ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Xizmat ko‘rsatiluvchi tashkilotlarda namunaviy huquqni qo'llash amaliyotini joriy etish choralari ko'rilmoqda.

🔸Adliya vazirligi tomonidan Buxoro viloyatida xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarda huquqiy ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha yangi tizim – namunaviy huquqni qo‘llash amaliyotini joriy etish choralari ko'rilmoqda.

🔹Xususan, Buxoro shahridagi 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyatini har tomonlama huquqiy ta'minlash, ish yuritish tizimini qonunchilik talablari asosida tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.

🔸Namunaviy huquqni qo'llash amaliyoti joriy etilishi natijasida xizmat ko'rsatiluvchi tashkilotlari faoliyatida qonun ustuvorligi ta’minlanadi, xodimlarning huquq va qonuniy manfaatlari to'liq ro'yobga chiqadi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Adliya xodimalari milliy liboslarda – qadriyat va go‘zallik uyg‘unligi

🔸“Xon atlas” festivali doirasida adliya tizimi xodimalari ish joyiga rasmiy kostyumlarda emas, balki atlas va adras matolaridan tikilgan betakror milliy liboslarda tashrif buyurishdi. Bu tashabbus orqali xalqimizning boy urf-odatlari, nozik didi va estetik qarashlari namoyon etildi.

🔹Festival maydonida rang-barang atlas va adraslar jilosi bilan uyg‘unlashган tabassumlar, nafis liboslar va milliy qadriyatlar birlashdi.

🔸“Xon atlas” nafaqat milliy libos bayrami, balki milliy o‘zlik, go‘zallik va qadriyatlarni asrash ramziga aylandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar

❗️Farg'onada otaliqqa olingan yoshlar va maktab bitiruvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi

Yoshlar dastlab boshqarma va bo'limlarda adliya organlari faoliyati haqida batafsil tushunchaga ega boʻldilar.

Shundan so‘ng yoshlar bilan "Men korrupsiyaga qarshiman" mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda yoshlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning boshqa turlari yuzasidan ma'lumotlar berildi.

Tadbir davomida yoshlar boshqarma hamda adliya bo'limlarining tarkibiy bo'linmalari - YXKM, DXM, FHDYO faoliyati bilan yaqindan tanishdilar hamda o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.

Shuningdek, otaliqqa olingan yoshlar uchun tibbiy ko‘rik ham tashkillandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Intellektual mulk huquqlarini buzgan shaxsdan tovon puli undirilishi belgilandi!

Hozirgi kunda ko‘plab tadbirkorlar o‘z brendini ro‘yxatdan o‘tkazib, uni rivojlantirish maqsadida moddiy resurslarini sarflayotgan bir vaqtda tayyor mahsulotdan ruxsatsiz foydalanishga urinayotgan ayrim “uddaburon” shaxslar afsuski yo‘q emas.

Xususan, adliya organlari tomonidan “Duck Global Licensing AG” kompaniyasining (Shveysariya) “Утёнок” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari “O‘rikzor” savdo majmuasi hududida joylashgan “S.D.” YTT tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaati ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “S.D.” YTT tomonidan “Утёнок” tovar belgisiga o‘xshash bo‘lgan belgilardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan kontrafakt mahsulotlar sotuvga taklif etilganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan “S.D.” YTTga nisbatan tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi hamda tovar belgisiga bo‘lgan huquqlarni buzuvchi barcha harakatlarni to‘xtatish va kelgusida bu kabi qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik majburiyati yuklandi.

Shuningdek, holat yuzasidan “Duck Global Licensing AG” kompaniyasining vakili sudga murojaat qildi va adliya organlari tomonidan berilgan fikrlarni inobatga olgan holda sudning 05.09.2025-yildagi qarori bilan “S.D.” YTTga o‘zida mavjud bo‘lgan kontrafakt mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida import va eksport qilish, sotish, savdoga taklif etish, har qanday fuqarolik muomalasiga kiritish hamda shu maqsadda saqlash taqiqlandi va huquqbuzardan 2 ming AQSh dollari miqdorida tovon puli va 11 mln. so‘m sud xarajatlari undirilishi belgilandi.

⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

🔹
Joriy yilning 16-sentyabr kuni “Navoiy erkin iqtisodiy zonasi” direksiyasida Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan tadbirkorlar bilan intellektual mulk sohasida qonunchilikdagi yangilik va o'zgarishlar yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.

🔹Mazkur uchrashuvda intellektual mulk obyektlarini muhofaza hamda himoya qilish bo'yicha ma'muriy va jinoiy javobgarlik masalalari kuchaytirilayotganligi xususida ham so'z bordi.

🔹
Uchrashuvda tadbirkorlarning tovar va xizmat ko'rsatish belgilarini muhofaza va himoya qilish yuzasidan 2 ta murojaat ish yurituvga olindi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1