ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
“Bulung‘ur kulchatoyi”, “Bulung‘ur kartoshkasi” hamda “Bulung‘ur pomidori” mahsulotlarini geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.

🔹Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi mas'ullaridan iborat sayyor ishchi guruh Samarqand viloyatida bo'ldi.

🔸Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — Bulung‘ur tumani hududiga xos bo‘lgan ushbu mahsulotlarning tarixiy shakllanishi, mahalliy an’ana va urf-odatlar bilan uzviy bog‘liqligi, ishlab chiqarish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, mahsulotlarning hudud bilan chambarchas aloqadorligini chuqur o‘rganishdan iborat.


🔹Sayyor ishchi guruh tomonidan joylarda o‘rganish ishlari olib borilib, “Bulung‘ur kulchatoyi”, “Bulung‘ur kartoshkasi” va “Bulung‘ur pomidori” mahsulotlarini geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur hujjatlarni shakllantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🔸Ushbu mahsulotlarning huquqiy muhofazaga olinishi hudud brendini rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini himoya qilish hamda ularning bozordagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.

📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi PF-173-son Farmoni ijrosi yuzasidan biriktirilgan masʼullar tomonidan oʻrganishlar davom ettirilmoqda.

Shunga koʻra, adliya vaziri oʻrinbosari M.Allakuliyev Bekobod shahrida boʻlib, aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish jarayonlari, shtab faoliyati hamda mahallalardagi holat bilan tanishdi.

Shahar hokimligida shahar mutasaddi rahbarlari ishtirokida yigʻilish tashkil qilinib, tadbirni sifatli tashkil etish yuzasidan masʼul xodimlarga amaliy tavsiyalar va tegishli koʻrsatmalar berdi.

Oʻrganishlar davomida vazir oʻrinbosari mahallalarda ham boʻlib, Farmon ijrosi, roʻyxatga olish jarayonini samarali tashkil etish hamda aholiga mazkur jarayonning ahamiyatini tushuntirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mahalla yettiligi aʼzolari va faollar bilan suhbatlashib muammolarni oʻrgandi.

Bu boradagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👍2🔥1
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari N. Muxammadiyev xizmat safari bilan Qashqadaryo viloyatida bo‘lib, Qarshi shahar davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi.

🔹 Safar davomida Qarshi shahridagi davlat xizmatlari markazida jismoniy va yuridik shaxslar uchun yaratilayotgan qulayliklar, xizmatlardan foydalanish jarayonlari va ularning sifati bilan yaqindan tanishdi.

🔹 Shuningdek, tizim xodimlarining mehnat sharoitlari, mavjud muammolar hamda xizmatlar sifatini yanada oshirishga qaratilgan takliflar o‘rganildi. Markazda joriy etilgan zamonaviy qulayliklar samaradorligi ko‘zdan kechirildi.

🔹 Tizim mas’ullari bilan bo‘lib o‘tgan muloqot davomida xizmat ko‘rsatish jarayonini takomillashtirishga doir muhim masalalar muhokama qilinib, tegishli tavsiyalar berildi.

📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥4
UYI YONGAN ODAM QOʻSHNISIGA YETKAZILGAN ZARARNI TOʻLAYDI

Yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qilmaganlik uchun fuqarolar va mansabdor shaxslarga javobgarlik choralari belgilangan.

Yongʻinning kelib chiqish sabablari qanday aniqlanadi? Aytaylik, uyida yongʻin sodir boʻlgan fuqaro boshqa bir vaj keltirdi.

https://www.youtube.com/watch?v=WR316sqvnl8&pp=0gcJCU0KAYcqIYzv
👍42🔥2👏1
#Farmon_ijrosi

📌 Farmon ijrosi ta’minlanmoqda

🔸O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-son “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi 629-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida joylarda amaliy ishlar izchil davom etmoqda.

🔹Shu munosabat bilan adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M. Istamov Samarqand viloyati Paxtachi tumanida bo‘lib, ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik holati bilan tanishdi.

🔸Safar davomida:
▪️tumanda tashkil etilgan shtab faoliyati;
▪️Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi;
▪️tuman tibbiyot birlashmasi;
▪️“Amir Temur” mahallasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.


🔹Jarayonlarni samarali tashkil etish yuzasidan mas’ullarga amaliy yordam ko‘rsatilib, tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3👍1🔥1