ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Huquqiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosi yuzasidan o‘quv seminari

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Sud-ekspertlik faoliyati yanada takomillashtirilmoqda


Adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ–270-sonSud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori mazmun-mohiyati yuzasidan seminar o‘tkazdi.

Seminarda viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar - sud, prokuratura, Ichki ishlar organlari, tergov va surishtiruv organi xodimlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida E-ekspertiza” axborot tizimi orqali elektron hujjat almashinuvini joriy etish tartibi, sud-ekspertiza jarayonlarini texnik va huquqiy jihatdan yangilash, ekspertizalarda raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektdan foydalanishning afzalliklariga urg‘u berilib, ushbu qarorni to‘g‘ri va to‘liq tatbiq etishga doir vazifalar belgilab olindi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Surxondaryoda 765 nafar shaxsning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e'tirof etildi.


Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining joriy yil 15-sentabr kungi navbatdagi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko'rib chiqildi.

Mazkur sessiyada jami 765 nafar fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo'yicha kengash qarori qabul qilindi.

Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarning mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ma’lumot uchun, qonun ijrosi bo‘yicha shu kunga qadar viloyatimizda 1 417 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi. Qonun ijrosi bo'yicha ishlar tizimli davom etmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Huquqiy axborotni tarqatishda yangi yondashuvlar joriy
qilinmoqda

Adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov Surxondaryoda xizmat safari davomida davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat hamda huquqiy axborotni tarqatish bo'yicha mas'ul bo‘lgan xodimlari bilan uchrashdi.

Tadbirda Davlatimiz rahbarining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-160-son “Huquqiy axborotni proaktiv shaklda yetkazish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Farmonga asosan endilikda huquqiy axborotni tarqatishda innovatsion yondashuvlar joriy etiladi.

Ta’kidlanganidek, yangi tizimda “proaktiv qonunchilik” va “aqlli targ‘ibot” kabi zamonaviy tamoyillar asosida fuqarolarga huquqiy axborot yetkaziladi.

Tadbirda yuridik xizmat va huquqiy targ‘ibot faoliyati bo‘yicha mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar, fikr-mulohazalar tinglandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot