#Ochiq_adliya
🗣 Ayni damda Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihoni oʻtkazilmoqda.
Ushbu jarayonni to'g'ridan-to'g'ri kuzatib borishingiz mumkin 👉 https://www.youtube.com/watch?v=1mz1ChyonlY
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Andijon_viloyati
✅ Asaka tumani "Fayziobod" MFYda yashovchi fuqaro M.Muxtorova tuman tibbiyot birlashmasida ishlagan davri uchun ish haqi to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib Asaka tuman adliya bo'limiga murojaat qiladi.
✅ Tuman adliya bo'limi tomonidan murojaat o'rganilganda, xodim M.Muxtorovaga mehnat shartnomasida belgilangan 1.0 stavka qabul bo'limi hamshirasi lavozimi uchun ish beruvchi tomonidan to'laqonli mehnat majburiyati yuklanmaganligi natijasida 1 yil 4 oy davomida ish haqi to‘lovlari to'liq toʻlanmay kelganligi aniqlandi.
✅ Javobgar Asaka tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan fuqaroga to‘lanmay qolgan ish haqi to‘lovlarini, yetkazilgan ma'naviy zararni to'lash choralarini ko'rish bo'yicha adliya bo'limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Asaka tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritildi.
✅ Natijada, fuqaro M.Muxtorovaga ish beruvchi tomonidan to'lanmay qolgan 10 190 353 so‘m ish haqi va 1 000 000 so‘m ma’naviy zarar toʻlab berildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Andijon_viloyati
Ish haqi to‘lovlari to'liq to'lanmay kelgan fuqaroning ish haqlari to'lab berilishi ta'minlandi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔹Bugun, Adliya vazirligida ushbu loyihaning ("Navkat farovonlik markazi") taqdimoti bo'lib o'tdi. Unda:
▪️Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi;
▪️Koreya Respublikasi va Latviya elchilari;
▪️KOICA direktori va uning o‘rinbosari;
▪️Buyuk Britaniya elchixonasi vakili;
▪️UNDP rahbari o‘rinbosari va boshqa xorijiy tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Ushbu markazda uchta asosiy toifaga e’tibor qaratadi:
🔺yoshlar (IT-yo‘nalishi);
🔺ayollar (tikuvchilik sanoati);
🔺ishsizlar (agrar ishlab chiqarish).
🔵 Loyihadan kutilayotgan natijalar:
-birinchi bosqichda 135 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish;
-har bir xonadon daromadini 30–40% ga oshirish;
-ishlab chiqarishni ko‘paytirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, xarid qobiliyatini oshirish;
-o‘z-o‘ziga yordam, mehnat va kooperatsiya madaniyatini rivojlantirish;
-“Regulyativ qumloq” tajribasi asosida "Kooperativlar to‘g‘risida"gi qonunning yangi modelini qabul qilish;
-zamonaviy boshqaruv va shaffof tizimni joriy etish.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#qonunchilikdagi_yangiliklar
✅ Qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish tartibi belgilandi.
🔹Adliya vazirligi oltin quymalarni sotib olish va sotishning yangi tartibini belgilovchi “Qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni (ro‘yxat raqami 3698, 2025-yil 3-noyabr) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
🔹Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar o‘lchovli oltin quymalarni bank mobil ilovasi orqali sotib olishi va qayta sotishi mumkin. Shuningdek, banklar bundan buyon o‘lchovli oltin quymalarni oldi-sotdi shartnoma asosida Markaziy bankdan sotib olishi va ularni sotish bo‘yicha mustaqil narx belgilashi mumkin.
🔹Eng muhimi, jismoniy va yuridik shaxslar endilikda oltin yoki kumushning jismoniy bo‘lmagan, grammda hisoblanuvchi raqamli ko‘rinishini ham mobil ilova orqali real vaqtda sotib olishlari yoki sotishlari mumkin. Ushbu tartib bilan o‘lchovli oltin quymalarni onlayn, tez va oson bank filialga bormasdan olish mumkin, narxlar London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining har kungi fiksingi asosida shaffof belgilanadi.
🔹Bu hujjat bilan investitsiya uchun yangi imkoniyatlar yaratildi, endilikda kichik summa bilan ham investitsiya kiritish mumkin. Bundan tashqari, barcha operatsiyalar bank tizimlari orqali identifikatsiya va autentifikatsiya bilan tasdiqlanadi. Narxlar banklarning rasmiy sayti, mobil ilovasi va ijtimoiy sahifalarida doimiy yangilanib boradi.

❤8
#Adliya_xabari
“RASMIY JAHON KLUBLARI CHEMPIONATI SOVRINI” sanoat namunasi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi va huquqiy muhofazaga olindi.
Sanoat namunasi bu: buyumning tashqi ko‘rinishini ifodalaydigan badiiy-konstruktorlik yechimi sanoat namunalari jumlasiga kiradi.
Boshqacha qilib aytganda, bu mahsulotning texnik funksiyasini emas, balki uning noyob estetik ko‘rinishini himoya qiluvchi ro‘yxatdan o‘tgan intellektual mulk obyektidir.
Ma’lumot uchun: Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) kubogi dizayni futbolning boy tarixini aks ettiruvchi tafsilotlar bilan bezatilgan.
Kubog 24 karatli oltin bilan qoplangan hamda matnlar va tasvirlar mavjud bo‘lgan ikkala tomonga lazer bilan o‘yilgan yozuvlar bilan bezatilgan.
Sovrinda dunyo xaritasi va FIFA a‘zolari bo‘lgan barcha 211 uyushma va oltita konfederatsiyaning nomlari ko‘rsatilgan.
Kubok 13 ta tilda va Brayl alifbosida o‘yib ishlangan yozuvlar bilan bezatilgan bo‘lib, bu o‘yinning inklyuziv ruhini ta’kidlaydi va turnir merosini turli auditoriyalar uchun ochiq qiladi.
Futbolning o‘tmishi va kelajagini nishonlaydigan kubokda FIFA tashkil etilgan paytdagi sayyoralarning taxminiy joylashuvini ifodalovchi samoviy jismlarning ramzlari mavjud.
Sanoat namunasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

👍1
#Adliya_xabari
Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev Koson tumanidagi tadbirkorlar bilan muloqot qildi
🔸Adliya vaziri o‘rinbosari Qashqadaryo viloyati Koson tumanida mahalliy tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning faoliyati davomida duch kelayotgan huquqiy va amaliy muammolarini tingladi.
🔹Tadbirkorlar asosan kredit olishdagi to‘siqlar, soliq imtiyozlari, yer ajratish, patent olish, kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlaridagi muammolar, shuningdek, litsenziyalash tizimidagi byurokratik holatlardan shikoyat qilishdi. N.Muhammadiyev har bir murojaatni alohida qayd etib, tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
🔸Sayyor qabul davomida mas'ullar tomonidan 30 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari qabul qilindi, shundan 11 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, 5 nafar murojaatchining muammolari joyida hal etildi, o'rganish talab etilgan 10 ta murojaat koʻrib chiqish uchun ish yurituviga qabul qilindi.
🔹Sayyor qabul yakunida, Adliya vazirligi har doim tadbirkorlarning huquqiy manfaatlarini himoya qilish, ularning faoliyati uchun qulay huquqiy muhit yaratish yo‘lida amaliy choralar ko‘rishini ta’kidladi. Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tdi, ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha aniq yechimlar belgilab olindi.

#Samarqand_viloyati
Adolat qaror topgan kun yoxud yana bir fuqaroning buzilgan mehnat huquqlari tiklandi
🔹 Narpay tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 6-umumta’lim maktabi chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani rahbari E.J. o‘zining malaka toifalariga mos ish haqi hisoblanmayotgani yuzasidan adliya bo‘limiga murojaat qilgan edi.
🔹 Adliya bo‘limi tomonidan o‘rganish jarayonida ma’lum bo‘lishicha, E.J.ga 2024-yil iyun va dekabr oylarida tegishli ravishda ikkinchi hamda birinchi malaka toifalari berilgan bo‘lsa-da, ish beruvchi tomonidan bu holat hisobga olinmagan. Natijada, fuqaroning 2024-yil sentyabrdan 2025-yil may oyiga qadar 6 114 707 so‘m ish haqi kam to‘langan.
🔹 Shuningdek, ish haqi o‘z vaqtida to‘lanmaganligi sababli 8 504 969 so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lovlari yuzaga kelgani aniqlandi.
⚖️ Adliya bo‘limining aralashuvi natijasida fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi, E. J mehnat huquqlari tiklandi, unga tegishli ish haqi va kompensatsiya mablag‘lari to‘lab berilishi ta’minlandi.

Narpay tuman adliya bo‘limi fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo‘lida yana bir muhim masalani amalda hal etdi.

❤4👍1🔥1