ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Bugun Adliya vazirligida “El-yurt umidi”jamgʻarmasi rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Qayd etish joizki, vazirlik va idoralarda iqtidorli yoshlar va mutaxassislarni xorijdagi nufuzli taʼlim, ilmiy va boshqa tashkilotlarda taʼlim olishini hamda stajirovkasini tashkil etish orqali ularning kasbiy koʻnikmalari, bilimi va tajribasini oshirish dolzarb masalaga aylangan.

Bu borada O‘zbekiston RespublikasiPrezidentining 2025-yil 5-maydagi PF–77-son Farmoni alohida ahamiyatga ega. Mazkur Farmon bilan “El-yurt umidi” jamgʻarmasiga bir qator muhim vazifalar belgilab berilganligi taʼkidlab oʻtildi.

Vazirliklar mutaxassislarini rivojlangan mamlakatlardagi yetakchi taʼlim muassasalari, ilmiy markazlar, turli kompaniya va tashkilotlarda stajirovkasini tashkil etish, nomzodlarni vazirlikning strategik maqsadlariga mos holda professional yoʻnaltirish, tor doiradagi sohalarga oʻqitish, OTM bilan hamkorlikda xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan, Scopus tizimida“Xirsh” indeksi (h-indeks) yuqori boʻlgan olim, professor-oʻqituvchi va tadqiqotchilarni yurtimizda oʻquv kurs va fanlarni oʻqitish hamda tadqiqotlar olib borish uchun jalb etishga koʻmaklashish shular jumlasidandir.

Shu bilan birga, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan yagona axborot portali, unda “Vazirlik va idoralar” maxsus boʻlimini yaratish ustida ish olib borilishi taʼkidlandi.

Muloqot davomida kadrlarni professional tayyorlash, akademik aloqalarni kengaytirish, sohalardagi dolzarb vazifalarni hal etishga xalqaro tajribaga ega yosh mutaxassislarni jalb etish boʻyicha istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, jamgʻarma tomonidan xorijda boʻlib, xalqaro tashabbuslarni ilgari suradigan, Oʻzbekistonning dunyoning yetakchi universitetlari va tahliliy markazlari bilan akademik va ilmiy aloqalarini mustahkamlaydigan vazirlik va idoralar huzuridagi elchilar sifatida stipendiantlar ishtirokini kengaytirish — “Vazirlik ambassadori” tizimini taklifini ilgari surilmoqda.


Uchrashuv yakunida ikki tomonlama oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash, stipendiantlarni davlat muassasalarida amaliyot va stajirovkalarini tashkil etish va ularni ishga joylashtirish masalalari muhokama qilindi.

Maʼlumot uchun: Adliya vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan 100 nafardan ortiq xodimlar bir qator nufuzli xorijiy OTMni tamomlagan boʻlib, shundan Vazirlik tizimida hozirda 30 nafarga yaqin“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari ham mehnat qilib kelmoqdalar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
8👍5🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishda faol ishtirok eting!
#Adliya_xabari

Surxondaryoda 1255 nafar shaxsning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e'tirof etildi.

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining joriy yil 14-noyabr kunidagi navbatdagi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko'rib chiqildi.

Mazkur sessiyada jami 1255 nafar fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo'yicha kengash qarori qabul qilindi.

Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarning mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ma’lumot uchun, qonun ijrosi bo‘yicha shu kunga qadar viloyatimizda 2 222 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etilgan edi. Hozirga kelib jami 3 477 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi. Qonun ijrosi bo'yicha ishlar tizimli davom etmoqda.

⚔️ Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi

🕊 https://t.me/surxondaryoadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚖️ Davlat hisobidan yuridik yordam tizimi joylarda o‘rganildi.

Tadbir davomida vazirlik ishchi guruhi Samarqand shahar adliya bo‘limida bo'lib, “Davlat hisobidan yuridik yordam to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-848, 16.06.2023) hamda uni amalga oshirishga qaratilgan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21- noyabrdagi 774-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.

Shu bilan birga Vazirlik mas’ul xodimlari tomonidan davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimidagi muammolar tuman (shahar) adliya bo‘limlari ishtirokida ZOOM orqali o‘tkazilgan yig‘ilishda tanqidiy muhokama qilindi.
Yig‘ilishda qonun ijrosini samarali tashkil etishda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan bo‘lim rahbarlari ogohlantirilib, qonun ijrosini tashkil etishda mas’uliyat bilan yondashish tushuntirildi.

Shuningdek, yig‘ilishda bo‘limlarga hududlardagi sud, tergov organlari va advokatlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda taklif va mulohazalar tinglandi.

🌐 Kanalga ulanish:👉https://t.me/qonun_va_huquq
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Adliya_xabari

Xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi


Adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida Shimoliy-gʻarbiy siyosiy fanlar va huquq universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida mazkur oliy ta’lim muassasasi va Toshkent davlat yuridik universiteti oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha muhim muzokaralar oʻtkazildi.

Jarayonda ikki oliy ta’lim muassasasi oʻrtasida qo'shma ilmiy tadqiqotlar bo'yicha hamkorlik shartnomasi imzolanib, doʻstlik va hamkorlikning ramzi sifatida birgalikda xotira daraxti ekildi.


Bundan tashqari vazir oʻrinbosari boshchiligidagi delegatsiya Sian shahrida Shaanxi Construction Group korporatsiyasiga tashrif buyurib, tashrif doirasida Korporatsiya va Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rtasida strategik hamkorlik bo‘yicha doiraviy bitim imzolandi.

Ushbu kelishuv asosida tomonlar TDYUning yangi kampusini rejalashtirish, loyihalash va qurish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. Shaanxi Construction o‘zining yirik tajribasi va zamonaviy texnologiyalariga tayangan holda loyihaning yuqori sifatda amalga oshirilishini ta’minlaydi.


Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stona aloqalar mustahkamlanib borayotganini, ta’lim va infratuzilma sohalaridagi hamkorlik esa ikki xalq manfaatiga xizmat qilishini ta’kidladi.

TDYUning yangi kampusi — zamonaviy ta’lim yondashuvlari, yuridik bilimlar ruhi va ikki davlat do‘stligining ramziga aylanishi kutilmoqda.

“Bir makon — bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi ushbu hamkorlik ikki mamlakatning ta’lim, madaniyat va innovatsion qurilish sohalaridagi yangi sahifani ochadi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1