladi.
🗒 Ro'yxatdagi notarial okruglarga suhbat o'tkazish bo'yicha "Inson va qonun" gazetasida va vazirlikning rasmiy veb-saytida e'lon beriladi.
⌛️ Talabgorning hujjatlari hududiy komissiya tomonidan 15 kun ichida ko'rib chiqilib, belgilangan talablarga muvofiq deb topilganda, Oliy malaka komissiyasiga taqdim etilishi yuzasidan xulosa tasdiqlanadi va yuboriladi.
▶️ Suhbatda talabgorlar berilgan savollarga to'liq va aniq javob berishi, faoliyat sohasi bilan bog'liq tizimli bilimlarga ega bo'lishi, ulardan o'z kasb faoliyatida mustaqil foydalanishni bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishiga qarab baholanadi.
⏭️ Ro'yxatdagi notarial okruglarda kamida 3 yil davomida notariuslikni amalga oshirganlar respublikaning istalgan boshqa hududida xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius sifatida faoliyatini davom ettirishi mumkin bo'ladi.
📌 Mazkur hujjat 2026-yil 1-apreldan kuchga kiradi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❗️ Olis hududlarda notarius lavozimiga talabgorlarni suhbat asosida tayinlash tartibi belgilandi
Adliya vazirligi Olis (chekka) va notarius lavozimiga talab yuqori bo'lmagan hudud (notarial okrug)larda davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga talabgorlarni Oliy malaka komissiyasi tomonidan suhbat asosida tayinlash tartibi to'g'risidagi nizomni davlat ro'yxatidan o'tkazdi (ro'yxat raqami: 3756, 19.01.2026-y.).
📝 Suhbat Oliy malaka komissiyasi va uning ishchi organi tomonidan amalga oshiriladi, talabgorlarning hujjatlari esa dastlab hududiy komissiyalar tomonidan ko'rib chiqiladi.
🗒 Ro'yxatdagi notarial okruglarga suhbat o'tkazish bo'yicha "Inson va qonun" gazetasida va vazirlikning rasmiy veb-saytida e'lon beriladi.
⌛️ Talabgorning hujjatlari hududiy komissiya tomonidan 15 kun ichida ko'rib chiqilib, belgilangan talablarga muvofiq deb topilganda, Oliy malaka komissiyasiga taqdim etilishi yuzasidan xulosa tasdiqlanadi va yuboriladi.
▶️ Suhbatda talabgorlar berilgan savollarga to'liq va aniq javob berishi, faoliyat sohasi bilan bog'liq tizimli bilimlarga ega bo'lishi, ulardan o'z kasb faoliyatida mustaqil foydalanishni bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishiga qarab baholanadi.
⏭️ Ro'yxatdagi notarial okruglarda kamida 3 yil davomida notariuslikni amalga oshirganlar respublikaning istalgan boshqa hududida xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius sifatida faoliyatini davom ettirishi mumkin bo'ladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👏3❤2👍2
🌍Xalqaro darajada rivojlanish uchun ajoyib imkoniyat!
🏛Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan yuridik kadrlar va boshqa soha mutaxassislari hamda sohaga qiziquvchilar uchun rivojlangan xorijiy davlatlarda qisqa muddatli stajirovkalar tashkil etilmoqda.
🇸🇬 Singapur
🇯🇵 Yaponiya
🇹🇷 Turkiya
🇵🇱 Polsha
🏴 Angliya
🇦🇿 Ozarbayjon
🎯 STAJIROVKA DAVOMIDA:
▪️Xorijiy davlatlarning yuridik amaliyoti va institutsional tajribasi bilan tanishish;
▪️Yuridik soha, huquqni qo‘llash, ta'lim va boshqa sohalar bo‘yicha tashrif va uchrashuvlar;
▪️Trening va boshqa tadbirlar;
▪️Madaniy-ma’rifiy va turistik dasturlar.
👥 KIMLAR UCHUN?
🔹Nomzodlar uchun cheklov yo‘q!
🔹Yuridik soha vakillari, pedagoglar, mutaxassislar va sohaga qiziquvchilar uchun ochiq!
🛠 INSTITUT TOMONIDAN TA’MINLANADI:
✔️ Viza olishda amaliy ko‘mak;
✔️ Stajirovka dasturi;
✔️ Borib-kelish jarayonini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish;
✔️ Xorijiy hamkorlar bilan rasmiy aloqalar.
💼 MOLIYAVIY SHARTLAR:
🔹Xorijga borib kelish va u bilan bog‘liq barcha xarajatlar nomzod tomonidan qoplanadi;
🔹Stajirovka xarajatlari tashrif buyuriladigan mamlakat va stajirovka dasturi, muddatidan kelib chiqib belgilanadi.
📞 ALOQA UCHUN:
+998 91 191 47 84
+998 91 270 27 07
+998 99 109 48 85
+998 99 937 04 33

📌 STAJIROVKA QUYIDAGI DAVLATLARDA TASHKIL ETILADI:🇸🇬 Singapur

🔥6👍4
#So'rovnoma
📣 Hurmatli kuzatuvchi, adliya organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik fikrini o'rganish maqsadida o'tkazilayotgan so'rovnomada ishtirok eting!
💬 So'rovnomada ishtirok etish uchun ushbu 👉 havolaning 👈 ustiga bosing!
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❗️ Ushbu anonim so‘rovnoma orqali Sizning fikr va takliflaringiz adliya organlari faoliyatini yanada samarali tashkil etilishiga xizmat qiladi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan
#Namangan_viloyati
Adliya bo'limi aralashuvi bilan murojaat ijobiy yechim topdi.
Murojaatni o‘rganish yakuniga ko‘ra, tuman adliya bo‘limi tomonidan kiritilgan taqdimnomaga asosan fuqaroga to‘lanmay qolgan ish haqi (ustama pullari)ni undirib to‘lab berilishi ta’minlandi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Namangan_viloyati
Adliya bo'limi aralashuvi bilan murojaat ijobiy yechim topdi.
Chortoq tumani adliya bo‘limi tomonidan tumanning, Turkiston mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro T.Hning to‘lanmay qolgan ish haqi (ustama pullari)ni undirib berishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati ko‘rib chiqildi.
Murojaatni o‘rganish yakuniga ko‘ra, tuman adliya bo‘limi tomonidan kiritilgan taqdimnomaga asosan fuqaroga to‘lanmay qolgan ish haqi (ustama pullari)ni undirib to‘lab berilishi ta’minlandi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥12👍7❤6👏4😢2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Adliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda Kredit va to'lov tashkilotlari, to'lov tizimi operatorlari tomonidan jismoniy shaxslarga masofadan moliyaviy xizmatlar ko'rsatishda axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta'minlash hamda frod holatlarining oldini olish bo'yicha minimal talablar to'g'risidagi nizomni davlat ro'yxatidan o'tkazdi (ro'yxat raqami 3759, 21.01.2026-y.).
✅ Unga ko'ra, kredit tashkiloti frod holati natijasida nomiga onlayn kredit rasmiylashtirilgan fuqaroga, surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimiga asosan jabrlanuvchi deb e'tirof etilganda, mazkur onlayn kredit va u bilan bog'liq foizlarni hisoblashni hamda undan undirishni to'xtatadi.
⏭️ Kredit tashkiloti onlayn kredit ajratishda frod holatini sodir etgan shaxsdan yetkazilgan moddiy zararni regress tartibida undirishi mumkin.
📝 Kredit tashkiloti frod holatiga shubha qilganda qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
🗒 Surishtiruv, dastlabki tergov natijalari yoki sudning qaroriga asosan frod holati yuz bermaganligi aniqlanganda kredit tashkiloti onlayn kredit va u bilan bog'liq foizlarni hisoblashni hamda undirishni davom ettiradi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❗️ Onlayn kredit olishda firibgarlikka uchragan fuqarolardan kreditni undirish to'xatiladi
Adliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda Kredit va to'lov tashkilotlari, to'lov tizimi operatorlari tomonidan jismoniy shaxslarga masofadan moliyaviy xizmatlar ko'rsatishda axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta'minlash hamda frod holatlarining oldini olish bo'yicha minimal talablar to'g'risidagi nizomni davlat ro'yxatidan o'tkazdi (ro'yxat raqami 3759, 21.01.2026-y.).
⏭️ Kredit tashkiloti onlayn kredit ajratishda frod holatini sodir etgan shaxsdan yetkazilgan moddiy zararni regress tartibida undirishi mumkin.
📝 Kredit tashkiloti frod holatiga shubha qilganda qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
🗒 Surishtiruv, dastlabki tergov natijalari yoki sudning qaroriga asosan frod holati yuz bermaganligi aniqlanganda kredit tashkiloti onlayn kredit va u bilan bog'liq foizlarni hisoblashni hamda undirishni davom ettiradi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
✅ Nizomga ko'ra, mobil ilovada ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi akkauntiga faqat ushbu shaxs yoki yaqin qarindoshlariga tegishli bo'lgan bank hisobvarag'i, bank kartasi va elektron hamyonlarni biriktirishi hamda ushbu akkaunt orqali P2P o'tkazmalarini amalga oshirishi mumkin.
❌ Foydalanuvchining telefon raqami va JSHSHIRi mos kelishi tekshiriladi hamda moslik aniqlanmaganda mobil ilovada ro'yxatdan o'tkazish va bank kartasini biriktirishga yo'l qo'yilmaydi.
🖼 Kredit va to'lov tashkilotlari foydalanuvchilarni biometrik identifikasiyadan o'tkazishda hayotiylik faktorlarini aniqlashi shart, ya'ni rasm orqali identifikasiya qilish mumkin bo'lmaydi.
⌛️ Telefonga yuborilgan 1 martalik SMS xabar 3 marotaba noto'g'ri kiritilganda, foydalanuvchining mobil ilovadagi harakatlari 15 daqiqa davomida vaqtincha cheklanadi;
▶️ Mobil ilovadagi akkauntga boshqa qurilmadan kirish yoki uning parolini qayta tiklashda ushbu akkauntga bog'langan barcha bank kartalari mobil ilovadan avtomatik tarzda chiqarib yuboriladi.
🗒 Shuningdek, ushbu qurilmada bank kartalari bo'yicha moliyaviy operasiyalar tarixi o'chirib yuboriladi.
☑️ Bunda, bank kartalarini biriktirish biometrik identifikasiyadan o'tkazilgan holda amalga oshiriladi.

