ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Namangan viloyatida advokatlar va notariuslar bilan ochiq muloqot o'tkazildi.

🔹Adliya vazirligi mas'ullari tomonidan Namangan viloyatida faoliyat yurituvchi advokatlar va notariuslar bilan uchrashuvlar o'tkazib, sohadagi muammoli holatlar boʻyicha fikr almashildi.

🔸Xususan, advokatura sohasidagi yangiliklar, sohadagi muammoli holatlar hamda davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish masalalari hamda notariat sohasidagi yangiliklar, muammoli holatlar va ularning yechimlari, sohani takomillashtirishga oid takliflar hamda onlayn notarial harakatlar sonini oshirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov Sirdaryo viloyatiga xizmat safarida bo'ldi

🔹Vazir o'rinbosari viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar — sud, prokuratura, ichki ishlar organlari, tergov va surishtiruv organlari xodimlari bilan amaliy uchrashuv o‘tkazdi.

🔸Muloqotda sud-ekspertiza sohasidagi islohotlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 8-sentyabrdagi PQ–270-son qarori mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

🔹Uchrashuv davomida “E-ekspertiza” axborot tizimi orqali elektron hujjat almashinuvini joriy etish tartibi, sud-ekspertiza jarayonlarini texnik va huquqiy jihatdan yangilash, ekspertizalarda raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektdan foydalanishning afzalliklariga urg‘u berilib, hududiy organlarda ushbu qarorni to‘g‘ri va to‘liq tatbiq etishga doir vazifalar belgilab olindi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"BOLALARNING SON SUYAGI PROKSIMAL QISMI DISPLASTIK DEFORMATSIYASINI JARROHLIK YOʻLI BILAN DAVOLASH USULI” nomli foydali model FAP 2753-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi va huquqiy muhofazaga olindi.

🔹Yaratilgan foydali model tibbiyotda yaʼni, travmatologiya va ortopediyada ishlatiladi. Usul texnik jihatdan sodda hamda nisbatan kamroq shikastlanishi bilan ajralib turadi. U pastki oyoq-qoʻllarni gips bilan immobilizatsiya qilish vaqtini qisqartirishga imkon beradi hamda suyaklarning birlashishi uchun qulay sharoit yarata olishi sababli amaliy tibbiyotda keng qoʻllanilishi mumkin.

🔸Foydali modelni roʻyxatdan oʻtkazish, yaʼni patent olish sizning rivojlanishingiz uchun mutlaq huquqlarni himoya qilish uchun zarurdir. U foydali modelni sizning ruxsatingizsiz boshqalar foydalanishiga yoʻl qoʻymaslik huquqini beradi, bu esa uni insofsiz raqobatdan himoya qilish va foydalanishdan potensial foyda olish imkonini beradi.

🔹Foydali modelni roʻyxatdan oʻtkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryoda huquqiy axborotni tarqatishda yangi yondashuvlar muhokama qilindi

🔹Adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov Sirdaryoda xizmat safari davomida davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat hamda huquqiy targ‘ibot yo'nalishi bo'yicha mas'ul bo‘lgan xodimlari bilan uchrashdi.

🔸Tadbirda Prezidentning 2025-yil 8-sentyabrdagi PF-160-son “Huquqiy axborotni proaktiv shaklda yetkazish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi.

🔹Farmonga asosan endilikda huquqiy axborotni tarqatishda innovatsion yondashuvlar joriy etiladi.

🔸Ta’kidlanganidek, yangi tizimda “proaktiv qonunchilik” va “aqlli targ‘ibot” kabi zamonaviy tamoyillar asosida fuqarolarga huquqiy axborot yetkaziladi.

🔹Tadbirda huquqiy targ‘ibot faoliyati bo‘yicha mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar, fikr-mulohazalar bilan o‘rtoqlashildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM