ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka asosan, yer ijarachilari (fermer va dehqon xo‘jaligi, agroklaster va h.) o‘z yer uchastkalarining sug‘orilmaydigan toifasiga kiritilgan qismida yengil konstruksiyali qo‘shimcha obyektlarni joylashtirishi yoki qurishi mumkin.

Masalan, bu kabi obyektlar paxtachilik va g‘allachilikda – omborxona, saralash va qadoqlash joylari, sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikda – issiqxona va omborxona, saralash va qadoqlash joylari va boshqalar bo‘lishi mumkin.

📌 Bunda, yengil konstruksiyali qo‘shimcha obyektlar egallaydigan maydon 20 sotixdan (chorvachilik yo‘nalishida 1 gektardan), biroq ijaraga berilgan kontur maydonining bir foizidan oshmasligi kerak.

💻 Yer uchastkalarida qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi obyektlarni joylashtirish yoki qurish uchun ijarachi davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish zarur.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

“MEN NAVKATLIKMAN” TANLOVI G'OLIBLARI ANIQLANDI!


Qo‘shrabot tumani Navkat yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Men navkatlikman” havaskor mobilograflar tanlovi yakunlandi!

Tanlov yoshlarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish, mobilografiya sohasiga qiziqishini oshirish va ularning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.

Tanlovda ishtirokchilar “Navkat hayoti”, “Oilamda bir kun”, “Mening bir kunlik dars kunim” kabi mavzularda kreativ videolar bilan ishtirok etdilar.

🏆 Gʻoliblar quyidagicha aniqlandi:
🥇 1-o‘rin — Shuxrat Sherqulov
🎁 Professional mobilografiya kursida bepul tahsil olish uchun vaucher bilan taqdirlandi.
🥈 2-o‘rin — Ozodbek Saydazimov
🥉 3-o‘rin — Sabina Xamroyeva

Gʻoliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Barcha ishtirokchilarga faolligi va ijodiy yondashuvi uchun minnatdorlik bildiriladi!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yaqin qarindoshlar bilan farzandlaringizni nikohlamoqchi boʻlsangiz, yaqin kelajakda ulardan nosogʻlom farzand tugʻilishiga tayyor turing!

👉Yaqin qarindoshlar — aka-uka, opa-singil farzandlari yoki boshqa yaqin xeshlar — oʻrtasidagi nikoh tabiat qonuniyatlariga zid hisoblanadi.

‼️Bunday nikohdan tugʻilgan bolalarda irsiy kasalliklar, jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar xavfi bir necha barobar ortib ketadi.

Batafsil videolavhada

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍5🔥3🎉2
#Mehr_ulash

❤️Adliya vazirligi tashabbusi bilan "Mehr ulash" xayriya qon topshirish aksiyasi tashkil etildi.

Vazirlik tizimida doimiy tashkil etilib kelinadigan ushbu xayrli aksiyada nafaqat vazirlik markaziy apparati xodimlari, balki, adliya muassasalari xodimlari ham faol ishtirok etdi.


❤️O‘ylaymizki, topshirilgan donorlik qonlari turli kasalliklar yoki baxtsiz hodisalar tufayli qonga muhtoj bo‘lgan insonlar hayotini saqlab qolishga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🎉2👏1
#Adliya_xabari

📍Surxondaryo viloyatida Davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo'limlarida yaratilgan shart-sharoitlar o'rganildi

Joriy yilning 16-oktabr kuni Adliya vazirligining ishchi guruhi tomonidan Uzun, Sariosiyo, Denov, Sho‘rchi va Jarqo‘rg‘on tuman davlat xizmatlari markazi va FHDY bo'limlari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganishlar doirasida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati bo‘yicha faoliyat samaradorligini ta’minlashda shaxsiy mas’uliyat, kasb etikasi va odob-axloq qoidalariga rioya qilish, fuqarolar bilan muloqot ko'nikmasini rivojlantirish borasida tegishli ko'rsatmalar berildi.

Shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda duch kelinayotgan muammolar tahlil qilinib, ularning yechimi yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42