ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️Ikki xodim foydasiga jami 38 mln 324 ming so‘m miqdoridagi qo‘shimcha ustama pullari undirib berildi

O‘zbekiston tumani adliya bo‘limiga tuman sport maktabi xodimlari - M.F. va R.O.lar ularning ish haqiga tegishli ustama pullar to‘lanmay qolganligi yuzasidan murojaat qilishdi.

Adliya bo‘limi tomonidan murojaat batafsil o‘rganilib, aniqlangan holatlar bo‘yicha O‘zbekiston tumani sport maktabi ma’muriyatiga taqdimnoma kiritildi. Natijada ikki xodim foydasiga jami 38 mln 324 ming so‘m miqdoridagi qo‘shimcha ustama pullari undirib berildi!

Shu tariqa fuqarolarning murojaatlari to‘liq qanoatlantirildi va ularning mehnat huquqlari tiklandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1👏1
📚 Notarial palata bilan hamkorlikda amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi

⚡️Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi bilan hamkorlikda Jazoni ijro etish departamenti yuridik xizmat xodimlari uchun amaliyot mashg‘uloti tashkil etildi.

Mazkur mashg‘ulot Notarial palata binosida o‘tkazilib tadbir davomida tinglovchilar notariat tizimining amaliy faoliyati, hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi hamda notarial harakatlarni amalga oshirish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.

🔹 Shuningdek, ishtirokchilar uchun notariuslar tomonidan kundalik ish jarayonida uchraydigan huquqiy holatlar, amaliy muammolar va ularning yechimlariga oid misollar asosida ochiq muloqot tashkil etildi.

Bunday hamkorlikdagi mashg‘ulotlar tinglovchilarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

📍 Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi hamda hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
2👍1
#Adliya_aralashgach
#Surxondaryo_viloyati

Adliya — adolat manzili yoxud 30 yil kutilgan orzu amalga oshdi

💠Ba’zan inson orzusi yillar davomida pishib, sinovlardan o‘tadi. Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro ham 30 yildan buyon O‘zbekistonni o‘z yurti deb bilgan, ammo birgina huquqiy to‘siq — fuqarolik maqomi masalasi uni qiynab kelgan edi.

👎 U turli idoralarga murojaat qilgan, biroq “bu masalaning yechimi yo‘q” degan javoblardan so‘ng umidi so‘na boshlagan. So‘nggi chora sifatida u ko‘zida yosh bilan Adliya eshigini taqillatdi.

⚖️ Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi holatni chuqur o‘rganib, qonuniy , vakolat doirasida amaliy harakatni boshladi. Dastlab fuqaroning yashaganlik faktini belgilash bo‘yicha sudga ariza kiritildi. Sud mazkur arizani ko‘rib chiqib, uni qanoatlantirdi.

Sudning hal qiluv qarori asosida esa fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish imkoniyati paydo bo‘ldi. Shunday qilib, 30 yillik orzu nihoyat ro‘yobga chiqdi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏21🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Namangan_viloyati

Uychi tumani adliya bo‘limi ko‘magida murojaatchining ustama pullari undirib berildi


Uychi tuman adliya bo‘limi tomonidan tumanning Umid mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro F. Ahmedovning murojaati o‘rganildi.

Fuqaro o‘z murojaatida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 31-sonli maktabda chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlashiga qaramay, unga to‘lanishi lozim bo‘lgan 9 155 916 so‘m miqdoridagi ustama puli to‘lanmay kelayotganidan norozi ekanini bildirgan.

O‘rganish davomida F. Ahmedovga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan II-malaka toifasini tasdiqlovchi sertifikat berilgan bo‘lsa-da, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan malaka toifasi uchun qo‘shimcha to‘lovlar amalga oshirilmay kelayotgani aniqlangan.


Mazkur murojaat Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudida ko‘rib chiqilib, fuqaro foydasiga 13 612 379 so‘m miqdoridagi mablag‘ni undirish haqida qaror chiqarildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥3
“BOSS” tovar belgisidan noqonuniy foydalanish holatiga chek qo‘yildi!

Adliya organlari tomonidan intellektual mulk huquqlarini samarali himoya qilish hamda intellektual mulk huquqlariga hurmat hissini yanada oshirish maqsadida o‘tkazilayotgan o‘rganishlar va qo‘llanilayotgan ta’sir choralarga qaramasdan hamon o‘zgalarning brendidan ruxsatsiz foydalanish holatlari ko‘plab uchramoqda.

Xususan, vazirlik tomonidan “Hugo Boss AG” (Germaniya) kompaniyasining “Boss” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari “D.W.” MChJ tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaati ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “Boss” tovar belgisidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan kontrafakt mahsulotlar “D.W.” MChJ tomonidan sotuvga taklif etib kelinayotganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan “D.W.” MChJga nisbatan tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi hamda sotuv uchun saqlab kelinayotgan 173 dona kontrafakt mahsulotni yo‘q qilish majburiyati yuklandi.

⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Yuridik xizmat xodimlari uchun amaliy mashg‘ulot


Adliya vazirligi Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda hamda Toshkent shahar adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Instituti tinglovchilari uchun ish yurituvi namunaviy bo‘lgan Shayxontohur tumani yuridik xizmat ko'rsatish markazida amaliy mashg‘ulot o’tkazildi.

Mashg‘ulot davomida tinglovchilar markaz faoliyati, soha bo‘yicha yuqori ish tajribasiga ega mutaxassislar hamda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥21
#Adliya_xabari

Bugun, Toshkent davlat yuridik universitetida Adliya vazirligining Inson resurslari boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Adliya” talabalar klubiga a’zo bo‘lish istagida bo‘lgan talaba-yoshlar bilan suhbat tashkil etildi.

Talaba-yoshlarga vazirlik faoliyati, asosiy vazifalari, shuningdek xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan vazirlik siyosati batafsil tanishtirib o‘tildi.

"Yurisprudensiya” mutaxassisligi boʻyicha tahsil olayotgan talabalar uchun adliya organlari va muassasalarida tizimli ish oʻrganishni yoʻlga qoʻyish maqsadida “Adliya” talabalar klubi tashkil etilganligi, klub doirasida ish o‘rganishni tashkil etish, ularning huquq va majburiyatlari hamda klub a’zolarini rag‘batlashtirish tartibi bo‘yicha batafsil tushuntirish berildi.

Talabalar klub va vazirlik faoliyati doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Bundan tashqari, tadbir so'ngida "Eng yaxshi CV" nominatsiyasi tanlovi g'oliblari taqdirlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1
#Adliya_xabari

Bugun, 6-noyabr kuni Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti (BIMT) hamda Adliya vazirligi hamkorligida o‘tkazilayotgan “Ayollar yetakchiligidagi kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun intellektual mulkni boshqarish klinikasi” loyihasining ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi.

Dastur doirasida Qirg‘iziston va O‘zbekiston ayol tadbirkorlari o‘z mamlakatlaridagi muvaffaqiyatli tajriba va yutuqlari bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, biznesda intellektual mulk obyektlaridan samarali foydalanishning zamonaviy usullari bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazildi.

Kun davomida ishtirokchilar brendni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, BIMTning tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash dasturlari bilan tanishish va O‘zbekistonda ixtirochilar, novatorlar va brend egalari uchun yaratilgan imkoniyatlar mavzularida amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdilar.

Ikki kun davom etgan mazkur tadbir ayollar rahbarligidagi korxonalar uchun intellektual mulkni boshqarish bo‘yicha mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish, innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish hamda iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashish yo‘lida muhim qadamlardan biri sifatida baholandi.

Dastur yakunida BIMT vakillari va loyiha ishtirokchilari intellektual mulkni biznesning muhim drayveri sifatida samarali qo‘llash masalalarida kelgusidagi hamkorlik istiqbollari haqida fikr almashdilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41🔥1👏1