ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.42K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
“BOSS” brendidan noqonuniy foydalanish holatiga chek qo‘yildi!

Barchamizga ma’lum bo‘lgan “Hugo Boss” brendiga 1924-yilda Germaniyada asos solingan bo‘lib, 2024-yilda kompaniya savdolari 4.3 mlrd. yevroni tashkil etgan. Agar mazkur kompaniya asoschilari ham oson daromad ko‘rish maqsadida boshqalarning “brendini o‘g‘irlash” yo‘lini tanlaganlarida hozirgi kunda dunyoni zabt etgan xalqaro brendlardan biri bo‘lmish “Hugo Boss” mavjud bo‘lmas edi.

Biroq, ayrim “uddaburon” tadbirkorlar tomonidan tezda boyib ketish maqsadida boshqalarning mehnat mahsuli natijasida uzoq yillar mobaynida yaratilgan brendlardan ruxsatsiz foydalanish holatlari ham uchrab turibdi.

Xususan, adliya organlari tomonidan “Hugo Boss A.G.” kompaniyasining (Germaniya) barchamizga tanish bo‘lgan “BOSS” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari “J.M.” YTT tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “J.M.” YTT tomonidan “BOSS” tovar belgisiga o‘xshash bo‘lgan belgidan do‘kon peshlavhasida go‘yoki bu do‘konda “BOSS” brendidagi tovarlar sotilayotganligini ifodalash uchun foydalanilayotganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha adliya organlari tomonidan “J.M.” YTTga nisbatan tegishli ta’sir chorasi qo‘llanilgan holda “BOSS” tovar belgisining do‘kon peshlavhasidan olib tashlanilishi ta’minlandi.

⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 19-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan “Davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori yoki harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi ikkinchi va uchinchi o'qishda qabul qilindi hamda Senatga yuborildi.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda
davlat organlari va tashkilotlarining yoki ular mansabdor shaxslarining o‘z faoliyati davomida amalga oshirgan qonunga xilof qarori yoxud harakati
(harakatsizligi) yuzasidan jismoniy (yuridik) shaxsga yetkazilgan zararni pul shaklida qoplash;
zararlarni qoplash uchun hududiy maqsadli jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish va ularning manbalari;
zararni qoplash to‘g‘risidagi sud hujjati va ijro varaqasini sud qarzdor joylashgan yerdagi davlat ijrochisi va hududiy hokimliklarning yuridik xizmatiga yuboradi, bunda inson omili aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi;
Jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, hududiy Kengashlarga davriy hisobot taqdim etib borishi

.

Qonun qabul qilinishi bilan fuqarolarga davlat organlarining yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof faoliyati tufayli yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan qoplanishi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash hamda aybdor mansabdor shaxslardan belgilangan tartibda regress tartibda undirishning qonuniy asoslari belgilanadi. Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini tiklash, mansabdor shaxsning shaxsiy masʼuliyatini oshirish hamda davlat idoralari faoliyatida shaffoflikni taʼminlashga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Intellektual mulk obyektlariga oid shartnomalarni ro'yxatdan o'tkazish yengillashdi!

Joriy yilning 10-iyul kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Intellektual mulk sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini ko'rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 427-sonli qaror qabul qilindi. Ushbu muhim hujjatga koʻra, intellektual mulk obyektlarini tasarruf etishga oid litsenziya, sublitsenziya va huquqlarni o'tkazish to'g'risidagi shartnomalar toʻliq elektron roʻyxatdan oʻtkazish tartibiga oʻtkazildi.

Endilikda foydalanuvchilar adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali shaxsiy kabinetiga kirib onlayn ariza topshirishlari mumkin!

Buning uchun shaxsiy kabinetdagi "Talabnoma yaratish" tugmasi bosilib, "Shartnomalarni ro'yxatdan o'tkazish" bo'limi tanlanadi. Bo'lim ochilgach, "Xizmatdan foydalanish" tugmasini bosib onlayn ariza topshiriladi.

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar vakolatli organga kelib tushgan kundan boshlab 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Bugun, 19-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Mazkur qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi:
1) litsenziya shartnomasini tuzishning o‘zi tovar belgisidan foydalanganlik deb hisoblanmasligi;
2) tovar belgisi guvohnomasini huquq egasi bo‘lgan yuridik shaxs tugatilganda yoki jismoniy shaxs vafot etib, merosxo‘rlari bo‘lmaganda, manfaatdor shaxsning arizasi ko‘ra, sud qarori asosida tugatish;
Ma’lumot uchun: 2023-yilda 3155 ta tovar belgisi ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2024-yilda 6279 taga yetgan.
3) O‘zbekiston Respublikasiga tegishli tovar kelib chiqqan joy nomi va geografik ko‘rsatkichni anglatuvchi alohida logotip belgilash;
Ma’lumot uchun: hozirda 3 ta tovar kelib chiqqan joy nomi va 20 ta geografik ko‘rsatkich ro‘yxatga olingan.
4) ixtiro va foydali modellarga talabnomalar Patent kooperatsiyasi shartnomasi bo‘yicha belgilangan muddatdan kechikkan holda taqdim etilganda, ustuvorlikni so‘rash muddatini 12 oygacha tiklash imkoniyatini yaratib, bu harakatlar uchun patent bojlarini belgilash;
5) EHM dasturi va ma’lumotlar bazasiga oid shartnomaga o‘zgartirish kiritilganda patent bojini undirish tartibi takomillashtirib, ushbu obyektga doir guvohnomaga o‘zgartirish kiritish uchun patent bojlarini joriy etish;
6) seleksiya yutuqlarini tijoratlashtirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ushbu huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan patent bojlarini 2 barobarga kamaytirish;
7) Apellyatsiya kengashining faoliyati samaradorligini yanada oshirish, mediatsiya institutini qo‘llab-quvvatlash va sud bojlari bilan muvofiqlashtirish maqsadida Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashiga ariza berish uchun patent boji miqdorlarini oshirish;
8) intellektual mulk sohasidagi tekshiruvlarni Biznes-ombudsmanni xabardor qilish orqali amalga oshirish;
9) Qonunchilikka “ishonch telefoni” va “call-markaz” tushunchalarini kiritish;
10) “O‘zarxiv agentligi” Adliya vazirligiga o‘tkazilishiga oid texnik o‘zgarishlarni kiritish;
11) sud, raqobat va Milliy gvardiya organlari faoliyatini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni boshqa amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirish.


🔸Mazkur qonun loyihasi intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tartiblarini yengillashtirishga, mahalliy va xorijiy investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, tadbirkorlar uchun bozorga kirish imkoniyatlarini kengaytirishga hamda xalqaro majburiyatlarni bajarishga, shuningdek, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini ko‘rib chiqish tizimini soddalashtirish va ularning davlat organlari bilan bevosita aloqa o‘rnatish imkoniyatlarini kengaytirish xizmat qiladi.

🔹Shuningdek, mazkur qonun loyihasi bilan amaldagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirishga erishiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Uddaburon” tadbirkor maqsadi amalga oshmay qoldi

Hozirgi kunda ko‘plab tadbirkorlar o‘z brendini ro‘yxatdan o‘tkazib, uni rivojlantirish maqsadida moddiy resurslarini sarflayotgan bir vaqtda tayyor mahsulotdan ruxsatsiz foydalanishga urinayotgan ayrim “uddaburon” shaxslar afsuski yo‘q emas.

Shunday tadbirkorlardan biri “F.I.” MChJ, tezda boyib ketish va katta foyda olish maqsadida “Inter food plus” MChJga tegishli bo‘lgan “FLASH UP” tovar belgisi bilan tanilgan mahsulotlarni respublikamiz hududiga olib kirishga uringan.

Vaholanki, “FLASH UP” tovar belgisini respublikamiz hududiga olib kirish va sotish huquqlari “Inter food plus” MChJga tegishli bo‘lib, tovar belgisiga bo‘lgan huquqlar o‘z vaqtida “Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestri”ga kiritib qo‘yilgan.

Shu sababli, bojxona organlari tomonidan respublikamiz hududiga noqonuniy olib kirilayotgan 38 ming litr “FLASH UP” mahsulotlari to‘xtatilib, bu haqida huquq egasiga ma’lum qilindi.

Holat yuzasidan “Inter food plus” MChJ sudga murojaat qildi va Adliya vazirligi tomonidan berilgan fikrlarni inobatga olgan holda sudning 30.07.2025-yildagi qarori bilan “F.I.” MChJning xatti-harakatlari intellektual mulk huquqlarining buzilishi deb topildi va 38 ming litr kontrafakt mahsulotlarning yo‘q qilinishi yoki reeksport qilinishi hamda huquqbuzardan 11 mln. so‘m miqdorida sud xarajatlari undirilishi belgilandi.

⚠️ Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Vazirlik ishchi guruhining Navoiydagi o'rganishlari davom etmoqda

🔹Jarayonda Karmana, Konimex tumanlari va Navoiy shahar adliya bo‘limi faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlariga (KPI) erishilishi, davlat va huquqiy xizmatlar ko‘rsatilishi, “huquqiy mahalla” konsepsiyasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi.

🔹 Xodimlar bilan alohida muloqotlar tashkil etilib, yuklatilgan vazifa va funksiyalar ijrosini ta’minlash samaradorligini oshirish yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

🔹Shundan so'ng, ishchi guruh vakillari davlat xizmatlarini ko'rsatishda Navoiy tajribasi bilan tanishdilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat xizmatlari samaradorligi o‘rganilmoqda

🔹 Adliya vazirligi mas'ul xodimi tomonidan Toshkent viloyatidagi Yangiyo'l shahri, Chinoz, Quyichirchiq hamda Yangiyo'l tumanlaridagi Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY bo'limlari faoliyati o'rganildi.

