ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Jamoatchilik kengashi a’zolari Sirdaryoda

Adliya vazirligi faxriylar kengashi, vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari hamda "Madad" NNT vakillari Sirdaryo viloyatida bo‘lib, Guliston shahar davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Safar davomida markazda aholi va tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xizmat ko‘rsatish jarayonlarining qulayligi hamda ochiqlik tamoyillariga amal qilinishi o‘rganildi.

Kengash a’zolari fuqarolar bilan bevosita muloqot qilib, markaz faoliyati, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va tezkorligi yuzasidan aholining fikr-mulohazalari bilan qiziqdilar.

Jarayonda FHDY bo‘limidagi sharoitlar, FHDY va Notarial arxivlarda hujjatlarni saqlanish holati ham ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslardan kelgan murojaatlarga berilgan javoblar sifati tahlil qilinib, ayrim taklif va mulohazalar bildirildi hamda xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
17👍3🔥32
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

Unda Adliya vazirligi faxriylar kengashi, vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida faxriylar o‘z hayot yo‘li, kasbiy tajribasi, adliya tizimida xizmat qilishning sharafi va mas’uliyati haqida yosh xodimlar bilan samimiy suhbat olib bordilar. Uchrashuv ochiq muloqot ruhida kechib, unda adliya tizimiga xos qadriyatlar, yoshlarning kasbiy va ma’naviy kamolotini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot davomida yosh xodimlar ustozlarning hayotiy va kasbiy maslahatlaridan ilhom olib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Tadbirda yoshlarning faolligi ham alohida e’tirof etildi va faol ishtirokchilar rag‘batlantirildi.

Uchrashuv yoshlar uchun katta hayotiy saboq, faxriylar uchun esa o‘z tajribalarini baham ko‘rish imkoniyati bo‘lib, adliya qadriyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1👍8🔥32
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Surxondaryo va Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmalarida tizimdagi xodimlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan targ'ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Adliya vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, Adliya vazirligi tizimidagi manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom va boshqa korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan ichki qoidalarga rioya qilish shartligi tushuntirildi.


Shuningdek, xodimlarga odob-axloq va kasb etikasi qoidalariga rioya qilishlari ta'kidlab o‘tildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍61🔥1