ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.42K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri "Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

🔵Bugungi kunda Navoiy viloyatida 74 ta MFY "Huquqiy mahalla" sifatida e'tirof etilgan. Shundan 7 tasi Konimex tumani hissasiga to'g'ri keladi. Adliya vaziri tumandagi "Navro'z" mahallasida adliya idoralari hamkorligida tashkil etilayotgan ishlar bilan tanishdi.

🔵Bunda tuman hokimi, huquqni muhofaza qiluvchi organ, davlat tashkilotlari vakillari va "mahalla yettiligi" bilan muloqot tashkil etildi.

Ma'lumot o'rnida,  "Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida tumanda 5 mingdan ortiq masalalar aniqlanib, 4700 ta murojaat ijobiy hal etildi. Shuningdek, adliya bo'limi tomonidan fuqarolar manfaatida sudlarga 92 ta da'vo arizasi kiritilib, 308 million so'mdan ortiq, 45 ta taqdimnoma asosida esa 2 milliard so'mdan  ziyod pul mablag'lari undirib berildi.


🔵Shundan so'ng, Konimex tumani davlat xizmatlari markazida davlat xizmatlarini masofadan olish bo'yicha Navoiy tajribasi taqdimot qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Soxta Nike yo'q qilinadi (mi?)

Intellektual mulk sohasida javobgarlik kuchaytirilishi kimga yaxshi-yu, kimga yomon? Mualliflik va turdosh huquqlar qancha vaqt davomida himoya qilinadi? Mulkiy va nomulkiy huquqlar hamda kontrafakt mahsulotlarga nisbatan qatʼiy jazo choralari haqida “Sayilgoh” podkastining navbatdagi sonida soʻz bordi.

Тo'liq video 👉 https://youtu.be/Mg-0_D4JbEs

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi Sirdaryoda


🔵Ayni kunlarda Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Sirdaryo viloyatidagi Davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlarining faoliyati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔵Bugun vazirlik mas’ullari Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo tumanlari hamda Guliston shahar Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔵O‘rganishlar davomida jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini tez va oson taqdim etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish jarayonlari o‘rganilib, bu boradagi ishlar sifati tahlil qilindi.

🔵Shuningdek, tizim xodimlari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotlarda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, mavjud muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish choralari belgilandi. Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun qulay va shaffof xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Foydalanayotgan gigiyena vositangiz sog‘lig‘ingiz uchun zararli bo‘lishi mumkin!

Kontrafakt mahsulotlar jamiyatga faqatgina moddiy zarar yetkazib qolmaydi. Chunki, odatda kontrafakt mahsulotlar inson hayoti va salomatligi bilan bog‘liq sohalar bo‘lmish oziq-ovqat, farmatsevtika, parfyumeriya va boshqa shu kabi yo‘nalishlarda ko‘proq uchraydi.

Hech qanday texnik talablarga rioya qilinmagan holda ko‘zdan panada tayyorlangan mahsulot esa inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi aniq. Biroq, bu kabi jiddiy oqibatlar fikr-u hayoli boylik orttirish bo‘lgan kimsalarni sira tashvishga solmaydi.

Xususan, adliya organlari tomonidan “IFFCO Group” kompaniyasining (BAA) barchamizga tanish bo‘lgan “Royal Lather” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari respublika bo‘ylab 113 ta tadbirkorlik subyektlari tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaati ko‘rib chiqildi.

Respublika bo‘ylab o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida “Royal Lather” tovar belgisiga o‘xshash bo‘lgan belgilardan foydalangan holda parfyumeriya mahsulotlari ishlab chiqarish hamda savdoga taklif etish holatlari aniqlandi.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha adliya organlari tomonidan 44 ta holatda tadbirkorlik subyektlari ogohlantirilishi, 44 ta holatda huquqbuzarlik holatlarini bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritilishi hamda 1 ta holatda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilishi ta’minlandi.

⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillik_bayrami

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga ko’ra adliya organlarining quyidagi xodimlari mukofotlandi:

“Do’stlik” ordeni bilan

Tashkulov Akbar Djurabayevich - O’zbekiston Respublikasi adliya vaziri;

“Shuhrat” medali bilan

Xudoyberdiyev Baxodir Abdurayimovich -
Surxondaryo viloyati Angor tumani adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi direktori;

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

Baynova Yamilya Salimyanovna -
Xorazm viloyati Davlat arxivi bosh arxivchisi.

Vazirlik jamoasi nomidan hamkasblarni ushbu mukofotlar bilan chin dildan muborakbod etamiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1
Bir haftada qariyb 100 nafar yuk tashuvchi qonuniy tartibda ro‘yxatdan o‘tdi


Samarqand tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tuman soliq inspeksiyasi va tuman IIB YHXB xodimlari bilan hamkorlikda yuklarni avtomobil transportida tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarni sayyor tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur tadbirlar doirasida joylarda fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, ularga qulaylik yaratish maqsadida davlat xizmatlari markaziga kelib vaqt sarflamasdan, o‘zlari faoliyat olib borayotgan hududlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari tashkil etildi.

Bir hafta davomida 100 nafarga yaqin yuk tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqaro qonunchilik talablariga muvofiq rasmiy tarzda ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu esa ularning faoliyatini qonuniy yo‘lga qo‘yish, soliq to‘lovlarida shaffoflikni ta’minlash va kelgusida davlat xizmatlaridan yanada kengroq foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1