ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

📌Namanganda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e’tirof etilgan shaxslar 2 262 nafarga yetdi.


Xalq deputatlari Namangan viloyati navbatdagi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko'rib chiqildi.

Mazkur sessiyada jami 1079 nafar fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo'yicha kengash qarori qabul qilindi.

Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarning mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
11👍1
#Adliya_aralashgach

❗️Oʻzbekistondagi eng yoshi ulugʻ inson - 130 yoshli Huvaydo momoga tugʻilganlik haqidagi guvohnoma tantanali topshirildi

Xabaringiz bor, joriy yilning  sentyabr oyida Adliya vazirligi tashabbusi bilan oʻtkazilgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi  doirasida Oʻzbekiston tarixida birinchi marta Fargʻonada 130 YOSHLI momoning tugʻilganlik FAKTI belgilangan edi.

Yaʼni, Buvayda tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan tumanning “Qoraqum” MFYsida amalga oshirilgan xatlovlarda 1895-yilda (!) tugʻilgan Umarova (Toshmatova) Huvaydo momoning tugʻilishi qayd etilmaganligi aniqlangan.

Shundan soʻng Buvayda tuman adliya boʻlimi tomonidan kiritilgan daʻvo ariza qanoatlantirilib, Fuqarolik ishlari boʻyicha Qoʻqon tumanlararo sudining Buvayda tumani “Qoraqum” MFYda oʻtkazgan sayyor sud majlisida Huvaydo momoning 1895-yil 1-yanvarda Buvayda tumanida tugʻilganlik fakti belgilanishiga erishilgan.

Shu mavzu yuzasidan Fuqarolik ishlari boʻyicha Qoʻqon tumanlararo sudining qarori kuchga kirishi munosabati bilan Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi A.Omonov boshchiligidagi vakillar Huvaydo momoning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasini tantanali topshirish uchun uning xonadonida boʻlishdi.

Maʻlumot oʻrnida aytish mumkinki, Siz avval ham 130 yoshli Huvaydo momo haqida eshitgansiz, lekin momoning 130 yoshda ekanligini isbotlovchi fakt yoʻq edi. Ana endi rasman Umarova Huvaydo momo Oʻzbekistondagi eng yoshi ulugʻ inson hisoblanadi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👏93🔥3
#Adliya_xabari
#Adliya_aralashgach

‼️ Tibbiyot xodimlariga 66 805 982 so'm ustama to'lovlari undirib berilishi ta'minlandi.

📍 Jalaquduq tuman adliya bo'limiga fuqarolar M.M. va B.K. lar o‘zlarining Sport maktabi tibbiyot xodimlari ekanligi va qonunchilikka muvofiq tegishli ustamalari to‘lanmayot kelayotgani yuzasidan murojaat qilgan.

✔️ Tuman adliya bo'limi tomonidan murojaat o'rganish davomida, murojaatchilar Jalaquduq tuman Sport maktabi tibbiyot xodimlari ekanligi va ularga haqiqatdan ham, Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentabrdagi 211-sonli qarorining 2-ilovasi 23-27-bandiga ko‘ra tibbiyot xodimlariga to‘rt oylik ustama pullari to‘lanmaganligi aniqlandi.

📑 Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tuman adliya bo'limi tomonidan muassasa rahbariga qonunchilikka muvofiq ustama pullarini to‘lab berish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritildi.

🔽 Natijada, taqdimnoma ijrosi ta'minlanib fuqarolar M.M. va B.K.larga ish beruvchi tomonidan to'lanmay qolgan 66 805 982 so‘m ustama pullari toʻlab berilishi ta'minlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍2
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Tashkulov Sirdaryo viloyatiga navbatdagi xizmat safarini amalga oshirdi


Xizmat safari avvalida vazir Guliston shahar adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishdi.

Bo‘limda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining tezligi va sifati, moddiy-texnik baza bilan ta’minlanganlik darajasi, xodimlarning ish jarayoni va mas’uliyati atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, FHDY va notarial arxivlarda hujjatlarni saqlash tartibi, ularning tizimli yuritilishi va xavfsizlik choralariga alohida e’tibor qaratildi.


Safarning navbatdagi manzili Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi bo‘lib, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar, shuningdek, “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti tinglandi.

Vazir xizmat safarining yakunida aholi bilan ishlashda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍9