ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Avval xabar berganimizdek, Qoraqalpogʻistonda 267 nafar fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan uy-joylariga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi.


🔵Shu munosabat bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari A.Prenov tomonidan Kegeyli tumani, Xalqabad MFYda 51 fuqaroga yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan huquqlarini e'tirof etish bo‘yicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi qarori tantanali tarzda topshirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash instituti;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🏆 “5 sportchi – 5 brend: G‘alaba faqat maydonda emas!”

Sport olamida o‘z nomini brendga aylantirgan afsonalar bilan tanishing. Ular faqat mashhur emas, balki muvaffaqiyatli tadbirkorlar ham!

1. Michael Jordan – “Jordan Brand” (Nike)

🏀 Afsonaviy basketbolchi.
🔥 Nike bilan hamkorlikda yaratgan “Air Jordan” krossovkalari bugungi kunda ko‘p milliard dollarlik brend hisoblanadi.
💼 Har yili 100 million dollardan ortiq daromad oladi, hatto sportni tark etganiga 20 yildan oshgan bo‘lsa ham!
“Jordan” — nafaqat sport, balki moda va streetwear industriyasida ham yetakchi.
💬 Izoh: “Jordan faqat basketbolchi emas, u o‘z nomini global savdo belgisi darajasiga ko‘targan birinchi sportchi.”

2. Cristiano Ronaldo – “CR7”

⚽️ Futbol olamining eng mashhur yulduzlaridan biri.
👕 “CR7” brendi ostida: kiyim-kechak, atir, ichki kiyimlar, mehmonxonalar va hatto fitnes markazlari mavjud.
💰 U brendini ijtimoiy tarmoqlar orqali faol reklama qiladi – dunyodagi eng ko‘p kuzatuvchiga ega shaxs hisoblanadi.
💬 Izoh: “Ronaldo o‘zini faqat maydonda emas, bozorda ham tanita oldi.”

3. Maria Sharapova – “Sugarpova”

🎾 Dunyoning eng taniqli tennischilaridan biri.
• 2012 yilda o‘zining “Sugarpova” nomli premium konfet brendini ochdi.
• Har yili 20 million dollar daromad ko‘radi, mahsulotlari 30 dan ortiq davlatda sotiladi.
• Brend dizayni, tabiiyligi va yuqori sifati bilan ajralib turadi.
💬 Izoh: “Sharapova nafaqat kortda chempion, balki u shirinliklar imperiyasining asoschisi.”

4. Conor McGregor – “Proper No. Twelve”

🥊 UFC yulduzi, irlandiyalik jangchi.
• 2018 yilda o‘zining Proper No. Twelve viski brendini yaratdi.
• 2021 yilda brendning ulushlarini 600 million dollarga sotdi.
• UFC tarixidagi eng yuqori gonorar olgan jangchilardan biri bo‘lib, biznes orqali boyligini bir necha barobarga oshirdi.
💬 Izoh: “McGregor ringdan tashqarida ham million dollarlik zarba bera oladi.”

5. Lewis Hamilton – “+44”, “Neat Burger”, media va moda brendlari

🏎 Formula 1 tarixidagi eng muvaffaqiyatli poygachilardan biri.
+44 fashion line, Neat Burger (vegan fast food) va kino-prodaksion studiya – hammasi uning bizneslari.
• Hamilton tadbirkorlik orqali ekologik, etik va inklyuziv qadriyatlarni ilgari surmoqda.
💬 Izoh: “Hamilton – biznesda ham eng zo‘r poygachi.”

Ular shunchaki mashhur sportchi yoki millioner emas — ular ishlab chiqaruvchi, ta’sir ko‘rsatuvchi va yaratib beruvchi shaxslar.

📣 Siz ham o‘zingizning brendingizni yarating va ulardan ilhom oling! 🏁

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev Toshkent shahrining Bektemir va Mirobod tumanlarida bo'ldi.

