ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Toshkent viloyat adliya boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlarini himoya qilish va jamiyatda faol ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👍1
Adliya vazirligida Intellektual mulk obyektlari muhofazasi mavzusida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

🔹Adliya vazirligida Intellektual mulk departamenti mutaxassislari tomonidan Odil Sudlov akademiyasining 58 nafar tinglovchilariga Intellektual mulk huquqini muhofaza va himoya qilish masalalari oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi.

🔸Mashgʻulotda sudlarda intellektual mulk huquqi bilan bogʻliq ishlar, sud protsesslarida vujudga kelayotgan muammolar toʻgʻrisida maʼlumotlar va ularni yechimlari yuzasidan takliflar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍2311👏8🔥3🎉3
ADLIYA YANGILIKLARI
Video message
“Konstitutsiya koʻchasi”ga marhamat!

Barchangizni taklif qilamiz!
11👍7👏6🎉2
Konstitutsiya kuni munosabati bilan “Konstitutsiya ko‘chasi” tadbiri tashkil etildi

🔹Bugun, 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan Adliya vazirligi va Toshkent shahar hokimligi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Toshkent shahrining “Sayilgoh” ko‘chasida an’anaviy “Konstitutsiya ko‘chasi” tashkil etildi.

🔹Tadbir doirasida fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, Konstitutsiyada belgilangan asosiy qoidalar mazmun-mohiyatini keng tushuntirish maqsadida turli interaktiv maydonchalar, xususan, tegishli davlat tashkilotlari tomonidan “Konstitutsiya burchaklari” tashkil etildi.

🔹Talabalar tomonidan ijro etilgan musiqiy chiqishlar, fleshmoblar, harbiylarning jang san’atiga oid ko‘rgazmali chiqishlari, huquqiy ma’ruzalar va so‘z ustalari ishtirokidagi dasturlar tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
#Fuqarolik_jamiyati_haftaligi
#Jamoatchilik_kengashlari_forumi

✔️Fuqarolik jamiyati institutlari bilan davra suhbati bo'lib o'tdi.

🔹Bugun, 5-dekabr kuni Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-martdagi PF–6181-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2021–2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi ijrosi va O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini qabul qilish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

🔻Unda davlat organlari va 200dan ortiq NNT vakillari ishtirok etdi.

🔸Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev ta’kidlaganidek, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy kafolatlarini ta’minlaydigan, zamonaviy demokratik talablarga va xalqaro standartlarga javob beradigan normativ-huquqiy baza yanada takomillashtirildi. Buning natijasida 20 dan ziyod qonun, Prezident hujjatlari va Hukumatning qarorlari qabul qilindi.

🔹Suhbat davomida 2021 – 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi va uning ijrosi yuzasidan qabul qilingan Yo‘l xaritalari hamda Maqsadli ko‘rsatkichlarning ijro holati, shuningdek, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasiga davlat organlari hamda NNTlar tomonidan taqdim etilgan 100 ga yaqin takliflarning mazmun-mohiyati muhokama qilindi.

🔸Davra suhbati yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini qabul qilish yuzasidan ishtirokchilar tomonidan fikr-mulohazalar bildirilib, takliflar olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4👍3