#qonunchilikdagi_yangiliklar
🗓 2025-yil 1-dekabrdan boshlab fuqarolardan quyidagi hujjat va ma'lumotlarni talab qilish bekor qilinadi:
❌ nikohni rasmiylashtirishda — tibbiy ko'rik natijalarini taqdim qilish;
❌ FHDY organi tomonidan sud qarori bilan nikohdan ajratishni qayd etishda — sud qarorini taqdim qilish;
❌ tegishli mudofaa organlariga — chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarning turar joyi, o‘qish joyi, ish joyi va lavozimida o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qilish;
❌ avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasida — mulkdorning manzilini ko‘rsatish talabi bekor qilinadi.
✅Ushbu turdagi ma'lumot va hujjatlar "Raqamli hukumat" tizimi orqali mas'ul davlat organlari tomonidan taqdim etiladi.
Asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.09.2025-yildagi PF-157-son Farmoni.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

Intellektual mulk sohasida xalqaro hamkorlik yangi bosqichga ko’tarilmoqda
Bugun, Adliya vaziri o‘rinbosari M.Ikramov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Nyuport shahrida Buyuk Britaniya Intellektual mulk idorasi bosh direktori Adam Uillyams bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuvda intellektual mulk obyektlariga oid talabnomalarni zamonaviy usullardan foydalangan holda ekspertizadan o‘tkazish, ushbu jarayonga sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, idoralarning ekspertiza qarorlarini o‘zaro tan olish orqali ixtiro va foydali modellarni ro'yxatdan o'tkazish muddatlarini qisqartirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish uchun Buyuk Britaniyada amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, intellektual mulkdan foydalanishni o'rgatishga, qo'shimcha daromad olishga, kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishga qaratilgan "IP partners", "IP Access", "IP healthcare" kabi loyihalarni O'zbekistonda amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, tadbir doirasida Buyuk Britaniya bozorida aniqlangan "Kontrafakt mahsulotlar ko'rgazmasi"da ishtirok etildi va kontrafakt mahsulotlar aylanmasiga qarshi kurashuvchi London politsiya bo'linmasi faoliyati bilan tanishildi.
Uchrashuv yakunida London politsiya bo'linmasi bilan hamkorlikda huquq egasiga yetkazilgan zararni aniqlash bo'yicha seminar tashkil etish, O'zbekiston Respublikasi 2022-2026-yillarga mo'ljallangan intellektual mulk strategiyasini 2027-2030-yillarda davom ettirish bo'yicha takliflarni birgalikda ishlab chiqish kabi qo'shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

❤5
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Tez kunda...
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Tez kunda...
❗️ “Adliya tv”da nimani ko‘rishni xohlaysiz?
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6
✅Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
🔹Tadbirda Adliya vazirligi mas’ul xodimlari, “Millat umidi maktabi” xususiy ta’lim muassasasi, 220-sonli umumtalim maktabi va 59-sonli xitoy va koreys tillarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi o‘quvchilari va ularning o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
✔️Ushbu tadbir orqali o‘quvchi yoshlarda intellektual mulkka bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularda yaratuvchanlik, innovatsion fikrlash va huquqiy savodxonlikka asos soluvchi amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida tashkil etildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔹Tadbirda Adliya vazirligi mas’ul xodimlari, “Millat umidi maktabi” xususiy ta’lim muassasasi, 220-sonli umumtalim maktabi va 59-sonli xitoy va koreys tillarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi o‘quvchilari va ularning o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
✔️Ushbu tadbir orqali o‘quvchi yoshlarda intellektual mulkka bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularda yaratuvchanlik, innovatsion fikrlash va huquqiy savodxonlikka asos soluvchi amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida tashkil etildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤2
Adliya vazirligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida “O‘zbekistonda maʼlumotlar boshqaruvini (data governance) tahlil qilish va rivojlantirish” mavzusida seminar tashkil etildi.
Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan hamda BMTTD tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishniyanada takomillashtirish” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Seminarda, adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi janob Toyvo Klaar,Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari janob Anas Fayyad Qarman hamda 20 dan ortiq vazirlik va idoralarning vakillari ishtirok etishdi.
Seminar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining Raqamli boshqaruv idorasi Maʼlumotlar amaliyoti rahbari Alena Klatte xonim tomonidan olib borildi.
Seminarda ma’lumotlar boshqaruvining tamoyillari, bu borada qonunchilik hujjatlaridagi, texnologiya va infratuzilmadagi muammolar va imkoniyatlar muhokama qilindi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan hamda BMTTD tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishniyanada takomillashtirish” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Seminarda, adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi janob Toyvo Klaar,Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari janob Anas Fayyad Qarman hamda 20 dan ortiq vazirlik va idoralarning vakillari ishtirok etishdi.
Seminar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining Raqamli boshqaruv idorasi Maʼlumotlar amaliyoti rahbari Alena Klatte xonim tomonidan olib borildi.
Seminarda ma’lumotlar boshqaruvining tamoyillari, bu borada qonunchilik hujjatlaridagi, texnologiya va infratuzilmadagi muammolar va imkoniyatlar muhokama qilindi.
Eslatib o’tamiz, Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMTTD tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tdi.