ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev intellektual mulk, arxiv ishi va yuridik ta’lim sohalarini isloh qilishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по реформированию сфер интеллектуальной собственности, архивного дела и юридического образования.

#Mirziyoyev #taqdimot #adliya #intellektualmulk

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍205🔥4🎉1
#Intellektual_mulk

Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash markazlarining IV Milliy anjumani bo‘lib o‘tdi

🔹Bugun Adliya vazirligida “Intellektual mulk va innovatsiya — taraqqiyot va barqaror rivojlanish asosi” mavzusidagi Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarining (TIQQM) IV Milliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

🔹Anjumanda adliya vaziri o'rinbosari Muzraf Ikramov, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va TIQQMlar xodimlari, shuningdek, ilmiy ishlanma mualliflari ishtirok etdi.

🔹 Tadbirda pedagogik faoliyatda patent infosfera imkoniyatlari, innovatsion g‘oyalarni tijoratlashtirish, yoshlar o‘rtasida intellektual mulkni targ‘ib etish, raqamli dizayn muhofazasi va sun’iy intellektning IP tizimidagi roli muhokama qilindi.

🔹 TIQQMlarning yil yakunlari bo‘yicha statistika va natijalar taqdim etildi, mavjud muammolar va istiqboldagi rejalar belgilandi.

Ma’lumot uchun: TIQQMlar hozirda dunyoning 93 davlatida 1 667 dan ortiq markaz sifatida faoliyat yuritmoqda. O‘zbekistonda esa 50 ta markaz ishlamoqda.

🔹 Markazlar aholiga IP bo‘yicha maslahat berish, patent axborotidan foydalanishni o‘rgatish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish jarayonida ko‘maklashishda muhim bo‘g‘in bo‘lib xizmat qilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥4👍21
#Adliya_xabari

Zamonaviy xizmatlar uchun zamonaviy qonunlar

🔹Bugun, 21-noyabr kuni Toshkent shahrida Yevropa Ittifoqi, BMT Taraqqiyot dasturi va Adliya vazirligi hamkorligida “O‘zbekistonda davlat xizmatlarini takomillashtirish uchun huquqiy asoslarni mustahkamlash” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbirda davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar va fuqarolik jamiyati vakillaridan iborat 50 dan ortiq ishtirokchi davlat xizmatlarining qulayligi, sifati va inklyuzivligini oshirishga qaratilgan islohotlarni muhokama qildi.

🔹 EI elchisi Toivo Klaar:
“Yangi kompleks qonun har bir fuqaroning teng va sifatli xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi.”


📌 Davra suhbatida quyidagi muhim tahliliy hujjatlar taqdim etildi:
my.gov.uz platformasining samaradorligi bo‘yicha tahlil;
— davlat xizmatlaridagi to‘siqlar va kechikishlar bo‘yicha 2022–2024-yillar kesimidagi tadqiqot;
— “Davlat xizmatlari to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi konsepsiyasi.

🔹Hamkorlar tomonidan O‘zbekistonda xizmatlarni yanada tezkor, qulay va fuqaroga yo‘naltirilgan qilishga qaratilgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash ta’kidlandi.

🔹 BMTTD doimiy vakili Akiko Fuzzi:
“Fuqaroga yo‘naltirilgan xizmatlar — davlat va jamiyat o‘rtasidagi ishonchning mustahkam omili.”


🔺Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida o‘tkazildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍7👏21