ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach
#Andijon_viloyati

Adliya aralashuvi bilan tadbirkor foydasiga 458 mln. 289 ming 403 so‘m pul mablag'lari to'lab beriladigan bo'ldi

Andijon viloyat adliya boshqarmasiga "Lux Hot House" mas’uliyati cheklangan jamiyati Andijon viloyat hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasidan bajarilgan ishlar qiymatini undirib berishda amaliy yordam so'rab qilgan murojaati o'rganib chiqildi.

Xususan, tomonlar o'rtasida tuzilgan shartnomaga asosan, "Lux Hot House" mas’uliyati cheklangan jamiyati Shahrixon tumanidagi 68-son umumta’lim maktabining issiqilik tizimini mukammal ta’mirlash ishlarini olib borgan bo'lishga qaramasdan Andijon viloyat hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi tomonidan tegishli to'lovlar amalga oshirilmagan.


O‘rganish yakuni bo‘yicha Andijon tumanlararo Iqtisodiy sudiga tadbirkor manfaatini ko‘zlab da’vo ariza kiritildi.

Da’vo ariza sud tomonidan ko‘rib chiqilib, javobgar Andijon viloyat hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi hisobidan "Lux Hot House" mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga 458 mln. 289 ming 403 so‘m qarzni undirib berilishi belgilandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32👏1
#huquqshunos_oshxonasi

MIB qanday faoliyat bilan shugʻullanadi, aliment oldindan toʻlash tartibi qanday, alimentdan qochib, uzoq vaqt toʻlamay yurganda undiruvchi qayerga murojaat qilish kerak? Qaysi holatlarda xorijga chiqishga taqiq qoʻyiladi va uni qanday bekor qilish mumkin? “Huquqshunos oshxonasi”da mana shu savollarga javoblar yangradi.

Ko’rsatuvni quyidagi link orqali ko’rishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=cGK3FBfsItk
👍2🔥1
📡 Raqamli ko‘nikmalar — zamonaviy davlat xizmatlari sari qadam

O‘zbekiston Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida sun’iy intellekt, Big Data va Data Science bo‘yicha besh kunlik amaliy trening tashkil etildi.

🇪🇺 Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida o‘tkazildi. Unda 30 nafar IT-mutaxassis zamonaviy texnologiyalar yordamida davlat xizmatlarining ochiqligi, tezkorligi va samaradorligini oshirish bo‘yicha bilimlarini mustahkamladi.

💡 Ishtirokchilar sun’iy intellekt asoslari, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), ma’lumotlar bazalarini boshqarish, axloqiy AI qo‘llash tamoyillari va IT-loyihalarni boshqarish bo‘yicha yangi ko‘nikmalarni egalladilar.

🔹 Tadbir yakunida sun’iy intellekt asosidagi xizmatlarni takomillashtirish bo‘yicha loyiha g‘oyalari taqdim etildi. Bu tashabbus “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” maqsadlariga hissa qo‘shadi.
👍82
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari N. Muxammadiyev hamda
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ekspertlaridan iborat delegatsiya o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi


Adliya vaziri o‘rinbosari N. Muxammadiyev Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ekspertlaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

N. Muxammadiyev mazkur uchrashuvda KOICA agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Sun’iy intellektga asoslangan yuridik xizmat muhitini yaratish va Koreya – O‘zbekiston huquq markazini tashkil etish” loyihasini (qiymati 14,5 mln AQSH dollari) O‘zbekiston huquq tizimi tarixidagi strategik tashabbuslardan biri ekanligini qayd etdi.

Ma’lumot uchun: Mazkur loyiha nafaqat zamonaviy raqamli yuridik infratuzilmani, balki sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan yuridik xizmatlarni rivojlantirishni, aholiga qulay va tezkor huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yishga yo‘naltirilgan.


Uchrashuvda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ekspertlari bilan quyidagi masalalar:

▪️Sun’iy intellekt va axborot texnologiyalarni huquqiy tartibga solish holati;
▪️normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda sun’iy intellektdan foydalanish holati;
▪️mamlakatimizda huquqiy axborotni aholiga yetkazish, ushbu sohani raqamlashtirish, jumladan, Lex.uz qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi imkoniyatlari;
▪️Axborot texnologiyalarni huquqiy tartibga solish hamda qonun ijodkorligi faoliyatida sun’iy intellekt va axborot texnologiyalarni qo‘llash sohasidagi mutaxassislar hamda maxsus jihozlarga bo‘lgan ehtiyojlar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida mazkur loyiha doirasida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Koreya – O‘zbekiston huquq markazi ikki davlat o‘rtasida huquqiy bilim va tajriba almashinuvi markaziga aylanishi hamda ushbu markaz Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti va Koreya hamkor tashkilotlari o‘rtasidagi uzviy aloqalarni mustahkamlab, yangi ta’lim dasturlari, qo‘shma tadqiqotlar, seminar va konferensiyalar uchun keng imkoniyatlar yaratishi alohida ta’kidlandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍6👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👏23👍16🔥85🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#San'at_va_ijod_himoyasi_oyligi

Ijodiy mulk – qonun himoyasida: Sirdaryo teatrida huquqiy tadbir


🔸Sirdaryo viloyat musiqali drama teatrida “San’at va ijod himoyasi” oyligi doirasida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

🔹Tadbirda ijodiy soha vakillariga intellektual mulk tushunchasi, uning asosiy turlari – mualliflik huquqi, patentlar, tovar belgilari, sanoat namunalari va boshqa shakllari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ushbu huquqlarning qanday hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi, qanday hollarda va qanday tartibda himoya qilinishi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

▶️Batafsil👈

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍7👏1
Internetda joylashtirilgan videoni qayta yuklab olib, o‘zingizning sahifangizda joylashtirish mumkinmi?
Anonymous Quiz
12%
A) Har doim mumkin
6%
B) Faqat reklama uchun
49%
C) Faqat muallif ruxsati bilan
34%
D) Agar manba yozilsa, ruxsatsiz bo‘ladi
👍4
#Bilasizmi

🚘 Avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirish) ruxsatnoma olish tartibidan xabardormisiz?

🏛 Vakolatli organ: Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati.

Arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoki bevosita vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi.

Ruxsatnoma olish talab etilmaydigan oʻzgartirishlar quyidagilar:

🔸avtotransport vositasi orqa oynasining tusini yorugʻlik oʻtkazuvchanligi cheklanmagan darajada oʻzgartirish:

🔹old oynasining tepa qismi tusini 14 sm dan koʻp boʻlmagan polosa shaklida yorugʻlik oʻtkazuvchanligi cheklanmagan darajada oʻzgartirish.

Asos:
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 465-son qarori.

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#San'at_va_ijod_himoyasi_oyligi

Xalqimiz orasida “Ismigul” qo‘shig‘i bilan tanilgan iste’dodli ijodkor O‘ktam Hakimov, Adliya vazirligi tashabbusi bilan ilk bor “Oktabr oyi — San’at va ijod himoyasi oyligi” deb e’lon qilinganidan mamnun bo‘lib, quyidagicha fikr bildirdi:

“San’atkorlar va ijodkorlar uchun bunday tashabbus juda katta rag‘batdir. Bu nafaqat ijodkorlarning huquqiy himoyasini ta’minlashga, balki san’atning qadrlanishiga, ijodkor mehnatining e’tirof etilishiga xizmat qiladi.
Adliya vazirligining bu tashabbusi jamiyatimizda san’at va madaniyatga bo‘lgan hurmatni yanada oshiradi. Men bundan juda hursandman.”


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2👏2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️Muhabbatxon Abdullayeva: Fuqaroligim yo‘qligi sabab 45 yil davomida farzandlarimni ko‘ra olmadim

1985-yilda Muhabbatxon ona Abdullayeva Tojikistonning Isfara tumanidan O‘zbekistonga shar'iy nikoh asosida turmushga chiqadi. 20 yildan so‘ng turmush o‘rtog‘i vafot etgach, hujjatlari va fuqaroligi bo‘lmaganligi bois muammolarga uchradi. Tojikistonga qaytib keta olmay, o‘z farzandlarini 45 yil davomida ko‘ra olmadi.

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazidagi Muhabbatxon Abdullayeva kabi 5 nafar nuroniylarning huquqiy muammolari adliya ko‘magi bilan bartaraf etildi. Ularning O‘zbekistonda yashaganlik fakti sud orqali belgilandi. Bugun ularning quvonchlari cheksiz.

Batafsil ushbu lavhada 👆

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍3🔥1👏1