🔸Dastlab, fuqarolar va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy texnik baza, mavjud qulayliklar bilan tanishildi.

🔹 Xizmat ko'rsatish sifatini yanada yaxshilash, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, xizmatlar turini kengaytirish maqsadida fuqarolar va tizim xodimlarining fikr-mulohazalari hamda takliflari tinglandi.

🔸 O'rganish davomida aniqlangan ayrim muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“O‘z uyim o‘zimnikimas”. Bitta imzo sabab 30 yil kechikkan hujjat

O‘z yerini qonuniylashtirish uchun yillab sarson bo‘lgan, asossiz rad javoblari va kutishdan charchagan fuqaro hammasi haqida ochiq gapirdi.

To‘liq video 👉 https://youtu.be/8CxbWJjuZ0Y

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Farg'onada “Turn-key” tamoyili mexanizmi amaliyotga joriy qilindi

🔸Adliya vaziri. A.Tashkulov Qo‘qon shahar  Davlat xizmatlari markazida tashkil qilingan “Turn-key” tamoyili mexanizmi bilan tanishdi. 

🔹E’tiborli jihati shundaki, Qo’qon shahar davlat xizmatlari markazida tovar belgilarini ro’yxatdan o’tkazishda  “Turn-key” tamoyili mexanizmi ilk bor joriy qilinmoqda. Bunda, DXM binosida “Intellektual mulk stendi” tashkil etilgan hamda binoda brend dizayneri hamda patent vakiliga joy ajratilgan.

🔸Bu yerda shartnoma asosida qabul qilingan tajribali xodimlar Davlat xizmatlari markazida  tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida, tovar belgisining afzalliklari, ro‘yxatdan o‘tkazmaslikning huquqiy oqibatlari, kontrafakt mahsulotlar ishlab chiqarilganlik va sotganlik uchun javobgarlik, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishda talabnoma topshirish tartibi bo‘yicha birlamchi huquqiy tushuntirishlar beradi.

🔹Taqdimot davomida adliya vaziri “Farg‘ona tajribasi” sifatida joriy qilinayotgan ushbu “Turn-key” tamoyili mexanizmini barcha hududlarda joriy qilish va intellektual mulk qonunchiligini takomillashtirish va bu sohaga yangi mexanizmlarni joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishni ta’kidladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hech_bir_shaxs_hujjatsiz_qolmaydi

Adliya aralashuvi bilan 17 yillik muammo hal etildi.

🔸Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida viloyatdagi barcha mahalla fuqarolar yigʻinlarida xatlov ishlari oʻtkazilmoqda.

🔹Jumladan, Chust tumani “Yangi Bogʻishamol” mahallasida yashovchi N. Chulponov bilan G.Kurbonovaning 17 yildan beri uch nafar farzandlari bo’lsa ham nikoh guvohnomasisiz yashab kelishgan.

🔸Mazkur fuqarolarning murojaatiga asosan, Chust tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo’limi tomonidan nikohlari qonuniy qayd etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 O'zbekiston mahallalari uyushmasi va "Madad" NNT o'rtasida imzolangan memorandumga asosan 2025-yilning 20-avgust kunidan 25-sentabr kuniga qadar "Huquqiy madad: mahalla yettiligiga" aksiyasi o'tkaziladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1
📣❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥

Elektr ta’minotidagi uzilish haqida ma’lumot
!

Hurmatli Qibray tuman aholisi!

2025-yil 20-avgust kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha, F.Yoqub xo‘jaligi 6 kV dan ulangan TP-171 transformator punktida texnik ishlar amalga oshiriladi.

Mazkur ishlar sababli quyidagi hududlarda elektr ta’minotida vaqtincha uzilish bo‘ladi:

📍 Sohibkor MFY
📍 G‘.G‘ulom MFY
📍 Beruniy MFY
📍 Iftixor MFY
📍 Shodlik MFY

⚠️ Elektr ta’minoti to‘xtatilishi munosabati bilan, Qibray tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazida ham elektr energiyasi bo‘lmaydi.


🔹 Elektr uzilishi davrida Sizga my.gov.uz portali orqali elektron davlat xizmatlaridan foydalanishni yoki yaqin atrofdagi boshqa Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishni tavsiya etamiz.

Keltirilayotgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax viloyatida yana 142 nafar fuqaroning uy-joyiga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi.

📆 2025-yil 19-avgust kuni Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdagi o‘n to‘rtinchi sessiyasida qabul qilingan qarorga muvofiq, viloyatning bir qator tuman va shaharlarida yashovchi fuqarolarning mulk huquqlari qonuniy tartibda e’tirof etildi.

Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarning mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

🔸Endilikda mazkur hujjat egalik huquqi uchun asos bo‘lib, kelgusida yashash joyiga doimiy ro‘yxatga qo‘yish, meros va boshqa notarial xatti-harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot