ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Adliya vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Bekobod shahrida "E-qaror" elektron tizimi bilan ishlovchi hokimlik va xalq deputatlari Kengashlari mas'ul xodimlari ishtirokida "E-qaror" elektron tizimi yuzasidan amaldagi holat, tizimli muammolar va takliflar hamda metodik ta'minlash yo'nalishida  o'quv seminari o’tkazildi.

Shuningdek, seminarda hokimlik va Kengashlar tomonidan qarorlar qabul qilishda "Bekobod tajribasi"ni yaratish ishlari muhokama qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍21
#ogoh_bo'ling!

‼️Adliya vazirligiga shu kabi mazmunda tadbirkorlar va fuqarolar elektron pochtasiga xabarlar yuborilayotganligi haqidagi murojaatlar kelib tushmoqda.

Bunday ko'rinish va mazmundagi xatlar Adliya vazirligiga umuman tegishli emas va feyk xabarlar hisoblanadi.

Mazkur xatdagi havolalar va QR-kod sizning ma’lumotlaringizni o’g’irlaydigan soxta saytlarga ham yo‘naltirishi mumkin.

❗️Tadbirkorlardan va fuqarolardan firibgarlarga aldanib qolmaslikni va feyk xabarlarga ishonmaslikni so'raymiz.

Adliya vazirligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

“SANʼAT VA IJOD HIMOYASI” OYLIGIGA START BERILDI

muxbir: Diyora G’aniyeva

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👍2🔥1
Oshxona shon-shuhrati faqat ta’mda emas — nomda ham. Adliya vazirligida rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan restoran brendlari bilan tanishing!

Brend
- kompaniya nufuzi, mahsuloti haqida ma'lumot berib, iste'molchi e'tiborini jalb qiladi. Ayniqsa tovar nomi jarangdor bo'lsa yanada yaxshi, chunki Sizning mahsulotingiz boshqalarnikidan ajralib turadi.

🔹Yuqoridagi rasmda "OKO", "Khanate", "Giotto" kabi tovar belgilarini ko'rishingiz mumkin.

🔸Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish brendni himoya qilish va biznesni rivojlantirish uchun muhim omildir.

✔️
Unutmang tovar belgisi BIRINCHI BO'LIB HUJJAT TOPSHIRGAN shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

📘 "Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida"gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.

🌐 Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍2
🧷 6 oylik kurslarga qabul boshlandi!

➡️ An'anaviy ta'lim shaklida tashkil etiladigan Oliy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlandi.

Kurslarga barcha oliy ma'lumotli shaxslar hujjat topshirishlari mumkin.

Hujjatlarni qabul qilish 6-oktabrdan 6-noyabrga qadar qabul.centertsul.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

📩Talabgorlar hujjat topshirishda Id-karta (pasport), oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplomni elektron shaklda ilova qiladilar.

♻️Qabul kvotasi: 100 nafar (faqat o'zbek guruhi uchun); to‘lov-kontrakt miqdori: 16 713 604 so‘m.

❗️Bitiruvchilarga diplom berilib, yuridik xizmat, davlat xizmatlari markazlari va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida barcha lavozimlarda, advokatura va notariat tizimida oliy yuridik ma'lumot talab etmaydigan barcha lavozimlarda ishlash huquqiga ega bo‘ladi.

☎️ (98) 125-73-92
☎️ (99) 937-04-33

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | Adliya: aholiga sifatli huquqiy yordam va davlat xizmatlari ko'rsatilmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔹Patent vakilligi rivojlanmoqda

Bugun Samarqand viloyati adliya boshqarmasida 60 ga yaqin advokatlar uchun intellektual mulk sohasida o‘quv-seminar tashkil etildi.

📌 Tadbirda patent vakilligi faoliyati yushuntirilib, ularning jamiyatdagi o‘rni, intellektual mulk muhofazasidagi roli hamda advokatlikdan farqli jihatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

📈 Hozirda yurtimizda 100 dan ortiq patent vakili faoliyat olib bormoqda, ularning katta qismi Toshkent shahri hududiga to‘g‘ri keladi. Shu sababli, mintaqalarda ham bu sohaga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda.

📚 Seminar yakunida advokatlar tomonidan bu soha ular uchun yangi soha ekanligi, ushbu sohada malaka oshirish kurslarida o‘qish istagi borligi bildirildi.

👉 Bu kabi seminarlar hududlarda patent vakilligi faoliyatini kengayishiga va yangi brendlar kashf etilishiga hamda sifatli talabnomalar sonini oshishiga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1👍1
#Diqqat_so'rovnoma

📊 Davlat xizmatlarini ko'rsatilishi yuzasidan o'tkazilayotgan so'rovnomada faol ishtirok eting!

📝 So‘rovnoma natijalari tegishli takliflarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.


So'rovnomada
ushbu havola orqali ishtirok etishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍1
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi xodimlari uchun “Resursli mutaxassis – kuchli jamoa”, “Psixologik barqarorlik: yangi energiya va samaradorlik” hamda “O‘zingni qo‘lga ol, jamoani ruhlantir!” mavzularida o‘ziga xos motivatsion va amaliy trening o‘tkazildi.

Ishtirokchilar treningda:
ichki resurslarni qanday tiklashni,
ruhiy bosimni yengishni,
va jamoa bilan ruhlantiruvchi munosabat o‘rnatishni o‘rgandilar.

📌 Trening – faqat eshitish uchun emas, his qilish, o‘zini tushunish va kuch olish uchun o‘tkazildi. Ushbu tadbir xodimlarning ish unumdorligini oshirish, ruhiy muvozanatini ta’minlash va jamoaviy muhitda samarali faoliyat yuritishda muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir qatnashchi ish kunini yangicha kayfiyat va energiya bilan yakunladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

❗️Adliya aralashuvi bilan fuqaroga 24,8 mln so‘m pensiya undirib berildi

Yozyovon tumanida yashovchi O‘rinboy Obidov 2023-yilning dekabr oyidan boshlab, imtiyozli pensiyasining 80 foizi bekor qilinganligi va bu borada o'z huquqlarini himoya qilishlikka amaliy yordam so'rab qilgan murojaati tuman adliya bo‘limining ish yurituviga olindi va bo'lim tomonidan Ma’muriy ishlar bo'yicha Farg'ona tumanlararo sudiga da'vo ariza kiritildi.

Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Yozyovon tumani bo‘limining 2023-yil 30-noyabrdagi 25897076-sonli pensiya tayinlash haqidagi qarorini haqiqiy emas deb topishlik va to'lanmay qolgan 24 849 000 so‘m pensiyani to'lashlik yuzasidan Ma’muriy ishlar bo'yicha Farg'ona tumanlararo sudining adolatli va qonuniy hal qiluv qarori qabul qilinishiga erishildi.

Ma’lumot uchun: Qarordan norozi taraflar kassatsiya shikoyatini taqdim etishdi, ammo Farg'ona viloyati Ma’muriy sudi kassatsiya instansiyasi sudining 2025-yil 16-sentabrdagi qaroriga asosan birinchi instansiya sudining qarori o'z kuchida qoldirildi va O'. Obidovning qonuniy manfaatlari himoya qilindi.


Batafsil videolavhada 👆

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2👏2
#Adliya_xabari

📣 Adliya vaziri Xorazm viloyatida


🔰 Adliya vaziri Urganch shahar adliya bo‘limida bo‘lib, bo‘limda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson va tez foydalanish uchun mavjud imkoniyatlar, davlat organlari va tashkilotlariga ko‘rsatilayotgan yuridik xizmatlar sifati, FHDY organlarida aholiga xizmat koʻrsatish jarayonlarini oʻrgandi.

“Namunaviy adliya bo‘limi” konsepsiyasi doirasida Urganch shahar adliya bo‘limi boshlig‘ining bo‘lim faoliyatida amalga oshirilgan ishlar haqida, shuningdek, Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan kadrlar sohasi va boshqa sohalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan boshqarma boshlig‘ining taqdimoti bilan tanishdi.

✔️ Adliya organlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning ijrosini ta’minlash, xususan, davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) tuzilmalarida huquqiy ishlarning holatini monitoring qilish, ularning yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va metodik ta’minlash ishlarini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53