ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining 2-toifali ish yurituvchi kotibi Ahrorova Nasiba Shohnazar qizi joriy yilning avgust oyi uchun “Oyning eng yaxshi texnik xodimi” deb topildi.

Ahrorova Nasiba o‘z mehnat faoliyatini Adliya vazirligida 2024-yilda boshlab, bugungi kunga qadar FHDY tizimini rivojlantirish, ma’lumotlarni tahlil qilish va hujjatlarni sifatli yuritish bo‘yicha samarali ish olib bormoqda.

Shuningdek, FHDY binolarida zamonaviy va qulay xizmatlarni, jumladan “catering” xizmatlarini joriy etish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganmoqda hamda “FHDYni qayd etish qoidalari”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan xorijiy tajribani chuqur tahlil qilib kelmoqda.

Faoliyati davomida hujjatlarning sifati va o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlashda yuqori mas’uliyat va fidoyilik namunalarini ko‘rsatmoqda.

Vazirlik jamoasi Ahrorova Nasibani ushbu yuksak e’tirof bilan tabriklab, kelgusi ishlarida yanada yutuqlar, sog‘lik, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#oyning_eng_yaxshi_xodimi

Adliya vazirligida oyning eng yaxshi xodimi aniqlandi

🔶Adliya vazirligi Qonunchilikni tizimlashtirish va tartibga solish ta’sirini baholash boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Najmiddinov Murodjon Mirolim o‘g‘li 2025-yilning avgust oyi uchun vazirlik tomonidan oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi deb topildi.

🔷Murodjon Najmiddinov 2021-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavrini , 2022-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasini tamomlagan, hozirda Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi (PhD).

🔶Adliya vazirligi tizimida mehnat faoliyatini 2021-yilda Adliya vazirligi Tartibga solish ta’sirini baholash boshqarmasi 2-toifali ish yurituvchi kotibi lavozimidan boshlagan.

🔹2022-2025-yillarda ushbu boshqarmada katta, yetakchi va bosh maslahatchi lavozimlarida ishlagan.

🔹2025-yildan buyon Adliya vazirligi Qonunchilikni tizimlashtirish va tartibga solish ta’sirini baholash boshqarmasi Qonunchilikni tartibga solish ta’sirini baholash bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

Murodjon Najmiddinov normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, qonunchilikni tizimlashtirish va tartibga solish taʼsirini baholash, vazirlik va idoralarning tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni shakllantirish hamda axborot-tahliliy materiallar tayyorlash kabi yoʻnalishlarda samarali faoliyat yuritmoqda.

🔷Vazirlik jamoasi Murodjon Najmiddinovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

🔹Andijonda tadbirkorlarga O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 9-avgustdagi O‘RQ–1080-son Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

"Adliya vazirligi Ishchi guruhi tomonidan Xo'jaobod va Qo'rg'ontepa tumanlarida joylashgan korxonalarda tadbirkorlar bilan intellektual mulk masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida:

🔢Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, o‘zganing tovar (xizmat ko‘rsatish) belgilari, mualliflik, ixtiro va boshqa intellektual mulk obyektlariga nisbatan qonun buzilishlari jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilanganligi haqida ma'lumot berildi.

🔢 Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 290-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan adliya organlari tomonidan huquqbuzarlikni sodir etish quroli yoki bevosita huquqbuzarlik ashyosi bo‘lgan ashyo va hujjatlar xatlanishi tushuntirildi.

Tadbirkorlik subyektlariga yangi tahrirda nashr etilgan "Kontrafakt mahsulotlar katalogi" va qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar yuzasidan targ‘ibot materiallari tarqatildi.

Shuningdek, Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti boshlig‘i B.Xasanov tomonidan tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari direktorlari va yuridik shaxslarni ro'yxatga olish bo'yicha mutaxassislar ishtirokida o'quv-seminar tashkil etildi.

Davlat xizmatlari markazlarining tadbirkorlik subyektlarini ro'yxatdan o'tkazish va qayta ro'yxatdan o'tkazish uchun mas'ul xodimlariga tovar belgilarini ro'yxatdan o'tkazish, im.adliya.uz saytidan foydalanish tartibi tushuntirildi va Davlat xizmatlari markazida tovar belgilarini ro’yxatdan o’tkazishda  “Turn-key” tamoyili mexanizmini joriy etish holati oʻrganildi.

Shuningdek, kontrafakt mahsulotlar, ularni asl mahsulotlardan farqlash, bunday mahsulotlarning iqtisodiyotga zararlari to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📣 Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev Xorazm viloyati Urganch tumanida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashdi.

🔰 Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev tomonidan Urganch tumanidagi tadbirkorlar bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq amaliyotda mavjud muammolar muhokama qilindi.

Muloqot davomida bildirilgan qonunchilikka takliflar kelgusida batafsil oʻrganilib, tadbirkorlik faoliyatida vujudga kelayotgan tizimli muammolarni hal etish boʻyicha zaruriy chora-tadbirlar koʻrilishi bildirib oʻtildi.

Shuningdek, Xorazm viloyatida o'tkazilgan “Hududdagi eng mashhur brend” tanlovida 1,2,3-o'rinni egallagan tadbirkorlik subyektlariga sertifikat va esdalik sovg'alari topshirildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

📣 Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Xorazm viloyat hududiy bo'limi faoliyati bilan tanishdi.

Vazir o'rinbosari viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar — sud, prokuratura, ichki ishlar organlari, tergov va surishtiruv organlari xodimlari bilan amaliy uchrashuv o‘tkazdi.

🔰 Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-270-son qarorining mazmun-mohiyati hamda “E–Ekspertiza” axborot tizimi orqali ekspertiza tayinlashga oid hujjatlarni yuborish bo'yicha tushuntirish berildi.

📌 Uchrashuv davomida “E-ekspertiza” axborot tizimi orqali elektron hujjat almashinuvini joriy etish tartibi, sud-ekspertiza jarayonlarini texnik va huquqiy jihatdan yangilash, ekspertizalarda raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektdan foydalanishning afzalliklariga urg‘u berilib, hududiy organlarda ushbu qarorni to‘g‘ri va to‘liq tatbiq etishga doir vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, Markazning Xorazm viloyati bo'limining ekspertlik yo’nalishlarini tegishli minimal talablarga mos ravishda zarur asbob-uskuna va boshqa jihozlar bilan ta’minlanganlik holati o'rganildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_aralashgach

ADLIYA ARALASHGACH O'QITUVCHILARNING PULLARI UNDIRIB BERILDI.

Nishon tuman adliya bo’limi tomonidan Nishon tumani 26-maktab o'qituvchilari Y.A va D.Xlarning bir martalik boshlang‘ich yordam pullari va ijarada turganlik uchun har oylik kompensatsiya pullari to‘lab berilmayotganligidan norozi bo'lib qilgan murojaati o‘rganildi.

Murojaatni o‘rganish jarayonida haqiqatda xodimlarning 37 500 000 so‘m bir martalik boshlang‘ich yordam va 7 500 000 so‘m miqdordagi uy-joylarni ijaraga olganlik uchun har oylik kompensatsiya pullari tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tomonidan to‘lanmasdan kelinayotganligi ma’lum bo‘ldi.


Holat yuzasidan adliya bo'limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudiga kiritilgan da’vo arizasi qanoatlantirilib, fuqaro Y.A va D.Xlarning foydasiga jami 57 500 000 so‘m boshlang‘ich yordam va ijarada turganlik uchun har oylik kompensatsiya pullari undirilishi ta’minlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Yangiqoʻrgʻon tumanida boʻldi.

🔸Adliya vaziri oʻrinbosari N.Muxammadiyev dastlab, Yangiqoʻrgʻon tumani adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi, FHDY organi hamda yuridik xizmat koʻrsatish markazida boʻlib, bu yerda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlaridan tez, oson va qulay foydalanishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

🔹Xodimlar bilan olib borilgan muloqotda koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bilan bir qatorda, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish koʻnikmalarni oshirish kerakligi taʼkidlandi.

🔸Shundan soʻng, adliya vaziri oʻrinbosari tuman hokimi bilan birgalikda yangiqoʻrgʻonlik tadbirkorlarning murojaatlarini tingladi.

🔹Sayyor qabul davomida 50 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari ishtirok etib, masʼullar tomonidan 23 nafar tadbirkor murojaati qabul qilindi, shundan 9 nafar murojaatchining muammolari joyida hal etildi, 9 nafariga huquqiy tushuntirish berildi, oʻrganish talab etilgan 5 ta murojaat koʻrib chiqish uchun ish yurituviga qabul qilindi.

Jumladan, Yangiqoʻrgʻon tumani, “Yangibogʻiston” mahallasida yashovchi tadbirkor X. Rahimovning Soliq masalasidagi murojaati ijobiy hal qilindi.

Shuningdek, “Golden Sunshine AAA” QK "Eldorbek Frutis" masʻuliyati cheklangan jamiyatini karantin xizmatidan ruxsatnoma olish masalasi qoʻshimcha oʻrganish talab qilganligi bois, ish yurituvga olindi


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM