ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Bir_murojaat_izidan
#Namangan_viloyati

Adliya aralashuvi bilan 9 nafar xodimning 160 million so'mdan ortiq mablag’lari undirib berildi.


Kosonsoy tumani adliya bo'limi tomonidan "Namangan suv ta'minoti" AJ Kosonsoy tuman filiali bir qator xodimlarining ish haqi pullari to'lab berilmayotganligidan norozi bo'lib, mazkur masalani qonuniy hal etishda amaliy yordam so'rab yo'llagan murojaatlari o'rganib chiqildi.

👉batafsil

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍2
#Adliya_xabari

Adliya vaziri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-270–son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Joriy yilning 23-oktabr kuni adliya vaziri Akbar Tashkulov X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-270–son qarorining ijro holati bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

🔸Tadbir davomida “E-ekspertiza” axborot tizimi orqali elektron hujjat almashinuvini joriy etish tartibi, sud-ekspertiza jarayonlarini texnik va huquqiy jihatdan yangilash, ekspertizalarda raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektdan foydalanishning afzalliklariga urg‘u berilib, ushbu qarorni to‘g‘ri va to‘liq tatbiq etishga doir vazifalar belgilab olindi.

🔹Bundan tashqari, Adliya vaziri Respublika sud ekspertiza markazida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, laboratoriya va boʻlimlarida yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud moddiy-texnika bazasi va ularning imkoniyatlari hamda yangi joriy etilgan ekspertiza turlarini oʻtkazilishi holatini koʻzdan kechirdi.

🔸Kelgusida markaz va uning hududiy boʻlimlarida amalga oshiriladigan ishlar, xarid qilinishi lozim boʻlgan uskuna va jihozlar, joriy etilishi zarur boʻlgan tadqiqot turlari yuzasidan taklif va topshiriqlar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏1
Tovar belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish va tadbirkorlarga intellektual mulk huquqiga rioya qilish boʻyicha uchrashuvlar oʻtkazildi

Adliya vazirligi masʼul xodimlari tomonidan Surxondaryo viloyati Angor, Shoʻrchi va Denov tumanlari davlat xizmatlari markazi xodimlariga firma nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish davomida tovar belgilarini ham roʻyxatdan oʻtkazish “Turn-key” tamoyili asosida ishlash tartib boʻyicha tushunchalar berildi.

Shu bilan birga, Denov tumanida faoliyat olib borayotgan tadbirkorga Olmos eshiklari logotipini tovar belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, Denov tumanida savdo rastalarida savdo qiluvchi sotuvchilar bilan intellektual mulk huquqiga rioya qilish, kontrafakt mahsulotlarni sotmaslik va saqlamaslik boʻyicha maʼlumotlar berilib Intellektual mulk huquqlariga rioya qilmaslik jinoiy javobgarlik keltirib chiqarishi toʻgʻrisida ogohlantirildilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2🔥1
#Adliya_xabari

❗️Adliya vaziri o'rinbosari N.Muxammadiyev Rishton tuman adliya bo'limi faoliyati bilan tanishdi

🔹Tuman adliya bo'limi joylashgan binoda rekonstruksiya-qurilish ishlari boshlanayotganligi munosabati bilan loyiha talablariga rioya qilinishi holatlari bilan tanishildi.

🔹Yangi bino foydalanishga topshirilgach, adliya bo‘limi faoliyati yanada samarali, fuqarolar uchun qulay bo'lishi yuzasidan fikrlar bildirildi.

🔹Bundan tashqari, tumandagi o'z xonadonlarida mahsulot ishlab chiqaruvchi, kulolchilik bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi.

🔹Tadbirkorlar bilan uchrashuv davomida mamlakatimizda tadbirkorlar uchun yaratilgan qulay muhit, soliq tizimidagi so‘nggi islohotlar, davlat xizmatlaridagi yengilliklar haqida ham ma’lumotlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2👏1🎉1