❗️ Mobil ilovalarda (Click, Paynet, Apelsin...) onlayn firibgarlikka qarshi talablar kuchaytirildi

🙏3
Forwarded from Intellektual mulk yangiliklari
"Texnopark" MCHJning firma nomiga bo‘lgan huquqlari himoya qilindi.
"Texnopark" MChJ tomonidan litsenziya shartnomasiga asosan "AKFA BUILD" tovar belgisi ostida lift mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Biroq, jamiyatga o‘ziga tegishli firma nomi va "AKFA BUILD" tovar belgisi ostida ishlab chiqarilgan kontrafakt lift mahsulotlari ayrim tadbirkorlar tomonidan sotilayotgani ma'lum bo‘lgan.
Jamiyatning mazkur holat bo‘yicha yo‘llagan murojaati adliya organlari tomonidan ko‘rib chiqilib, 2026-yilning 12-yanvar kuni Andijon shahrida faoliyat yurituvchi tadbirkor faoliyatida tekshiruv o‘tkazildi.
Tekshiruv natijasida "Texnopark" MChJ firma nomi va "AKFA BUILD" tovar belgisidan foydalanilgan kontrafakt lift mahsulotlari sotilib, huquqbuzarlik sodir etilgani aniqlandi.
Huquqbuzar "S.M." ga nisbatan rasmiylashtirilgan ma'muriy bayonnomaga asosan sudning 2026-yil 15-yanvardagi qarori qabul qilinib, BHMning 15 baravari (6,1 mln so‘m) miqdorida jarima qo‘llanildi.

❤4🔥2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Adliya vazirligi tomonidan “Salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan kasalliklar roʻyxatini tasdiqlash haqida”gi buyruq (ro‘yxat raqami 3755, 2026-yil 13-yanvar) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
✅ Ushbu hujjat bilan yoʻl harakati qoidalariga muvofiq transport vositasida harakatlanish davomida salomatligi sababli xavfsizlik kamari taqish imkoniyati boʻlmagan shaxslar uchun kasalliklar roʻyxati tasdiqlandi.
Shuningdek, ushbu kasalliklar boʻyicha QR-kodli elektron tibbiy maʼlumotnoma berish bo‘yicha quyidagi tartiblar belgilandi:
🔹tibbiy maʼlumotnoma “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimi orqali bepul rasmiylashtiriladi;
🔹tibbiy maʼlumotnoma shaxs biriktirilgan oilaviy poliklinika yoki davolangan davlat tibbiyot muassasasi tomonidan beriladi;
🔹kasallik turiga qarab vaqtincha (2 oy, 4 oy, 6 oy, 1 yil) yoki doimiy muddatga beriladi.
✅ Mazkur ma’lumotnoma shaxs biriktirilgan oilaviy poliklinika tomonidan davolangan nodavlat tibbiyot tashkilotining tegishli xulosasi asosida ham berilishi mumkin.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❗️Xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan kasalliklar roʻyxati tasdiqlandi
Adliya vazirligi tomonidan “Salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan kasalliklar roʻyxatini tasdiqlash haqida”gi buyruq (ro‘yxat raqami 3755, 2026-yil 13-yanvar) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Mazkur kasalliklar ro‘yxatiga tayanch-harakatni ta’minlovchi suyaklarning (umurtqa pog‘onasi, qovurg‘alar, yelka kamari, o‘mrov va to‘sh suyaklari) sinishi, ogʻir yurak-qon tomir va nafas tizimi kasalliklari, koʻkrak qafasi sohasida oʻtkazilgan operatsiyalar, implant va stomalarning mavjudligi hamda shu kabi jami 20 turdagi kasalliklar kiritilgan.