🔸Joriy yilning 16-sentyabr kuni “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasida Adliya vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash sohasidagi yutuqlar va istiqbollar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Ishtirokchilar:
Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova;
BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Mahl;
BMT TD O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii;
Finlyandiyaning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus elchisi Ilkka Raisanen;
Adliya vazirligi va boshqa davlat organlari vakillari;
aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatish faoliyatida faol ishtirok etayotgan nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari;
xalqaro ekspertlar ishtirok etdilar.
🔹Davra suhbatining birinchi qismida davomida “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasining orqali natijalari taqdimoti, BMT TDning kichik grantlar dasturi doirasida amalga oshirilgan loyihalar natijalari, gender asosida zo‘ravonlikdan jabrlanganlar uchun yordam uylari qurilishi masalalari taqdimot qilindi.
🔸Respublikadagi faol nodavlat notijorat tashkilotlari qimmatbaho axbort-kommunikatsiya texnologiyalari jihozlari bilan taqdirlandi.
Davra suhbatining ikkinchi qismi normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash, yuridik ta’lim bo‘yicha loyihalar, Ombudsman instituti bilan hamkorlik natijalari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlik natijalari taqdimotlari bilan davom etdi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌍 Adliya vaziri A.Tashkulovning nutqi Global Innovatsiya Indeksi 2025 taqdimotida eshittirildi
ℹ️ Global Innovatiya Indeksi — yillik xalqaro reyting bo'lib, unda mamlakatlarning innovatsion rivojlanish darajasi va raqobatbardoshligi baholanadi.
🔹 Vazir ochilish marosimidagi chiqishida davlat tomonidan innovatsion rivojlanish masalasiga oliy darajada e'tibor qaratilayotganiga urg'u berib, natija sifatida O‘zbekiston so‘nggi to‘qqiz yil (2015-2024-yillar oralig'i) ichida ushbu reytingda 40 pog‘ona yuqorilaganini ta'kidladi.
🔹 Intellektual mulk sohasidagi loyihalar va doimiy islohotlar, startaplarni qo‘llab-quvvatlash va raqamli xizmatlarni joriy etishni mamlakat innovatsion rivojlanishining asosiy omillari sifatida qayd etdi.
📌 Shuningdek, O‘zbekistonning kelgusida bilim va innovatsiyaga asoslangan iqtisodiyot barpo etishga, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga intilishi alohida ta’kidlandi.
✅ Global Innovatsiya Indeksi 2025 natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024-yilga nisbatan 4 pog'ona yuqorilab, 79-o‘ringa ko'tarildi hamda Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi o‘rinni egalladi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
____________________________________
#GII2025 #Uzbekistan #Innovation #GlobalIndex #Jeneva

🔸Adliya vazirligi tomonidan Buxoro viloyatida xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarda huquqiy ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha yangi tizim – namunaviy huquqni qo‘llash amaliyotini joriy etish choralari ko'rilmoqda.
🔹Xususan, Buxoro shahridagi 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyatini har tomonlama huquqiy ta'minlash, ish yuritish tizimini qonunchilik talablari asosida tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.
🔸Namunaviy huquqni qo'llash amaliyoti joriy etilishi natijasida xizmat ko'rsatiluvchi tashkilotlari faoliyatida qonun ustuvorligi ta’minlanadi, xodimlarning huquq va qonuniy manfaatlari to'liq ro'yobga chiqadi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔸“Xon atlas” festivali doirasida adliya tizimi xodimalari ish joyiga rasmiy kostyumlarda emas, balki atlas va adras matolaridan tikilgan betakror milliy liboslarda tashrif buyurishdi. Bu tashabbus orqali xalqimizning boy urf-odatlari, nozik didi va estetik qarashlari namoyon etildi.
🔹Festival maydonida rang-barang atlas va adraslar jilosi bilan uyg‘unlashган tabassumlar, nafis liboslar va milliy qadriyatlar birlashdi.
🔸“Xon atlas” nafaqat milliy libos bayrami, balki milliy o‘zlik, go‘zallik va qadriyatlarni asrash ramziga aylandi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar
❗️ Farg'onada otaliqqa olingan yoshlar va maktab bitiruvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi
✅ Yoshlar dastlab boshqarma va bo'limlarda adliya organlari faoliyati haqida batafsil tushunchaga ega boʻldilar.
✅ Shundan so‘ng yoshlar bilan "Men korrupsiyaga qarshiman" mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda yoshlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning boshqa turlari yuzasidan ma'lumotlar berildi.
✅ Tadbir davomida yoshlar boshqarma hamda adliya bo'limlarining tarkibiy bo'linmalari - YXKM, DXM, FHDYO faoliyati bilan yaqindan tanishdilar hamda o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.
✅ Shuningdek, otaliqqa olingan yoshlar uchun tibbiy ko‘rik ham tashkillandi.