🔸20 dan ortiq jurnalist va blogerlar Toshkent viloyatida o‘tkazilgan ikki kunlik treningda ishtirok etib, davlat xizmatlari haqida qanday qilib xolis va jozibali tarzda axborot berishni o‘rgandilar.
🔹Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Ikki kun davomida ishtirokchilar:
✨ Davlat xizmatlari islohotlarini xolis va ijodiy yoritish;
🤖 Sun’iy intellekt (AI) va raqamli vositalardan foydalanish;
💬 Ishonch va shaffoflikni targ‘ib qiluvchi hikoyalar yaratishni o‘rgandilar.
🤝 Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturi davlat xizmatlarini aholiga yaqinlashtirish hamda shaffoflikni mustahkamlovchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi!
#EUinUzbekistan #UNDP #DavlatXizmatlari #MediaTrening #Shaffoflik #AI
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
🇺🇿 “InnoWeek – 2025” doirasida Innovatsion hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan “InnoWeek – 2025” xalqaro innovatsiyalar haftaligi doirasida Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi delegatsiyasi tadbirda faol ishtirok etdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston intellektual mulk tizimidagi so‘nggi yangiliklar, ixtirochilikni rivojlantirishda TIQQM tarmog‘ining o‘rni, shuningdek, ilmiy-texnik g‘oyalarni tijoratlashtirish mexanizmlari haqida taqdimotlar o‘tkazildi.
📄 Innovatsion rivojlanish agentligi hamda “Intellektual mulk markazi” o‘rtasida Hamkorlik bitimi imzolandi.
Uchrashuv yakunida tomonlar innovatsion g‘oyalarni huquqiy himoya qilish va ularni iqtisodiyotga tatbiq etish jarayonini jadallashtirish zarurligini ta’kidladilar.
🧩 Mazkur hamkorlik mamlakatimizda innovatsion ekotizimni mustahkamlash hamda ixtirochilik faoliyatini rivojlantirish yo‘lida muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

🤝 Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:
• yangi Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazini tashkil etish;
• intellektual mulk sohasida mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;
• ixtirochilik va tijoratlashtirish sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirish;
• ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda intellektual mulk madaniyatini targ‘ib etish;
• yosh ixtirochilar va startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dasturlarini ishlab chiqish.
Uchrashuv yakunida tomonlar innovatsion g‘oyalarni huquqiy himoya qilish va ularni iqtisodiyotga tatbiq etish jarayonini jadallashtirish zarurligini ta’kidladilar.
🧩 Mazkur hamkorlik mamlakatimizda innovatsion ekotizimni mustahkamlash hamda ixtirochilik faoliyatini rivojlantirish yo‘lida muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥2❤1
#Sanat_va_ijod_himoyasi_oyligi
Adliya vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi hamkorligida “San'at va ijod himoyasi” oyligi doirasida Oʻzbekiston milliy universitetida “Plagiatga qarshi kurash – mualliflik huquqini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik” mavzusida seminar tashkil etildi.
Tadbirda mutaxassislar tomonidan mualliflik huquqini himoya qilish sohasidagi huquqiy normalar, plagiatning huquqiy oqibatlari hamda hamda asarlarni tijoratlashtirishdagi muammolar va ularning yechimlari yuzasidan muhim ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, yaqinda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-1080-sonli Qonuni bilan Jinoyat kodeksiga muhim o‘zgartirishlar kiritilganligi, endilikda mualliflik va turdosh huquqlarni nafaqat o‘zlashtirib olganlik, balki noqonuniy foydalanganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilanganligi yuzasidan huquqiy tushuntirish berib o'tildi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimzida
"Baxmal olmasi"ni geografik ko'rsatkich sifatida ro'yhatdan o'tkazish jarayonida
Baxmal olmalari nafaqat respublikamizda, balki jahon miqyosida ham koʻrinishi va taʼmi jihatidan yuqori baholanadi. Xalqaro meva-sabzavot koʻrgazmalarida ham munosib joy egallab, chet elliklarning katta qiziqishiga sabab boʻlib kelmoqda.
Shu bois, “Baxmal olmasi”ni geografik koʻrsatkich sifatida roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlari olib borilmoqda. Hozirgacha Adliya vazirligi tomonidan Jizzax viloyati boʻyicha “Qozon patir”, “Tandir goʻsht” va “Jizzax somsasi” geografik koʻrsatkich sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan.

👍1