ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.43K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Adliya vaziri o'rinbosari Sh.Rabiyev Navoiy viloyati adliya organlari yangi binosi bilan tanishdi.

🔹Yangi binoda viloyat notarial va FHDY arxivi, O'zbekiston Respublikasi notarial palatasi viloyat boshqarmasi, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi sud ekspertiza markazi Navoiy viloyat bo'limi faoliyat yuritmoqda. Jarayonda binoda yaratilgan sharoitlar, arxiv saqlov xonalari, sud ekspertizasini zamon talablari asosida o'tkazish imkonini beruvchi yangi turdagi jihozlar bilan yaqindan tanishildi.

🔹Shundan so'ng, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat tashkilotlari va jamoatchilik ishtirokida "Ochiq eshiklar kuni" o'tkazildi. Bunda sud ekspertizasi faoliyati, tizimda joriy etilayotgan yangiliklar va mavjud imkoniyatlar xususida so'z yuritildi. Tadbirda sud idoralari vakillari, viloyat prokuraturasi,viloyat IIB, advokatlar,davlat organlari va tashkilotlari mas'ullari va jamoatchilik ishtirok etishmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Intellektual mulk huquqini buzayotgan shaxslarga choralar ko‘rildi

Adliya vazirlrigi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasiga ko‘ra “CLAAS KGaA” (Germaniya) kompaniyasining “Class” tovar belgisidan avto ehtiyot qismlarida “K.A.P.” MChJ va “Farmak” (Ukraina) kompaniyasining “Эдем” tovar belgisidan dori mahsulotlarida “X.K.” MChJ noqonuniy foydalanayotganliklari aniqlanib, ularga nisbatan BHM 100 baravari miqdoridan (37 mln.dan) jarimalar tayinlandi.

“Green Zone Of World” MChJga tegishli “flowers garden” tоvаr belgisi “A.G.” MChJ va YaTT “G.O.” bino peshlavhalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda ruxsatsiz foydalanayotganliklari aniqlanib, ularga nisbatan huquqbuzarlikni bartaraf etish bo‘yicha majburiy taqdimnomalar kiritildi va huquqbuzarlikni bartaraf etish choralari ko‘rildi.

“Entrepreneurs Club” MChJga tegishli “Califfornia” tovar belgisi aks ettirilgan kosmetika vositalarin YaTT “D.D.” tomonidan “yandex market” onlayn platformasida savdoga taklif etilayotganligi aniqlanib, unga vazirlikning taqdimnomasi asosida tovar belgisini platformadan olib tashlash majburiyati qoyildi.

🔴Hurmatli tadbirkorlar! Brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlari boʻyicha Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Vazir o'rinbosari M.Istamov Farg'onada tadbirkorlar faoliyati bilan tanishdi


Adliya vaziri o'rinbosari Marg'ilon shahridagi "Marg'ilon abr matolar kooperativi" ishlab chiqarish korxonasi hamda Farg'ona shahridagi "FERGANA-OSEANA" MChJ QK da amalga oshirilayotgan ishlar va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Tanishuv davomida vazir o‘rinbosari tomonidan tadbirkorlar uchun yaratilgan huquqiy imkoniyatlar, tadbirkorlik faoliyatini olib borishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan huquqiy muammolarni hal qilish yuzasidan yuridik maslahatlar bayon qilindi.

Tadbirkorlar o‘rtasida investitsiyalarni jalb qilish masalalari ham alohida ahamiyat kasb etayotganligi munosabati bilan, Adliya vazirligi tomonidan tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va huquqiy yordamni taqdim etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Shuningdek, uchrashuv yakunida tadbirkorlarga yaratilib berilayotgan qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhiti, biznes yuritish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud soliq imtiyozlari hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yaratilgan qulayliklar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM