ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dada, qo‘llaringiz nega qora?

Korrupsiya — nafaqat qo‘lni, balki qalbni, nomusni, oriyatni qoraytiradi.
Bu yo‘l emas — botqoqlik, yutuq emas — uyat, jazosi bor jinoyatdir.

“Vijdon” loyihasida qizaloqning iztiroblari…

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍5🎉31
Qanday qilib davlat xizmatlaridan arzonroq foydalanish mumkin?

Agar Siz davlat xizmatidan, shu jumladan lisenziya, ruxsatnoma olish, davlat ro‘yxatidan o‘tish va boshqa xizmatlardan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP – my.gov.uz) yoki uning mobil ilovasi orqali murojaat etsangiz belgilangan davlat boji, yig‘imlar va boshqato‘lovlarni amalga oshirishda tegishli (10 foizlik) chegirmalarga ega bo‘lasiz.

Batafsil 👉 O'qish

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👍2
#podkast
#korrupsiya

FHDY organlari va DXMlarda to‘lovlarning qonuniyligini qanday tekshirib olish mumkin? Ya’ni qanday belgilar ortiqcha mablag‘ undirilayotganligini bildiradi? (qog‘ozchaga yozib berishi, birovni kartasiga pul o‘tkazish, chek bermaslik va hokazo). Bu holatlarda nima qilish kerak? Ushbu savollarga videoni ko'rish orqali javob olasiz?

To'liq video:
https://youtu.be/7GvetVQOmV4
5👍5🎉1
#Huquqiy_aksiya

Joriy yilning 20-noyabrdan 10-dekabrga qadar respublika bo‘ylab “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya doirasida quyidagilar o'tkazilishi rejalashtirilgan:

🔵ta’lim muassasalari va mahallalarda davra suhbatlari, uchrashuvlar va seminar-treninglar;
🔵bolalar zo‘ravonligi va bullingi bo‘yicha huquqiy tushuntirish ishlari;
🔵onlayn so‘rovnomalar orqali yoshlarning mavjud muammolarini aniqlash;
🔵huquqiy targ‘ibot materiallari — videoroliklar, infografikalar, buklet va flayerlar tarqatilishi;
🔵o‘quvchilar uchun sovrinli viktorinalar va tanlovlar;
🔵muammolari aniqlangan bolalar va yoshlarning huquqlarini tiklash bo‘yicha amaliy yordam.

Adliya vazirligi aholi va yoshlarni aksiyada faol ishtirok etishga chaqiradi!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5👍3🔥32
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Kartoshka yetishtiruvchi subyektlarga qo'yiladigan talablar belgilandi


Adliya vazirligi Kartoshkaning “in-vitro” oʻsimligi, mikro va mini-tuganaklarini tayyorlash hamda yuqori avlodli urugʻlik kartoshka yetishtiriladigan hududlar va yetishtiruvchi subyektlarga qoʻyiladigan talablarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3712, 2025-yil 26-noyabr).

Prezidentning 2025-yil 8-sentabrdagi PQ–269-son qaroriga muvofiq qabul qilingan mazkur hujjat bilan kartoshkaning "in-vitro" o'simligi, mikro va mini-tuganaklarini tayyorlashda quyidagi talablar belgilanmoqda:

🔹 ilmiy muassasalar va tadbirkorlik subyektlarining “in-vitro” oʻsimligi, mikro va mini- tuganaklarni yetishtirish faoliyatiga oid talablar;

🔹 masket to‘r bilan o‘ralgan issiqxona yoki himoyalangan inshootlar bo‘yicha talablar;

🔹 ixtisoslashgan tumanlardagi (Bulung‘ur, Zomin, Baxmal, Bo‘stonliq, Shahrisabz, Kitob, Qo‘rg‘ontepa, Yangiqo‘rg‘on va So‘x) kartoshkaning mini tuganagidan yuqori avlodli urug‘lik kartoshka yetishtiruvchi subyektlarning faoliyatiga oid talablar;

🔹 kartoshka yetishtiruvchi subyektlarning hududlari bo‘yicha talablar.

🔎 Yuqori avlodli urug‘lik kartoshkani yetishtirishda yer maydoni tuman aprobatsiya komissiyasi tomonidan har yili kamida 2 marta (urug‘lik kartoshkaning gullash davrida va tuganaklar shakllangan davrda) aprobatsiyadan o‘tkazilishi belgilandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥2
#Huquqiy_aksiya
#Bolalar_va_yoshlar

✍️“Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida ota-onalar shuningdek yoshlar va bolalar uchun so‘rovnoma o'tkazilmoqda.

📊 So‘rovnoma orqali ota-onalar, yoshlar va bolalarning fikr va takliflari, shuningdek, ularning duch kelayotgan muammolari o‘rganilmoqda.

👉 Natijalar asosida tegishli choralar ko‘riladi va amaliy yechimlar ishlab chiqiladi.

📲 Hurmatli ishtirokchilar, sizning fikringiz biz uchun muhim!

❗️Mazkur so'rovnomada:

📌 Ota-onalar ushbu 👉 havola 👈 orqali;

📌 Yoshlar va bolalar ushbu 👉 havola 👈 orqali ishtirok etishlari mumkin.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
“Boʻlajak adliya xodimi” tanlovining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi

Bugun, Toshkent davlat yuridik universitetida universitetining bitiruvchi talabalari oʻrtasida “Boʻlajak adliya xodimi” tanlovining yakuniy bosqichi boʻlib oʻtdi.

Tanlovning saralash bosqichida universitetning 100 nafardan ortiq 4 kurs talabalari ishtirok etib, test hamda talabgor tomonidan yuridik sohaga oid boʻlgan qonunchilikdagi bitta muammo va uning yechimi yuzasidan taqdimot oʻtkazildi.

Eng yuqori koʻrsatkichlarga erishgan 12 nafar talabalar tanlovning yakuniy bosqichida ishtirok etishga yoʻllanma oldi.
Tanlovning yakuniy bosqichida talabalar 3 ta shart — test sinovlari, muammoli vaziyatga yechim hamda huquqiy mavzudagi blits savol-javob boʻyicha bellashdilar.

Xolislik va shaffoflik, adolat tamoyillariga tayangan holda olib borilgan tanlovning hakamlar hayʼati tomonidan berilgan yakuniy xulosalariga koʻra gʻoliblar aniqlandi.

Unga koʻra “Boʻlajak adliya xodimi” tanlovi boʻyicha:
1️. Axtamova Nargiza Aslam qizi 1-darajali diplom hamda Adliya vazirligining esdalik sovg‘asi;
2. Anvarjonova Dilafruzxon Akmaljon qizi 2-darajali diplom hamda Adliya vazirligining esdalik sovg‘asi;
3️. Allaberganov Amirbek Ruslon o‘g‘li 3-darajali diplom hamda Adliya vazirligining esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.
Shuningdek,
“Eng faol huquqshunos” nominatsiyasi boʻyicha — Maxmudova Farida Shaxobiddin qizi;
“Eng notiq huquqshunos” nominatsiyasi boʻyicha —Tursunmurodov Komron Turg‘un o‘g‘li;
“Eng bilimdon huquqshunos” nominatsiyasi boʻyicha —Isoqov Azizbek Zafar oʻgʻli maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
12👏4👍3🎉2🔥1
O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

Bugun, adliya vaziri o'rinbosari M.Allakuliyev hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning O‘zbekistondagi delegatsiyasi vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Muloqot “Sunn’iy intellekt asosida yuridik xizmatlarmuhiti va Koreya—O‘zbekiston huquq markazini tashkil etish” loyihasini muhokama qilishga bag‘ishlandi.

🔹 Uchrashuv davomida tomonlar quyidagi masalalarni muhokama qildilar:
— tadqiqot guruhlari tomonidan 2024–2025-yillarda amalga oshirilgan o‘rganishlar natijalarini umumlashtirish;
— Muzokaralar bayonnomasi (R/D)ga kiritilishi lozim bo‘lgan asosiy elementlar va loyihaning yakuniy tuzilmasini tasdiqlash;
— AI asosidagi yuridik xizmatlar markazi, xalqaro raqamli huquqiy kutubxona va Koreya–O‘zbekiston huquq markazi konsepsiyasini muvofiqlashtirish;
— texnik infratuzilma, budjet, mas’uliyatlar taqsimoti va institutsional mexanizmlarni aniqlashtirish.


🔹 Loyihaning umumiy qiymati — 14,5 mln AQSH dollari bo‘lib, u O‘zbekistonning huquqiy xizmatlar tizimini modernizatsiya qilish, AI texnologiyalarini ta’lim va amaliyotga joriy etish, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi ekspert almashinuvini kuchaytirishga xizmat qiladi

🤝Uchrashuv ochiq, konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
8👍3🔥3
#tayinlov

Toshkent davlat yuridik universitetiga rektor tayinlandi. Xodjayev Baxshillo Kamolovich tayinlovga qadar mazkur universitetda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor lavozimida faoliyat yuritgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👍41🎉13🔥4👏43