ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari 🇺🇿

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev Andijon viloyatida bo‘lib, otaliqqa olingan va ishsiz yoshlar bilan uchrashdi.


Qabulda viloyat adliya boshqarmasi, tuman adliya bo‘limi mas’ul xodimlari, kambag'allikni qisqartirish va bandlik bo'limi, “mahalla yettiligi” a’zolari hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida, 30 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etib, masʼullar tomonidan 21 nafar yoshlar murojaati qabul qilindi, shundan 5 nafar murojaatchining muammolari joyida hal etildi, 5 nafariga huquqiy tushuntirish berildi, oʻrganish talab etilgan 11 ta murojaat koʻrib chiqish uchun ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda mas'ullari ishtirokida yoshlarning hayotiy muammolari, bandlik masalalari, huquqiy bilim va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida amaliy ishlar muhokama qilindi.

Viloyatda adliya organlariga 461 nafar yosh biriktirilgan bo‘lib, o‘tkazilgan hatlovlar jarayonida ularning barchasi (100%) bilan uchrashilib, har birining muammolari individual tarzda o‘rganilgan.

Birgina Oltinko‘l tumanida, adliya bo‘limiga 30 nafar otaliqqa olingan yosh biriktirilgan bo'lib, o'rganishlar davomida 12 nafaridan ortiq yoshlarning muammolar aniqlanib, 9 nafari (75%) bo‘yicha muammolari ijobiy hal etilgan.

Shu bilan birga, yoshlar bilan samimiy suhbatda, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunar o‘rganishga yo‘naltirish va huquqiy savodxonligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Adliya vaziri o‘rinbosari tumanning "Ijtimoiyat" mahallasida oilaviy tadbirkorlik faoliyati bilan shug'illanuvchi fuqarolar xonadonida bo'ldi.

Muloqotda tadbirkorlik faoliyati davomida yuzaga kelayotgan soliq, intellektual mulk, kommunal xizmatlar, eksport hajmini oshirish bilan bogʻliq masalalari va ularning huquqiy yechimi boʻyicha tushunchalar berib oʻtildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
#Samarqand_viloyati

Maxsus reportaj: Oqdaryo tuman Davlat xizmatlari markazida aholiga qulay, shaffof va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlanmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sun'iy_intellekt
#Sirdaryo_viloyati

Nikoh shartnomasi — huquqiy kafolatmi yoki ehtiyot chorasi?

Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan nikoh shartnomasining ahamiyati va uni tuzish tartibi haqida sun’iy intellekt texnologiyalari asosida videorolik tayyorlandi.

Mazkur loyiha aholining huquqiy ong va madaniyatini yuksaltirish, oilaviy munosabatlarda huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida amalga oshirildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍2🔥2👏1
Adliya vazirligi vakillari hamda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish akademiyasi rektori S.Taseva bilan uchrashuv o‘tkazildi

🔸Uchrashuvda soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilanganligi, Prezidentimiz rahbarligida barcha sohalarda ayniqsa, davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik, halollik va hisobdorlik tamoyillari asosida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilayotganligini qayd etildi.

🔹Shu oʻrinda, Oʻzbekistonda davlat organlari ichida 1-boʻlib “Cert International” xalqaro tashkiloti (Slovakiya) tomonidan vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi ISO 37001:2016 xalqaro standartiga muvofiq deb baholanib, xalqaro muvofiqlik sertifikatini olganini alohida ta’kidlandi.

🔸Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan Akademiyaning zamonaviy o‘quv dasturlari bilan tanishtirildi.
Magistratura dasturlari:
Korrupsiyaga qarshi tadqiqotlar magistri (MACS)
Korrupsiyaga qarshi muvofiqlik va kollektiv harakatlar bo‘yicha xalqaro magistr (IMACC)
Korrupsiyaga qarshi tadqiqotlar va muvofiqlik bo‘yicha ispan tilidagi magistr (MACC)

🔹Kelgusida akademiya bilan professor-oʻqituvchilar hamda talabalar almashinuvi yoʻlga qoʻyilishi yuzasidan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish taklif etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3🔥2
#Adliya_xabari

❗️Adliya vaziri o'rinbosari Farg'onada

🔵Adliya vaziri o'rinbosari N.Muxammadiyev Farg'ona shahridagi Davlat xizmatlari markazida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

🔵Davlat xizmatlari markazida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati bo‘yicha faoliyat samaradorligini ta’minlashda shaxsiy mas’uliyat, kasb etikasi va odob-axloq qoidalariga rioya qilish, fuqarolar bilan muloqot ko'nikmasini rivojlantirish borasida tegishli ko'rsatmalar berildi.

🔵Markazda tadbirkorlik subyektlari va aholiga qulaylik yaratish maqsadida Farg'ona tajribasi sifatida tashkil etilgan "Navbatsiz xizmat" hududi faoliyati bilan tanishildi.

🔵Shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda duch kelinayotgan muammolar tahlil qilinib, ularning yechimi yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏2🔥1