ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.42K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Farg'onada “Turn-key” tamoyili mexanizmi amaliyotga joriy qilindi

🔸Kunning ikkinchi yarmida Adliya vaziri. A.Tashkulov Qo‘qon shahar Davlat xizmatlari markazida tashkil qilingan “Turn-key” tamoyili mexanizmi bilan tanishdi.

🔹E’tiborli jihati shundaki, Qo’qon shahar davlat xizmatlari markazida tovar belgilarini ro’yxatdan o’tkazishda “Turn-key” tamoyili mexanizmi ilk bor joriy qilinmoqda. Bunda, DXM binosida “Intellektual mulk stendi” tashkil etilgan hamda binoda brend dizayneri hamda patent vakiliga joy ajratilgan.

🔸Bu yerda shartnoma asosida qabul qilingan tajribali xodimlar Davlat xizmatlari markazida tadbirkorlik subyektlarini ro‘xatdan o‘tkazish jarayonida, tovar belgisining afzalliklari, ro‘yxatdan o‘tkazmaslikning huquqiy oqibatlari, kontrafakt mahsulotlar ishlab chiqarilganlik va sotganlik uchun javobgarlik, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishda talabnoma topshirish tartibi bo‘yicha birlamchi huquqiy tushuntirishlar beradi.

🔹Taqdimot davomida adliya vaziri “Farg‘ona tajribasi” sifatida joriy qilinayotgan ushbu “Turn-key” tamoyili mexanizmini barcha hududlarda joriy qilish va intellektual mulk qonunchiligini takomillashtirish va bu sohaga yangi mexanizmlarni joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishni ta’kidladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Samarqand_mulkhuquqi

📌 SAMARQAND VILOYATIDA YANA 250 NAFAR FUQARONING UY-JOYIGA BO‘LGAN HUQUQLARI E’TIROF ETILDI.

📆 2025-yil 15-avgust kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi o‘n oltinchi sessiyasida qabul qilingan qarorga muvofiq, viloyatning bir qator tuman va shaharlarida yashovchi fuqarolarning mulk huquqlari qonuniy tartibda yana e’tirof etildi.

🇺🇿Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida yana 250 nafar fuqaroning uy-joy va yer uchastkalariga nisbatan mulk va ijara huquqlari rasman tan olindi.

📍Hududlar kesimida:

🔹Bulung‘ur tumani – 15 nafar
🔹Kattaqo‘rg‘on tumani – 16 nafar
🔹Oqdaryo tumani – 23 nafar
🔹Jomboy tumani – 37 nafar
🔹Payariq tumani – 28 nafar
🔹Qo‘shrabot tumani – 3 nafar
🔹Pastdarg‘om tumani – 57 nafar
🔹Narpay tumani – 18 nafar
🔹Paxtachi tumani – 6 nafar
🔹Nurobod tumani – 16 nafar
🔹Urgut tumani – 4 nafar
🔹Toyloq tumani – 4 nafar
🔹Samarqand tumani – 22 nafar
🔹Kattaqo‘rg‘on shahri – 1 nafar

Ma'lumot uchun:: Bugungi kungacha viloyatda jami 708 nafar fuqaroning huquqlari e’tirof etilishi ta’minlandi va bu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Toshkent viloyatida yana 218 nafar fuqaroning uy-joyiga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi.

📆 2025-yil 15-avgust kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasida qabul qilingan qarorga muvofiq, viloyatning bir qator tuman va shaharlarida yashovchi fuqarolarning mulk huquqlari qonuniy tartibda e’tirof etildi.

Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarning mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

🔸Endilikda mazkur hujjat egalik huquqi uchun asos bo‘lib, kelgusida yashash joyiga doimiy ro‘yxatga qo‘yish, meros va boshqa notarial xatti-harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Yakkabog' tumani "O'rta" mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.

⚖️Sayyor qabulda 100 nafardan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 50 dan ortiq murojaatlar qabul qilindi. Shundan 10 dan ortig‘i joyida hal qilindi, 30 dan ortig'i ish yurituvga olindi.

🟩Shuningdek, 29 ta davlat xizmatlari va FHDY harakatlari sayyor tartibda qabul qilinib, shundan 14 tasi joyida hal qilib berildi.

🟢Bundan tashqari, “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan 9 ta yuridik yordam ko‘rsatildi, 10 dan ortiq tadbirkorlik subyektlariga intellektual mulk mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar va uslubiy yordamlar ko‘rsatildi.

✔️Bu kabi sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, muammolarni joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Asosiy tamoyil – odamlarga tez, oson va shaffof xizmat ko‘rsatish

DXMlarda fuqarolar uchun qanday qulayliklar yaratilgan? Uyma-uy yurish tadbirlari nima uchun muhim? Oson, o‘rta va murakkab davlat xizmatlari qanday ajratiladi? “Huquqshunos oshxonasi”ning navbatdagi sonida aholi uchun muhim hisoblangan Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida foydali ma’lumotlar berildi.

To'liq video 👉 https://youtu.be/S12uQt7os9A

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Qirg‘iziston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Iskender Sidigaliyev boshchiligidagi delegatsiya
Shayxontohur tuman davlat xizmatlari markazida bo’ldi

🔸
Uchrashuvda delegatsiya a’zolari Davlat xizmatlari markazida yaratilgan imkoniyatlar hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda aholi va tadbirkorlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirilib, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati va tezkorligini doimiy monitoring qilib borish usullari muhokama qilindi.

🔹Shu bilan birgalikda, uchrashuv davomida O‘zbekistonda proaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha taqdimot qilinib, erishilgan natijalar, proaktiv davlat xizmatlarini joriy etish mexanizmlari va kelgusidagi rejalar bilan delegatsiya a’zolari tanishtirildi.

🔸Uchrashuv yakunlari bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga kelishib olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot