ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish holati o‘rganildi.

🗓 2025-yil 17-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari qo‘mitasi tomonidan Toshkent viloyatida davlat xizmatlarini raqamlashtirish va inklyuziv muhit yaratish holati o‘rganildi.

📍 Ushbu tadbir Nurafshon shahar Davlat xizmatlari markazi misolida o‘tkazildi.

🔹O'rganish davomida deputatlarga 450 dan ortiq xizmatlar davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatilayotganligi;
🔹Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 50% chegirma, surdotarjimon xizmati va infratuzilmalarda qulayliklar yaratilganligi;
🔹Olis hududlarda sayyor xizmatlar va bepul huquqiy yordam tizimi yo‘lga qo‘yilganligi amaliy misollar bilan ko'rsatib berildi.

Qo‘mita a’zolari tomonidan xizmatlar samaradorligini oshirish, inklyuziv muhitni rivojlantirish va fuqarolarga qulayliklar yaratish bo‘yicha qo'shimcha taklif va tavsiyalar berib o'tildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

Adliya aralashuvi bilan fuqaro 18 milliondan ortiq mablag'ni to'lamaydigan bo'ldi

Yangiqoʻrgʻon tumani adliya boʻlimi arizachi M.Rahmonova manfaatida sudga ariza bilan murojaat qilib, javobgar Budjetdan tashqari pensiya jamg'armasi tuman boʻlimining fuqaroga to'lab berilgan pensiyani qaytarish yuzasidan xabarnomasini g'ayriqonuniy deb topib, xabarnoma yuborishda ifodalangan xatti-harakatlarini qonunga zid deb topishni so'ragan.

Namangan tumanlararo ma'muriy sudining hal qiluv qarori bilan Budjetdan tashqari pensiya jamg'armasi tuman bo'limi pensiya tayinlash komissiyasining qarori haqiqiy emas deb topilib, 18 milliondan ziyod ortiqcha mablag' undirilmaydigan bo'ldi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

❗️Quvasoyda "Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga huquqiy ko'mak" aksiyasi o'tkazildi

Adliya vazirining 2025-yil 8-sentyabrda “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga huquqiy ko'mak” aksiyasini oʻtkazish to'g'risidagi 313-um-sonli buyrug'i ijrosi yuzasidan Quvasoy shahrida o'nlab hamkor tashkilotlar ishtirokida huquqiy aksiya o'tkazildi.

Tadbirda 150 dan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish maqsadida qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquqlar, kafolatlar va imtiyozlar yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi. Ularning huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan 120 dan ortiq huquqiy targ'ibot materiallari tarqatildi.

O'tkazilgan sayyor qabulda 40 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Mazkur murojaatlarning 13 tasi joyida hal etildi, 11 tasiga huquqiy tushuntirish berildi. O'rganish talab qilingan 19 ta murojaatlar belgilangan tartibda ish yurituvga olindi.

132 nafar fuqarolar bepul tibbiy ko'rikdan oʻtkazildi. 68 nafar fuqarolarga bepul dori-darmonlar tarqatildi. 25 nafar fuqarolar ultratovush diagnostikasi (UTT)dan, 18 nafar fuqarolar elektrokardiogramma (EKG) apparati ko'rigidan hamda 41 nafar fuqarolar laboratoriya tekshiruvidan oʻtkazilib, 10 nafariga shifoxonalarga yo'llanmalar berildi.

Mehnat yarmarkasi davomida shahardagi davlat tashkilotlari va zavodlarga ishga joylashish bo'yicha 6 nafar fuqarolarga yo'llanmalar berildi. Tadbir davomida aholiga 32 ta sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi hamda 49 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari ishtirokida soʻrovnomalar tashkil etilib, ularning mavjud muammolarini aniqlash choralari ko'rildi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari o'rtasida sovrinli viktorina o'tkazilib ularning kayfiyatini ko'tarish maqsadida koʻngilochar dasturlar tashkil etildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan "Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga huquqiy yordam" aksiyasi va yoshlar uchun "Ochiq eshiklar kuni" tadbirlari o‘tkazildi.

🔹Tadbirda nogironligi bo‘lgan bolalar o‘rtasida "Inson qadri davlat himoyasida" nomli ranglar jilosi tanlovi, nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi, bundan tashqari otaliqqa biriktirilgan va boshqa yoshlar uchun "Ochiq eshiklar kuni" tadbirlari tashkillashtirildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❗️Xalqaro hamkorlik kengaymoqda.

⚡️Avval xabar berganimizdek, ayni damda Janubiy Koreyaning Inchon shahrida Osiyo sud ekspertiza tarmog'ining (AFSN) Yalpi yig'ilishi va Osiyo Tinch okeani tibbiy-huquqiy agentliklari Assotsiatsiyasining (APMLA) uchrashuvi bo’lib o’tmoqda. Unda Adliya vazirligi va X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

✔️Tadbirning navbatdagi kunida Markaz delegatsiyasi tomonidan AFSN boshqaruv kengashi vitse prezidenti Lee Bong Woo, AFSN boshqaruv kengashi a'zosi - Danilo Alamban Bacas, Sud ekspertiza xalqaro assotsiatsiyasi (IAFS) prezidenti Yanko Kolev, Sidney Texnologiya Universiteti Sud ekspertiza markazi direktori Claude Roux va Coimbra universiteti professori Duarte Vieiralar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

✔️Uchrashuvlarda yurtimizda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilgan natijalar haqida ma'lumotlar berilib, sud ekspertiza sohasida keng qamrovli hamkorlik masalalari muhokama etildi.

✔️Xususan, AFSN boshqaruv kengashi vitse prezidenti - Janubiy Koreya Milliy sud ekspertiza xizmati (National Forensic Service - NFS) rahbari Lee Bong Woo bilan uchrashuv davomida Markaz va NFS o’rtasida hamkorlik aloqalarini o’rnatish imkoniyatlari muhokama etildi va hamkorlik memorandumi imzolashga kelishib olindi.

✔️ Bundan tashqari, Sud ekspertiza xalqaro assotsiatsiyasi (IAFS) prezidenti Yanko Kolev bilan uchrashuv davomida amaldagi hamkorlikni yanada kengaytirish hamda Sud ekspertiza xalqaro assotsiatsiyasining (IAFS) navbatdagi Yalpi yig’ilishida O‘zbekiston Sud ekspertiza muassasalari delegatsiyasining ishtirok etish masalasi muhokama etildi.

✔️AFSNning yalpi yig‘ilishi davom etmoqda.

Batafsil ma'lumot⬇️
💬71-209-11-55
✉️ info@sudex.uz

Telegram |Facebook |sudex.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM