ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
‼️ Hurmatli ishtirokchilar,
Oʻzbekiston yuristlar assotsiatsiyasi tomonidan 2026-yilga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi ishlab chiqilmoqda. Agar Siz Assotsiatsiya faoliyati va yuridik sohaning rivojiga befarq bo‘lmasangiz, o‘z taklif va mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin.
Sizning fikringiz biz uchun muhim. Oldindan minnatdorchilik bildiramiz.
——————————————————
‼️ Уважаемые участники,
Ассоциация юристов Узбекистана разрабатывает план мероприятий на 2026 год. Если Вам небезразлична деятельность Ассоциации и развитие юридической сферы, приглашаем поделиться своими предложениями и мнениями.
Благодарим за активное участие.
🔗 https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfe7XVeZvjXKjxQj8DXPaht94iT49qVcI171L3BxQbGlQXOBw/viewform?usp=dialog
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing
#Murojaatnoma

Mavzu: Prezident Murojaatnomasi — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichi

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️YERLARNI QONUNIYLASHTIRISH YANADA OSONLASHADI

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan uylarga hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari soddalashtirilmoqda! Toʻlovlar va muddatlar boʻyicha fuqarolarga berilayotgan yengillik va imkoniyatlar haqida “Sayilgoh” podkastida bilib oling!

Batafsil 👉https://youtu.be/Tmu0HNjIAjE

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2🔥2
#iqtibos
#murojaatnoma

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2🔥1
Adliya vaziri o'rinbosari M.Allakuliyev Toshkent davlat yuridik universitetida bo'ldi.

🔹Vazir o'rinbosari Toshkent davlat yuridik universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF – 232–son “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining ijro holati bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

🔸Tadbir davomida universitet o‘quv jarayonlariga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, yuridik klinika faoliyati, Universitetning zamonaviy kampusini barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini ko‘zdan kechirdi.

🔺Taqdimotda kelgusida Universitetda amalga oshiriladigan ishlar, elektron ta’lim platformalarining integratsiyasi va Universitetning zamonaviy kampusini barpo etish ishlarini jadallashtirish yuzasidan taklif va topshiriqlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21
#Adliya_xabari
#Namangan_viloyati

📌Namanganda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e’tirof etilgan shaxslar 2800 nafarga yetdi.


Xalq deputatlari Namangan viloyati navbatdagi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko'rib chiqildi.

Mazkur sessiyada jami 537 nafar fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo'yicha kengash qarori qabul qilindi.

Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarning mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4🔥1
#iqtibos
#murojaatnoma

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1
Internetda tarqalgan xabarlar asosida Adliya vazirligi tomonidan davlat oliy ta'lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida"gi Qonun talablariga rioya etilishi yuzasidan tekshiruv o'tkazildi.

Jumladan:
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti;
- Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti;
- Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
- O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;
- Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti faoliyati o‘rganilganda mingdan ortiq adabiy asarlar muallif yoki boshqa huquq egalaridan ruxsat olinmasdan, hech qanday shartnomasiz to‘liq holda elektron shaklga o‘tkazilgani va unilibrary.uz tizimiga hamda oliy ta'lim muassasalarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylangani aniqlandi.


🔹Aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha oliy ta'lim muassasalari mas’ullariga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177¹-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli tartibda sudlarga yuborildi.

🔹Shuningdek, kelgusida bunday huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida oliy ta'lim muassasalari xodimlariga mualliflik va turdosh huquqlarga rioya qilish bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
‼️ Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi “Mualliflik va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunning 65-moddasiga muvofiq muallif yoki boshqa huquq egasi zararni qoplash uchun huquqbuzardan BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon talab qilish huquqiga ega hisoblanadi.

Telegram |
Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukronalik_va_inson_qadri

❗️Ziyodbek HALIMJONOV: Talabalik yillarimdayoq adliya tizimida ishlashni orzu qilganman.

Navbatdagi qahramonimiz salohiyatli, yosh kadrlarimizdan biri - Fargona viloyat adliya boshqarmasi sho'ba boshlig'i Ziyodbek Halimjonov.

Adliya tizimida - qonun ustuvorligini ta’minlash va inson huquqlarini himoya qilishdek sharafli sohada faoliyat yuritish nafaqat mas’uliyat, balki katta bir saodatdir. Bu tizimda ishlashning o‘ziga xos shukronasi va ma’naviy jihatlari bor.

"Xalol va masʼuliyatli bo'lib ishlasangiz, adliya tizimida qadr topasiz. Buning hammasi fidoyilik bilan bogliq" -deydi Ziyodbek Halimjonov.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍92🔥1👏1
#Adliya_aralashgach
#Andijon_viloyati

Andijonda pedagog xodimlarga 286 079 118 (ikki yuz sakson olti million yetmish to‘qqiz ming bir yuz o‘n sakkiz) so'm ta'til pullari to'lab berilishi ta'minlandi.

📍 Asaka tuman adliya bo‘limiga “Huquqiy mahalla” platformasi orqali tumandagi umumta’lim maktablarining jami 25 nafar pedagog xodimlarning murojaati kelib tushgan.

♻️ Murojaatni o'rganish davomida, xodimlarga joriy yilning sentabr va oktabr oylarida hisoblangan homiladorlik va tug‘ish ta'tili pullari turli vajlar bilan ish beruvchilar tomonidan to‘lab berilmaganligi aniqlangan.

Masala yuzasidan adliya bo'limi boshlig'ining tegishli taqdimnomasi kiritilgan holda, xodimlarga jami 286 079 118 (ikki yuz sakson olti million yetmish to‘qqiz ming bir yuz o‘n sakkiz) so'm miqdoridagi ta'til pullarni to'lab berilishi ta‘minlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍3👏1
Ishchi guruh chegara oldi hududlarda joylashgan mahallalar bilan tanishdi

🔺O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoni yuzasidan biriktirilgan mas’ullar idoralar tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

🔹Shunga ko'ra, Adliya vazirligining ishchi guruhi Bekobod shahrida bo'lib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik jarayonlari, shtab faoliyati hamda chegara oldi hududlarida joylashgan mahallalar bilan tanishdi.

🔺O‘rganishlar davomida ishchi guruh tomonidan Bekobod shahar hokimi bilan birgalikda aholini ro‘yxatga olish jarayonini samarali tashkil etish hamda mazkur jarayonning ahamiyatini tushuntirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo'lgan masalalar yuzasidan amaliy tavsiyalar va tegishli ko'rsatmalar berildi.

🔹Shu bilan birga aholiga bayramona kayfiyat ulashish va yangi yilni munosib kutib olish maqsadida mahallalardagi ayrim oilalarga adliya vazirligining yangi yil sovg'asi topshirildi.

❗️2025-yilning 15-yanvaridan boshlab mamlakatimizda aholini va qishloq xòjaligini ròyxatga olish boshlanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥1