ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Yevroosiyo iqtisodiy forumi: mintaqaviy hamkorlikning yangi bosqichi

Joriy yilning 23-25 sentyabr kunlari Xitoyning Sian shahrida “Yevroosiyoda yangi harakatlantiruvchi kuchlarni birlashtirish, barqaror rivojlanishning yangi arxitektonikasini birgalikda barpo etish” mavzusida iqtisodiy forum boʻlib oʻtmoqda. Ushbu forumda ishtirok etish uchun Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi delegatsiyasi vakillari Sian shahriga boʻlib turishibdi.

Kuni kecha “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi vakillari mazkur yirik xalqaro forumning ochilish marosimida ishtirok etdi. Delegatsiya aʼzolari forum doirasida boʻlib oʻtayotgan turli tadbirlar orqali xalqaro tashkilotlar, davlat va hukumat vakillari, shuningdek, xorijiy ekspertlar bilan fikr va tajriba almashish imkoniyatiga ega boʻlmoqda.

Forumda 40 ga yaqin mamlakat va mintaqalardan 500 dan ortiq siyosat arboblari, ishbilarmonlar va ilmiy doiralar vakillari, jumladan, Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) va “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusiga aʼzo davlatlar vakillari ishtirok etmoqda.

Ushbu tadbir doirasida 13 ta yoʻnalish boʻyicha kichik forumlar, shuningdek, iqtisodiy, huquqiy, savdo va madaniy aloqalarga oid qator uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib, bu oʻzaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan amaliy qadamdir.

Jumladan,

Yevroosiyo iqtisodiy forumining eng muhim jihati shundaki, u nafaqat rasmiy uchrashuvlar maydoni, balki ishtirokchi mamlakatlar oʻrtasida amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi samarali mexanizmdir. Forum doirasida erishilgan kelishuvlar va oʻrnatilgan aloqalar esa kelgusida savdo, investitsiya va huquqiy sohalarda yangi, oʻzaro manfaatli loyihalarning amalga oshishiga zamin yaratadi.

Shuningdek, “Adolat” MHAM vakillari Xitoy va xorijiy korxonalar oʻrtasida transchegaraviy hamkorlik boʻyicha xizmat koʻrsatish va sheriklik uchrashuvi doirasida Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi (Lex.uz) imkoniyatlari, unga joriy etilgan yangiliklar yuzasidan taqdimot oʻtkazishdi.

Mazkur taqdimot davomida mamlakatimizda huquqiy axborot sohasini raqamlashtirish jarayonlari, jumladan, sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida yaratilgan Lex AI platformasi haqida atroflicha maʼlumot berildi. Taqdimot ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi va xorijiy hamkorlar bilan qator amaliy loyihalarni muhokama qilishga zamin yaratdi.

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi vakillarining Yevroosiyo iqtisodiy forumidagi ishtiroki huquqiy axborot va raqamlashtirish sohasidagi innovatsion tajribalarni keng targʻib qilish, xalqaro loyihalarni implementatsiya qilish va tajriba almashish uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#qonunchilikdagi_yangiliklar

🗓 2025-yil 1-dekabrdan boshlab fuqarolardan quyidagi hujjat va ma'lumotlarni talab qilish bekor qilinadi:

nikohni rasmiylashtirishda — tibbiy ko'rik natijalarini taqdim qilish;

FHDY organi tomonidan sud qarori bilan nikohdan ajratishni qayd etishda — sud qarorini taqdim qilish;

tegishli mudofaa organlariga — chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarning turar joyi, o‘qish joyi, ish joyi va lavozimida o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qilish;

avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasida — mulkdorning manzilini ko‘rsatish talabi bekor qilinadi.

Ushbu turdagi ma'lumot va hujjatlar "Raqamli hukumat" tizimi orqali mas'ul davlat organlari tomonidan taqdim etiladi.

Asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.09.2025-yildagi PF-157-son Farmoni.

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Intellektual mulk sohasida xalqaro hamkorlik yangi bosqichga ko’tarilmoqda

Bugun, Adliya vaziri o‘rinbosari M.Ikramov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Nyuport shahrida Buyuk Britaniya Intellektual mulk idorasi bosh direktori Adam Uillyams bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvda intellektual mulk obyektlariga oid talabnomalarni zamonaviy usullardan foydalangan holda ekspertizadan o‘tkazish, ushbu jarayonga sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, idoralarning ekspertiza qarorlarini o‘zaro tan olish orqali ixtiro va foydali modellarni ro'yxatdan o'tkazish muddatlarini qisqartirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish uchun Buyuk Britaniyada amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, intellektual mulkdan foydalanishni o'rgatishga, qo'shimcha daromad olishga, kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishga qaratilgan "IP partners", "IP Access", "IP healthcare" kabi loyihalarni O'zbekistonda amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, tadbir doirasida Buyuk Britaniya bozorida aniqlangan "Kontrafakt mahsulotlar ko'rgazmasi"da ishtirok etildi va kontrafakt mahsulotlar aylanmasiga qarshi kurashuvchi London politsiya bo'linmasi faoliyati bilan tanishildi.

Uchrashuv yakunida London politsiya bo'linmasi bilan hamkorlikda huquq egasiga yetkazilgan zararni aniqlash bo'yicha seminar tashkil etish, O'zbekiston Respublikasi 2022-2026-yillarga mo'ljallangan intellektual mulk strategiyasini 2027-2030-yillarda davom ettirish bo'yicha takliflarni birgalikda ishlab chiqish kabi qo'shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
5
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Tez kunda...

❗️ “Adliya tv”da nimani ko‘rishni xohlaysiz?


Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

🔹Tadbirda Adliya vazirligi mas’ul xodimlari, “Millat umidi maktabi” xususiy ta’lim muassasasi, 220-sonli umumtalim maktabi va 59-sonli xitoy va koreys tillarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi o‘quvchilari va ularning o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

✔️Ushbu tadbir orqali o‘quvchi yoshlarda intellektual mulkka bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularda yaratuvchanlik, innovatsion fikrlash va huquqiy savodxonlikka asos soluvchi amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2