ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | Prezident farmoni: endilikda huquqiy axborotni aholiga yetkazishda innovatsion usullardan foydalaniladi

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Egalik huquqi e’tirof etilishi davom etmoqda

Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashining navbatdagi o'n to’rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.


Sessiyada fuqarolarning uy-joylariga bo'lgan huquqlari xalq deputatlari viloyat Kengashida ko‘rib chiqilib, ularning yer maydoni uchun ijara huquqi va unda qurilgan binolar va inshootlar uchun mulk huquqi e'tirof etilib, fuqarolarning o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer-uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshoatlariga bo'lgan mulk huquqlarini e'tirof etish bo‘yicha xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashining qarori qabul qilindi.

Bugungi kengash muhokamasi natijasida tegishli qaror qabul qilinib, 370 nafar fuqaroning uy-joylariga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi.

Mazkur sessiyada jami 370 nafar, jumladan, Chortoq tumani 27 nafar, Chust tumani 50 nafar, Mingbuloq tumani 3 nafar, Namangan shahar 8 nafar, Namangan tumani 26 nafar, Norin tumani 63 nafar, Pop tumani 71 nafar, To‘raqo‘rg‘on tumani 73 nafar, Uchqo‘rg‘on tumani 35 nafar, Uychi tumani 14 nafar fuqaroning yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan mulk huquqlari e'tirof etildi.

Endilikda mazkur hujjat egalik huquqi uchun asos bo‘lib, kelgusida yashash joyiga doimiy ro‘yxatga qo‘yish, meros va boshqa notarial xatti-harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❗️Xalqaro hamkorlik kengaymoqda.

⚡️Ayni damda Janubiy Koreyaning Inchon shahrida Osiyo sud ekspertiza tarmog'ining (AFSN) Yalpi yig'ilishi va Osiyo Tinch okeani tibbiy-huquqiy agentliklari Assotsiatsiyasining (APMLA) uchrashuvida Adliya vazirligi va X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

✔️Tadbirlarda Markaz direktori A.Xalilov va Adliya vazirligi boshqarma boshlig'i J.Nuritdinovlar tomonidan AFSN boshqaruv kengashi prezidenti Nor Aidora Saedon va AFSN kotibi Farax Din Nordin bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

✔️Unda O‘zbekistonda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma'lumotlar berilib, tarmoqqa a'zo davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, malaka oshirish hamda qo‘shma seminarlar o‘tkazish masalalari kelishib olindi.

✔️ Shuningdek, uchrashuvlar davomida 2028-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan AFSN Yalpi majlisini O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazish imkoniyati muhokama etildi.

✔️AFSNning yalpi yig‘ilishi davom etmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Huquqiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosi yuzasidan o‘quv seminari

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Sud-ekspertlik faoliyati yanada takomillashtirilmoqda


Adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ–270-sonSud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori mazmun-mohiyati yuzasidan seminar o‘tkazdi.

Seminarda viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar - sud, prokuratura, Ichki ishlar organlari, tergov va surishtiruv organi xodimlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida E-ekspertiza” axborot tizimi orqali elektron hujjat almashinuvini joriy etish tartibi, sud-ekspertiza jarayonlarini texnik va huquqiy jihatdan yangilash, ekspertizalarda raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektdan foydalanishning afzalliklariga urg‘u berilib, ushbu qarorni to‘g‘ri va to‘liq tatbiq etishga doir vazifalar belgilab olindi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot