ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.43K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Qashqadaryo_viloyati

Maxsus reportaj | Adliya tizimidagi islohotlar: sifatli huquqiy yordam va davlat xizmatlari kafolatlanmoqda


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_va_yoshlar

❗️Vazir o'rinbosari va yoshlar

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasida Adliya vaziri o'rinbosari M.Istamovning yoshlar bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvi bo'lib o'tdi

Tadbirda adliya tizimida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralarda faoliyat olib borayotgan yoshlar, yuridik yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar, sportchilar hamda yoshlar faollaridan iborat 100 dan ortiq yoshlar ishtirok etdilar.

Ushbu uchrashuvda hukumatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar xususida suhbatlashildi.

Ochiq muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob oldilar hamda o'z fikr-mulohazalari bildirdilar.Shuningdek, davlat xizmatlarini ko'rsatish, soliq va boshqa sohalardagi normativ huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan o'z takliflarini berdilar.

Bunday uchrashuvlar yoshlarni yanada qo'llab-quvvatlash va ularning ishchanlik darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YOSHLAR ADLIYA E'TIBORIDA

🔹Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyatdagi 156 nafar yosh nomma-nom adliya xodimlariga biriktirilgan. Har bir yosh bilan manzilli ishlash, ularning ijtimoiy hayotdagi faol ishtirokini ta’minlash – ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan.

🔶Bunday tashabbuslar yoshlarning o‘z yo‘lini topishi, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi va kelajak sari dadil intilishida muhim omil bo‘lmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#qonunchilikdagi_yangiliklar

📌Davlat xaridlari elektron tizimi operatori faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish davlat xizmati joriy etiladi.


Arizalar “Litsenziya” axborot tizimi (license.gov.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

🏛 Vakolatli organ: Iqtisodiyot va moliya vazirligi.

💰 Davlat xizmatini ko'rsatganlik uchun yig'im undirilmaydi.

Arizani ko'rib chiqish muddati: 20 ish kuni.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyuldagi 476-son qarori.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

📍BO‘STONLIQ TUMANI


CHIN DO‘STLIK MILLAT TANLAMAYDI, SARHAD BILMAYDI!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest

📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Mualliflik va turdosh huquqlarni buzgan “Bavaria plaza”, “Guten”, “Dudek”, “Мята”, “Brasserie” va “Woodu” kabi restoranlar Adliya vazirligi tomonidan OGOHLANTIRILDI.

🔹Adliya vazirligi tomonidan “EURASIAN BROADCASTING ENTERPRISE LIMITED” kompaniyasiga (Buyuk Britaniya) tegishli “Setanta Sports” kanallari ruxsatsiz ommaviy tarzda namoyish etilishi yuzasidan qonuniy chora ko'rish to'g'risidagi murojaat ko'rib chiqildi.

🔹Vazirlik tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasiga ko‘ra “Setanta Sports” kanallari “Bavaria plaza”, “Guten”, “Dudek”, “Мята”, “Brasserie” va “Woodu” umumiy ovqatlanish joylarida huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs ruxsatisiz foydalanilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan ushbu subyektlar qonunchilikda belgilangan tartibda ogohlantirildi.

Shu o‘rinda asarlar va turdosh huquq obyektlaridan umumiy ovqatlanish joylarida foydalanishda mualliflik va turdosh huquqlarga qat’iy rioya qilinishini so‘raymiz!

Ma’lumot uchun, qonunchilikka muvofiq muallif yoki huquq egasi huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.

⚠️ Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vaziri BMT konferensiyasi doirasida xalqaro uchrashuvlarda ishtirok etdi.

🔹Turkmanistonning Avoza shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMTning dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha III konferensiyasi (LLDC3) doirasida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulov qator muhim uchrashuvlarda qatnashdi.

🔸Adliya vaziri A.Tashkulov forumdagi chiqishida fuqarolik jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardagi o‘rni, mintaqaviy integratsiya va iqlim barqarorligiga erishishdagi ahamiyati, shuningdek, fuqarolik tashabbuslari orqali tizimli muammolarni hal qilish zarurligini ta’kidladi.

❗️Akbar Tashkulov: Fuqarolik jamiyati bu shunchaki hamkor emas. Bu davlat va xalq o‘rtasidagi ko‘prik. Bu – muammolar bilan birinchi bo‘lib to‘qnash kelganlarning ovozidir. Aynan fuqarolik tashabbuslari tizimli muammolar haqida birinchi bo‘lib bong uradi, innovatsiyalarni ilgari suradi va davlatlarni inson ehtiyojlariga yaqinlashtirishga yordam beradi. O‘zbekistonda bunday tashabbuslarni amalga oshirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan


Shuningdek, Turkmaniston adliya vaziri Merettagan Taganov bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tomonlar 2022-yilda qabul qilingan hamkorlik dasturining muvaffaqiyatli yakunlanganini qayd etib, yangi dastur loyihasi doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldilar:
▪️ adliya tizimini raqamlashtirish;
▪️ sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish;
▪️ advokatura va mediatsiya rivoji;
▪️ yuridik kadrlar tayyorlash borasida tajriba almashish.

🔹Uchrashuvda, shuningdek, Markaziy Osiyo va boshqa rivojlangan davlatlarning adliya organlari bilan ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot