ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.42K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Andijon viloyatida huquqiy targ‘ibot tadbirlari ko‘lamiga oid taqdimot bilan tanishdi.


Adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov tomonidan Asaka tumani "Fayziobod" mahallasida "Huquqiy targ‘ibot kuni" doirasida olib borilayotgan huquqiy targ‘ibot ishlari, aholining huquqiy muammolarini o‘rganish jarayoni hamda adliya boshqarmasining Huquqiy targ'ibot sohasida 2025-yilning o'tgan 8 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan taqdimot tayyorlanib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil maʼlumotlar berildi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan tadbirda, aholining huquqiy savodxonligini yanada yuksaltirish, huquqiy axborotni sodda va xalqchil uslubda yetkazish, turli ijtimoiy qatlam vakillariga mos yo‘nalishda targ‘ibot ishlarini olib borish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, Andijon viloyat adliya boshqarmasi va "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasining koʻmagi bilan geografik koʻrsatkich sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan "Asaka bo'yin go'shti” va "Andijon do'ppisi" guvohnomalari Adliya vaziri o‘rinbosari tomonidan Asaka tuman hokimligi, Hunarmand” uyushmasining Andijon viloyat boshqarmasi va tadbirkorlik subyektlariga tantanali topshirildi.

Uchrashuv yakunida, O‘zbekiston Respublikasining "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularga qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi qonuni ijrosi yuzasidan Asaka tuman "Fayziobod" mahallasida mulk huquqi e’tirof etilgan shaxslarga egalik huquqni tasdiqlovchi hujjatlar tantanali ravishda topshirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Adliyada Mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan fuqarolar bayramona kayfiyatda qarshi olinmoqda


Surxondaryo viloyatidagi barcha Davlat xizmatlari markazlarida aziz Vatanimizning mustaqillik bayrami — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan fuqarolarni bayramona kayfiyatda qarshi olmoqda.


🔸Markazga tashrif buyurayotgan har bir fuqaroga yurtimiz iftixori Davlat bayrog‘imiz ramzi tushirilgan lentalar taqilmoqda. Bu o‘z navbatida bayram shukuhini, fuqarolarda vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

🔹Davlat xizmatlari markazi binosi davlat ramzlarimiz, ayniqsa bayrog‘imiz timsolidagi rang-barang sharlar bilan bezatildi.

Shuningdek, markazda mehmonlar uchun milliy kuy-qo‘shiqlar yangrayotgani xizmatlardan foydalanish uchun kelayotgan aholiga o‘ziga xos kayfiyat ulashmoqda.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/surxondaryoadliya
Toshkent shahrida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

🔹Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev rahbarligidagi Ishchi guruhi tomonidan tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish, hal qilish va tizimli muammolarning yechimi bo‘yicha taklif ishlab chiqish maqsadida “Yangi Avlod” kichik sanoat zonasida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🔸Uchrashuvda 61 nafar tadbirkor ishtirok etib, ular o‘zlari duch kelayotgan muammo va takliflarni o‘rtaga tashlashdi. Toshkent shahar hokimligi, Savdo-sanoat palatasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Toshkent shahar boshqarmasi, Soliq boshqarmasi hamda Biznes ombudsman vakillari tadbirkorlarning yer masalasi, infratuzilma, shartnoma, bank, soliq masalalari, shuningdek imtiyoz va preferensiyalar qo‘llashga oid savollariga javob berishdi.

🔹Murojaatlarning 22 tasi ko‘rib chiqilishi nazoratga olindi va aksariyat savollarga shu joyning o‘zida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillik_34_yil

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Namangan viloyat boʻlimi faoliyati bilan tanishing.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Qoʻshrabot xalqi uchun bayram tuhfasi – Farovonlik markazi ochildi!

🔹O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, 2025-yilda 1 million nafar aholini kambagʻallikdan chiqarish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining ustuvor vazifasi sifatida belgilangan edi.

🔸Ana shu ezgu vazifani amalga oshirish yoʻlida Samarqand viloyatining chekka hududi – “Navkat” mahallasining 3 mingdan ziyod aholisi uchun haqiqiy tuhfa boʻlgan Farovonlik markazi foydalanishga topshirildi. Bu zamonaviy maskan Adliya vazirligi tomonidan “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida barpo etildi.

🔹Markazda 3 ta asosiy yoʻnalish – taʼlim, tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

🔸Imkoniyatlar va afzalliklar:
▪️Chet til kurslari – mutlaqo bepul. Endilikda til oʻrganish uchun tuman markaziga borib 300 ming soʻm sarflash va yoʻlkira haqida oʻylash shart emas.
▪️IT kurslari – uydan chiqmasdan ham dasturlash orqali daromad topish imkoniyati.
▪️Tikuvchilik – yoshlar va xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash.
▪️Milliy qoʻgʻirchoq yasash – tayyor mahsulotlarni xorijga eksport qilish.
▪️Quruq meva qayta ishlash va qadoqlash – mahalliy mahsulotni jahon bozoriga olib chiqish.
▪️Santexnika kurslari – qishloqlarda eng talabgir kasb. Endi mahallaning oʻzida mutaxassislar tayyorlanadi.
▪️Chet tilni oʻzlashtirgan yoshlar – qonuniy yoʻl bilan xorijda ishga joylashishiga koʻmaklashiladi.


🔹Mazkur Farovonlik markazi Qoʻshrabot aholisi uchun zamonaviy bilim va kasblarga oʻrgatish, aholini ish bilan taʼminlash va turmush farovonligini oshirishda muhim qadam hisoblanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1