#qonunchilikdagi_yangiliklar
💳 Bank kartalari bo‘yicha yangi tartiblar belgilandi
✅ Adliya vazirligi bank kartalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishiga oid yangi tartiblarni belgilovchi “Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalari toʻgʻrisidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyruqni (ro‘yxat raqami 3294-3, 2025-yil 11-noyabr) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
🔺 Ushbu hujjat bilan foydalanuvchi subyektlarga koʻra bank kartalarining turlari kengaytirildi. Xususan:
🔹Biznes bank kartasi – yakka tartibdagi tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxsga o‘z hisobvarag‘idagi mablag‘larni boshqarish imkonini beradi.
🔹Ijtimoiy bank kartasi – ijtimoiy va boshqa to‘lovlardan tushgan mablag‘larni boshqarish uchun mo‘ljallangan.
🔹Shuningdek, oldindan emissiya qilinadigan shaxsiy bank kartalarini chiqarish va ularni mobil ilovalar orqali foydalanuvchini identifikatsiyalagan holda aktivlashtirish tartibi belgilandi.
🔹Bundan tashqari, mazkur hujjat bilan yuridik shaxslar uchun ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun to‘lovlarni korporativ bank kartalari orqali to‘lash imkoniyati yaratildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

✅ Endilikda 14 – 18 yoshdagi voyaga yetmagan shaxslar o‘zlari mustaqil, 14 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar ota-onasidan biri yoki qonuniy vakilining yozma roziligi asosida tijorat banklarida bank kartasini ochishlari mumkin bo‘ladi.
🔹Bundan tashqari, mazkur hujjat bilan yuridik shaxslar uchun ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun to‘lovlarni korporativ bank kartalari orqali to‘lash imkoniyati yaratildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati
❗️ Ish beruvchining 44 million so‘mga tushgan xatosi
Farg'ona viloyati adliya boshqarmasiga viloyat suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida sinxron suzish bo‘yicha o‘qituvchi trener vazifasida faoliyat olib boruvchi M.A.ning ishga tiklash masalasida yo‘llagan murojaati ko‘rib chiqildi.
Murojaatni o‘rganish davomida ish beruvchi tomonidan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning magistratura bosqichiga o‘qishga kirganligi vaji bilan Mehnat kodeksi 168-moddasi 1-qismi 5-bandiga asosan g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilinganligi aniqlandi.
Murojaatni o‘rganish yakuni bo‘yicha xodimning mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqni g‘ayriqonuniy deb topish va xodimni ishga tiklash, majburiy progul davri uchun ish haqi hamda yetkazilgan ma’naviy zararni undirish bo‘yicha Adliya boshqarmasi tomonidan sudga da’vo arizasi kiritildi.
Mazkur da’vo arizasi sud tomonidan qanoatlantirilib, xodim ishga tiklandi. Unga ish beruvchidan jami 44 million so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lovlari undirildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

👍6❤1🔥1👏1
#Adliya_aralashgach
Sobiq tibbiyot xodimiga kompensatsiya pullari toʻlab berildi
Surxondaryo viloyati, Denov tuman Sogʻliqni saqlash boʻlimida shifokor boʻlib ishlagan fuqaro A.R shtatlar qisqarishi munosabat bilan unga berilgan ikki oylik ogohlantirish xatini kompensatsiyaga almashtirmasdan ishdan boʻshatilganligidan norozi boʻlib, kompensatsiya toʻlovlarini olishda amaliy yordam berishni soʻrab tuman adliya boʻlimiga murojaat qiladi.
Denov tuman adliya boʻlimi tomonidan holat chuqur tahlil qilinishi va joyiga chiqqan holda oʻrganilishi natijasida, haqiqatan, fuqaro A.R ga ishdan boʻshatish nafaqasi va toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa pullik kompensatsiyalar toʻlanmaganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan, Denov tuman adliya boʻlimi tomonidan tegishli tashkilotga taqdimnoma taʼsir chorasi qoʻllanilib, fuqaro A.R ga 7 000 000 soʻmdan ortiq pul mablagʻlari toʻlanishiga erishildi.

👍5🔥1👏1
#qonunchilikdagi_yangiliklar
📣 Rieltorlik tashkilotlari tomonidan ko‘chmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish bo‘yicha xizmatlar koʻrsatish tartibi belgilandi
✅ Adliya vazirligi rieltorlik tashkilotlari tomonidan ko‘chmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi “O‘zbekiston Respublikasi Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (4-son RXMS) “Ko‘chmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqni (ro‘yxat raqami 3701, 2025-yil 11-noyabr) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
🔹Ushbu hujjatga ko‘ra, rieltorlik tashkilotlari ko‘chmas mulk obyektlarini mulkdorlar manfaatlarini hisobga olgan holda boshqarish, ijaraga berish, ta’mirlash, texnik xizmat ko‘rsatish, daromad va xarajatlarni boshqarish kabi xizmatlarni professional asosda amalga oshiradi.
❗️ Eng muhimi, ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish bo‘yicha barcha xizmatlar malaka sertifikatiga ega xodimlari mavjud rieltorlik tashkilotlari tomonidan qonunchilikka hamda Rieltorlarning professional xulq-atvori kodeksiga muvofiq taqdim etiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔹Ushbu hujjatga ko‘ra, rieltorlik tashkilotlari ko‘chmas mulk obyektlarini mulkdorlar manfaatlarini hisobga olgan holda boshqarish, ijaraga berish, ta’mirlash, texnik xizmat ko‘rsatish, daromad va xarajatlarni boshqarish kabi xizmatlarni professional asosda amalga oshiradi.
Standart bilan:
🔹ko‘chmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarishning tashkiliy jihatlari;
🔹ishonchli boshqaruvchi va mulkdor o‘rtasidagi huquq - majburiyatlar;
🔹ishonchli boshqarish shartnomasini tuzish bo‘yicha talablar;
🔹boshqaruvning shaffofligi va samaradorligini ta’minlash mezonlari belgilandi.
🔹Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasida ko‘chmas mulk bozorini barqaror rivojlantirish, mulkdorlar huquqlarini himoya qilish va rieltorlik xizmatlari sifatini oshirish uchun zamin yaratadi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari hamda sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirayotgan ilmiy muassasalarga tashrif buyurib, ularning faoliyati bilan tanishdi
✅ Joriy yilning 12-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi hamda “PROEX” nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti MChJlarga tashrif buyurib, ularning faoliyati bilan tanishdi.
📌 Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda “Sud-ekspertlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
🔰 Sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirilishi jarayonlari bilan tanishish davomida deputatlar tomonidan Qonunga kiritilayotgan yangiliklar va normalarning bugungi kunda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
📑 Jumladan, deputatlar tomonidan sud-ekspertlik faoliyatining yanada ishonchliligini oshirish maqsadida akkreditatsiya va validatsiya institutlari joriy etilayotganligi, qolaversa, nodavlat sud ekspertlarining maqomi qonun darajasida belgilanayotganligi, shuningdek, ularga yaqindan yordam beruvchi Sud ekspertlari palatasi tashkil etilayotganligi kelgusida o‘zining ijobiy samarasini berishi bildirildi.

❗️Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur Qonun loyihasi joriy yilning 28-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan.
🔰 Sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirilishi jarayonlari bilan tanishish davomida deputatlar tomonidan Qonunga kiritilayotgan yangiliklar va normalarning bugungi kunda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
📑 Jumladan, deputatlar tomonidan sud-ekspertlik faoliyatining yanada ishonchliligini oshirish maqsadida akkreditatsiya va validatsiya institutlari joriy etilayotganligi, qolaversa, nodavlat sud ekspertlarining maqomi qonun darajasida belgilanayotganligi, shuningdek, ularga yaqindan yordam beruvchi Sud ekspertlari palatasi tashkil etilayotganligi kelgusida o‘zining ijobiy samarasini berishi bildirildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍5
Adliya vazirligining masʼul xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi institutida "Intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirishda litsenziya shartnomalarining ahamiyati" mavzusida seminar o‘tkazildi.
Mazkur seminarda institutning professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, amaliyotchi mutaxassislar, ilmiy xodimlar va izlanuvchilar ishtirok etdi.
Bahs-munozaraga boy bo‘lgan tadbirda mamlakatimizda intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar bilan bir qatorda intellektual mulkni sotish, undan foydalanish bo'yicha shartnomalarni tuzish va uni ro'yxatdan o'tkazish tartiblari haqida ma'lumotlar berildi.
Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-iyuldagi 427-sonli qarori bilan tasdiqlangan Intellektual mulk obyektlariga oid shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentining mazmun-mohiyati tushuntirildi. Endilikda intellektual mulk obyektlarini tasarruf etishga doir litsenziya va huquqni o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomalar onlayn tarzda vazirlikning im.adliya.uz sayti orqali ariza berish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkazish mumkinligi aytib o‘tildi.

👍8🔥2
#Adliya_aralashgach
Adliya organlari tadbirkorning buzilgan huquqlarini tiklashda amaliy yordam ko'rsatmoqda.
Xususan, adliya organiga "S" MCHJ tadbirkor subyekti murojaat qilib, davlat tashkilotidan shartnoma shartlariga muvofiq to'lovlarni ololmayotganligidan noroziligini ma’lum qilgan.
Adliya organi tomonidan holat o‘rganilib, tegishli hujjatlar sudga kiritildi. Sud qaroriga ko‘ra, tadbirkor foydasiga 243 mln so‘m miqdorida to'lovlar undiriladigan bo‘ldi.
Batafsil ⬅️

👍3❤1🔥1👏1
#Adliya_xabari
✅ Yuridik xizmatlar faoliyati bilan tanishildi
🔹Adliya vazirligi mas'ul xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan Farg'ona viloyatidagi davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
🔹Uchrashuvda yuridik xizmatlar faoliyatini tartibga solish bo'yicha qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni, sohani raqamlashtirish yuzasidan qilinayotgan ishlar to'g'risida batafsil axborot berildi.
🔹Shuningdek, tadbirda ishtirokchilarga "E-huquqshunos" elektron tizimiga joriy etilgan eng so'nggi innovatsion yangiliklar, jumladan, hujjat loyihalarini eksterritoriallik asosida huquqiy ekspertizadan o'tkazish, majburiy ilovalar reyestri hamda hujjatlarni paket usulida qabul qilish bo'yicha tushuntirish berildi.
🔹Uchrashuvlar davomida tashkilotlar xodimlari o'zlarini qiziqtirgan savollarga vazirlik mas'ul xodimlaridan javob oldilar.
🔹Bundan tashqari, olis va chekka hududlarda joylashgan Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyati bilan ham tanishildi. Xususan, Farg'ona va So'x tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyati hamda xodimlarga yaratilgan sharoitlar o'rganildi.

👍6🔥3👏3❤1