ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

📣 Adliya vaziri Xorazm viloyatida


🔰 Adliya vaziri Urganch shahar adliya bo‘limida bo‘lib, bo‘limda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson va tez foydalanish uchun mavjud imkoniyatlar, davlat organlari va tashkilotlariga ko‘rsatilayotgan yuridik xizmatlar sifati, FHDY organlarida aholiga xizmat koʻrsatish jarayonlarini oʻrgandi.

“Namunaviy adliya bo‘limi” konsepsiyasi doirasida Urganch shahar adliya bo‘limi boshlig‘ining bo‘lim faoliyatida amalga oshirilgan ishlar haqida, shuningdek, Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan kadrlar sohasi va boshqa sohalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan boshqarma boshlig‘ining taqdimoti bilan tanishdi.

✔️ Adliya organlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning ijrosini ta’minlash, xususan, davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) tuzilmalarida huquqiy ishlarning holatini monitoring qilish, ularning yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va metodik ta’minlash ishlarini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53
#Adliya_xabari

📣 Yoshlar bilan ochiq suhbat: Adliya vaziri “Huquq sinfi”da


🔰 Adliya vaziri A.Tashkulov Urganch shahridagi 5-maktabda “Davlat va huquq asoslari” fani chuqurlashtirib oʻqitiladigan variativ oʻquv rejalari asosida zamonaviy koʻrgazmali oʻqitish vositalari bilan taʼminlangan “Huquq sinfi” o‘quvchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda adliya vaziri yoshlarga huquqiy bilimlarning ahamiyati, adolatli jamiyat qurishda huquqshunoslarning tutgan o‘rni, huquq sohasi mutaxassislariga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar haqida batafsil to‘xtalib, yoshlarga bilim olish, huquqiy savodxonlikni oshirish va kelajakda Vatanimiz ravnaqi yo‘lida faol bo‘lish zarurligini ta’kidladi.

✔️ Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot shaklida olib borilib, oʻquvchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga bevosita vazirdan javob olish imkoniyatiga ega boʻldi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏2
#Adliya_xabari

📣 Adliya vaziri Xonqa tuman adliya bo‘limida davlat va huquqiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari taqdimoti bilan tanishdi.

Jarayonda tuman adliya bo‘limi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, Davlat xizmatlari markazi va FHDY bo‘limi xodimlari bilan ochiq muloqot qilib, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlik subyektlari va aholi uchun ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

✔️ Shuningdek, aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43👏1