ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#oyning_eng_yaxshi_xodimi

🔶 Adliya vazirligi Strategik rejalashtirish va ijro nazorati boshqarmasi bosh maslahatchisi Xaydarov Javohirjon Jabbor o‘g‘li 2025-yilning sentabr oyi uchun vazirlik tomonidan oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi deb topildi.

🔷 Javohirjon Xaydarov 2021-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavrni, 2025-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bakalavrni tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2021-yilda Navoiy shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti lavozimidan boshlagan.

▪️2022-yilda - Navoiy viloyati adliya boshqarmasi Huquqiy ekspertiza va yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limining bosh maslahatchisi
▪️2022 -2023 yillarda - Navoiy viloyat adliya boshqarmasi Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va metodik ta’minlash sho‘basining bosh maslahatchisi
▪️2023 –2024 yillarda - Navoiy viloyat adliya boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish sho‘basi boshlig‘i
▪️2024-yilda buyon Adliya vazirligi Strategik rejalashtirish va ijro nazorati boshqarmasi Ijro nazorati bo‘limi bosh maslahatchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

🔷 Javohirjon Xaydarov tomonidan markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalariga yuklatilgan vazifa va funksiyalar tahlil qilinib, ularni soddalashtirish (BPR) bo‘yicha tahliliy takliflar ishlab chiqilgan. Shuningdek, vazirlikda ijro intizomini yanada mustahkamlashga o'z hissasini qo'shib kelmoqda. Bundan tashqari, Prezidentning PF-80-son Farmonida belgilangan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarni doimiy ravishda umumlashtirib yuqori turuvchi idoralarga kiritib bormoqda.

🔶 Vazirlik jamoasi Javohirjon Xaydarovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍28🔥61
🔶 Adliya vazirligi Strategik rejalashtirish va ijro nazorati boshqarmasining 1-toifali ish yurituvchi kotibi Norbekova Sabina Ibrohimovna 2025-yilning sentabr oyi uchun vazirlik tomonidan “Oyning eng yaxshi texnik xodimi” deb topildi.

🔹Sabina Norbekova 2019-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavr bosqichini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2019-yilda 1-son Toshkent shahar yuridik kollejida Fuqarolik huquqi va mehnat huquqi fanlari o‘qituvchisi sifatida boshlagan.

▪️2020-yilda - Uchtepa tumani 11-son davlat notarial idorasi notarius yordamchisi;
▪️2020-yildan hozirgi vaqtga qadar Adliya vazirligi Strategik rejalashtirish va ijro nazorati boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi sifatida davom ettirmoqda.

🔶 Sabina Norbekova vazirlikning ichki hujjatlarini ijroga qaratib, Smartoffice tizimiga kiritib borish, Edo.ijro.uz tizimidagi Prezident hujjatlaridagi topshiriqlarni monitoring qilib, ijrosi bo‘yicha ma’lumot kiritib borish, mehnat va ijro intizomiga qat’iy rioya etish, boshqarma va xodimlar faoliyati yuzasidan bildirgi va boshqa hujjatlar tayyorlab, tizimlar orqali kiritish kabi yoʻnalishlarda samarali faoliyat yuritmoqda.

🔷Vazirlik jamoasi Sabina Norbekovani ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍147
#Xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari davlat xizmatlari sohasida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda


Bugun, 13-oktyabr kuni O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida davlat xizmatlarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Adliya vazirligi hamda Strategik islohotlar agentligi vakillari, BAA tomonidan esa Davlat xizmatlarini rivojlantirish va byurokratiyani qisqartirish direktori Hesham Amiri hamda boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Uchrashuv joriy yilning 7–9 sentyabr kunlari O‘zbekiston delegatsiyasining BAAga amaliy tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlar natijasida tashkil etildi.

Uchrashuv davomida Toshkent shahrida BAA namunasida zamonaviy Davlat xizmatlari markazi binosini qurish, uni ta’mirlash va xodimlarni o‘qitish hamda Davlat xizmatlari markazlari faoliyatini baholash tizimini BAA tajribasi asosida takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar yaqin vaqt ichida ushbu yo‘nalish bo‘yicha qo‘shimcha takliflar almashishga kelishib oldilar.


Uchrashuv konstruktiv va ochiq ruhda o‘tdi, bu esa ikki davlat o‘rtasida davlat boshqaruvi va xizmatlar sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga zamin yaratadi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍4🔥41
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Quvonchli xabar bilan o‘rtoqlashmoqchiman: Osaka shahrida tashkil etilgan EXPO butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston paviloni o‘z yo‘nalishi bo‘yicha oliy mukofotga — “Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi” nominatsiyasida oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Biz taqdim etgan “Bilimlar bog‘i: kelajakdagi jamiyat uchun laboratoriya” konsepsiyasida an’analar va innovatsiyalar uyg‘unligi o‘z aksini topgan. G‘oyamiz jahon hamjamiyatida keng ko‘lamli aks-sado berdi.

Barchani ruhlantirgan professionallik va ushbu loyihaga bo‘lgan ishonch uchun butun jamoaga, shuningdek, xalqaro hamkorlarimizga samimiy minnatdorlik bildiraman.


Хочу поделиться радостной новостью: павильон Узбекистана на Всемирной выставке ЭКСПО в Осаке удостоен высшей награды в своей категории — золотой медали в номинации «Лучшее раскрытие темы».

Мы представили концепцию «Сад знаний: лаборатория для общества будущего», отражающую гармонию традиций и инноваций, и эта идея получила широкий отклик в мировом сообществе.

Искренне благодарю всю команду и наших международных партнёров за вдохновение, профессионализм и веру в этот проект.
4👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Talaba universitetda dars berishi mumkinmi?

Yuridik xizmat markazlari qanday ish bilan shug‘ullanadi? Chet tili o‘qituvchilari sertifikat talabi yuridik markazlarga bog‘liqmi? Yuridik markazlar xodimning huquqlarini himoya qiladimi yoki tashkilotning? Ushbu savollarga «Huquqshunos oshxonasi»ning navbatdagi sonida javob oling!

To'liq video 👉 https://youtu.be/kixnQpO2gcg

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍2
#Sanat_va_ijod_himoyasi_oyligi

O‘zbekiston Respublikasida mualliflik huquqi muallif vafotidan keyin necha yil davomida amal qiladi?
Anonymous Quiz
10%
A) 25 yil
20%
B) 50 yil
38%
C) 70 yil
31%
D) Cheksiz muddat
👍6
#Bir_murojaat_izidan
#Namangan_viloyati

Adliya aralashuvi bilan 40 yillik muammo barham topdi.


Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro Z.J.ning farzandi bundan qirq yil avval vafot etgan.

Biroq e‘tiborsizligi sabab farzandining o‘limi haqidagi guvohnoma rasmiylashtirilmagan.

👉batafsil

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🔹Adliya vaziri A.Tashkulov Xorazm viloyatida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmonida belgilangan vazifalar va chora-tadbirlar ijrosini o‘rgandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Bir_murojaat_izidan

O'qituvchining 6 oylik ustama puli unidirib berildi.

🔹Navoiy viloyatida doimiy yashovchi, hozirda Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi 43-maktabning tarix fani o‘qituvchisi fuqaro M.O. 6 oy davomida unga to‘lanishi lozim bo‘lgan maxsus ustama pullari berilmaganidan norozi bo‘lib, Nurobod tuman adliya bo‘limiga murojaat qilgan.

🔸Aniqlanishicha, fuqaro M.O birinchi toifali o‘qituvchi malakasiga va “A” darajadagi sertifikatga ega bo‘lsa-da, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi qaroriga muvofiq, taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda taʼlim berish uchun boshqa hududlardan kelib ishlovchi malakali o‘qituvchilarga to'lanishi lozim bo'lgan maxsus ustama pullari to‘lanmagan.

🔹 Bundan tashqari, Mehnat kodeksining 333-moddasiga muvofiq kechiktirilgan har bir kun uchun pul kompensatsiyasi hisoblanib, Nurobod tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro M.O. manfaatida Nurobod tumani fuqarolik sudiga da’vo arizasi kiritildi.

🔸Natijada, fuqaroga 19 033 248 (o‘n to‘qqiz o‘ttiz uch ming ikki yuz qirq sakkiz) so‘m ustama pullari hamda 41 835 005 (qirq bir million sakkiz yuz o‘ttiz besh ming besh so‘m) so‘m miqdorida kompensatsiya pullari undirib berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videodayjest

📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjest

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍1
Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari hamda tashkilotlarga amaliy yordam berilmoqda.

Adliya vazirligi mas'ul xodimlarining Qoraqalpog'iston Respublikasiga xizmat safari davomida Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari hamda ular tomonidan xizmat ko'rsatiladigan tashkilotlar faoliyati bilan tanishilmoqda.

Xususan, Taxiatosh, Xo'jayli va Nukus tuman Markazlari hamda tashkilotlarning mas'ul xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar o'rganildi.

Vazirlik mas'ul xodimlari tomonidan Markazlar va tashkilotlar kundalik faoliyatida uchrayotgan muammolar aniqlanib, ularni joyida hal etish choralari ko'rilmoqda hamda zaruriy ko'rsatmalar berilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍2