ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoni yuzasidan biriktirilgan mas’ullar idoralar tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

🔹Shunga ko'ra, Adliya vazirligining ishchi guruhi Bekobod shahrida bo'lib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik jarayonlari, shtab faoliyati hamda mahallalardagi ishlar bilan tanishdi.

🔺O‘rganish davomida ishchi guruh tomonidan Bekobod shahar hokimligi mutaxassislari bilan birgalikda aholini ro'yxatga olish jarayonini samarali tashkil etish hamda mazkur jarayonning ahamiyatini tushuntirish bo'yicha amalga oshirilishi lozim bo'lgan masalalar yuzasidan amaliy tavsiyalar va tegishli ko'rsatmalar berildi.

🔹Shu bilan birga "Bekobodsement" korxonasi rahbar xodimlari uchun seminar o'quv mashg'uloti tadbiri tashkil etildi.

❗️2025-yilning 15-yanvaridan boshlab mamlakatimizda aholini va qishloq xòjaligini ròyxatga olish boshlanadi.

📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4🔥4👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Qadrli Vatan himoyachilari!

Sizlarni Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Yurtimiz tinchligi va farovonligi, osoyishta hayotini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashdek sharafli va mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar doimiy hamroh bo‘lsin.

Hurmat bilan,
Adliya vazirligi jamoasi


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍18🔥115👏2🎉2
#qonunchilikdagi_yangiliklar

📣 Xususiy tartibda faoliyat yurituvchi psixologlarga malaka sertifikati berish tartibi tasdiqlandi!

Malaka sertifikati olish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

🏢 Malaka sertifikati psixologlarning jamoat birlashmalari tomonidan beriladi.

💴 Davlat xizmati ko'rsatilganligi uchun BHMning 2 baravari miqdorida yig'im undiriladi.

Malaka sertifikati 5 yil davomida amal qiladi.

❗️Unutmang, psixologik yordam ko'rsatish tartibini buzish ma'muriy javobgarlikka sabab bo'ladi.


Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Sirdaryoda 2025-yil davomida 507 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi

📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3👍2🔥2
#Adliya_aralashgach
#Namangan_viloyati

Murojaatchiga foydalanilmagan mehnat ta’tillari va ishdan bo‘shatish nafaqasi to’lab berildi.

Namangan tumani adliya bo‘limi tomonidan tuman pedagogika kolleji o‘qituvchisi M.Sning kollej faoliyatini yakunlaganligi sababli, shtat qisqarganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi ogohlantirish berilgan holda bekor qilingan qilingan bo‘lsa-da, ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lab berilmayotganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqildi.

👉batafsil

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

❗️Farg'onada adliya organlarining amaliy yordami bilan 1964-yilda tug'ilgan fuqaro ilk marotaba fuqarolik pasportini oladigan bo'ldi.

Oltiariq tuman adliya bo'limi tomonidan fuqaroning murojaati o‘rganilib, uni doimiy yashaganlik faktini belgilash bo‘yicha fuqarolik sudiga da'vo arizasi kiritildi hamda ariza sud tomonidan qanoatlantirildi.

Fuqaro: "... pasportim yo'q edi. Adliyadagilarga hammasiga rahmat deyman. Hamma yo'g'imni qilib berishyabti. Ko'nglimdagidek bo'ldi.."

Batafsil videolavhada👆

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥4👍3👏2
#matbuot_anjumani

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: qonun ustuvorligi va raqamli davlat boshqaruvi muhokamada

🔹Bugun “Taraqqiyot strategiyasi” markazida takomillashtirilayotgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasining “Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish” yo‘nalishi bo‘yicha matbuot anjumani, shuningdek jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi.

🔸Tadbirda Adliya vazirligi, Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda OAV va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🔹 Ta’kidlanganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini bugungi real sharoit, yangi ustuvor vazifalar va aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqish zarurligi alohida qayd etilgan.

🔹 Matbuot anjumanida strategiya loyihasida davlat boshqaruvi va davlat xizmatlari sohasini to‘liq raqamlashtirish orqali samaradorlikni oshirish, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va aholiga qulaylik yaratishga qaratilgan muhim vazifalar belgilanganligi ma’lum qilindi.

📌 Xususan:
▪️davlat xizmatlarini proaktiv va kompozit shaklda ko‘rsatish sonini kamida 400 taga yetkazish;
▪️100 dan ortiq davlat xizmatlari muddatlarini 50 foizga qisqartirish;
▪️500 ga yaqin xizmatlar tartib-taomillarini soddalashtirish;
▪️110 dan ortiq hujjat va ma’lumotlarni talab qilishni to‘liq bekor qilish;
▪️mahalliy hokimiyatlarda “byurokratiya – nol” tamoyilini to‘liq joriy etish rejalashtirilgan.


🔸Matbuot anjumani yakunida mas’ullar jurnalistlarning savollariga batafsil javob berib, takomillashtirilayotgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi xalqchil, ochiq va aniq natijalarga yo‘naltirilgan hujjat bo‘lishini ta’kidladilar.

📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍65🔥3