🔸Vazir o‘rinbosari o'rganish davomida Bektemir tumanida yangi qurilayotgan adliya binosining qurilish ishlari sifati, loyiha talablariga rioya qilinishi holatlari bilan tanishdi. Yangi bino foydalanishga topshirilgach, adliya bo‘limlari faoliyati yanada samarali, fuqarolar uchun qulay bo'ladi.

🔹Shuningdek, Mirobod tuman davlat xizmatlari markazi binosini zamonaviy talablarga mos keladigan, fuqarolarga qulay sharoitlar yaratilgan holatga keltirish rejalashtirilgan hujjat loyihalari o‘rganildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 Raqamli texnologiyalar yuridik sohani o‘zgartirmoqda. Siz ham bu jarayonning bir qismiga aylanishni xohlaysizmi?

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan “Legal Tech” va sun’iy intellekt bo‘yicha kompleks malaka oshirish kursi tashkil etilmoqda!

🔍 Kursdan nimalarni o‘rganasiz?
– Yuridik jarayonlarni avtomatlashtirish;
– Sun’iy intellektdan huquqiy faoliyatda foydalanish;
– Big Data va huquqiy tahlil;
– “Legal Tech” platformalari bilan ishlash amaliyoti.

🕘 O‘qish shakli: An’anaviy va masofaviy

📜 Kurs yakunida – sertifikat beriladi!

🎯 Kimlar uchun?
Adliya organlari, advokatlar, notariuslar, yuridik xizmat xodimlari, pedagoglar va zamonaviy texnologiyalarni egallashni istagan har bir yurist uchun!

📲 Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot:
📞 +998 71 234-53-46
+998 91 191 47 84

📈 Kelajak yuridik kasb bilangina emas, raqamli yondashuvlar bilan shakllanadi. Siz orqada qolmang – hoziroq qo‘shiling!

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
#Adliya_xabari

📣 Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan 2025-yilning 29-iyul kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazilishi munosabati bilan malaka imtihoni jarayoni soat 10:00 dan boshlab videotasvirga olinib, internet tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from HUQUQ TA'LIMI
#yangilik

🎉"HUQUQSHUNOSLIK" fan olimpiadasi o'tkaziladi.

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2025-yil 11-iyuldagi qo'shma qarori bilan "Adliya vazirligi tomonidan otaliqqa olingan umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida "Huquqshunoslik" fan olimpiadasini o'tkazish tartibi to'g'risida"gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko'ra, Olimpiadaning maqsad va vazifalari:
- maktablarning bilimli va iqtidorli o'quvchi-yoshlarini aniqlash va ularning intellektual salohiyatini oshirish;
- o'quvchilar o'rtasida do'stlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash;
- huquqshunoslik fanlariga va sohasiga qiziqishini yanada orttirish hisoblanadi.


‼️Olimpiadani o'tkazish va g'oliblarni taqdirlash tartibi keyingi postlarda...

Kanalga ulanish:
👉@huquq_talimi
Forwarded from HUQUQ TA'LIMI
#yangilik

🖇Adliya vazirligi tomonidan otaliqqa olingan umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida "Huquqshunoslik" fan olimpiadasi quyidagi bosqichlarda o'tkaziladi:
1️⃣ bosqich - tuman (shahar) bosqichi oktabr oyida;
2️⃣ bosqich - hududiy bosqich oktabr oyida;
3️⃣ bosqich - respublika bosqichi noyabr oyida.

📌Olimpiadada maktablarning 8, 9, 10, 11-sinflari kesimida "Davlat va huquq asoslari fani"dan a'lo baholarga o'qigan o'quvchilar ishtirok etishlari mumkin.

🏆Olimpidaning respublika bosqichida sinflar kesimida 1, 2, 3-o'rinni egallagan o'quvchilar vazirliklarning tegishli darajadagi diplomlari
va quyidagi tartibda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadilar:
🥇-o'rin uchun - BHMning o'n barobari;
🥈-o'rin uchun - BHMning sakkiz barobari;
🥉-o'rin uchun - BHMning olti barobari.

💯Olimpiadada ishtirok eting va o'z huquqiy bilimingizni sinovdan o'tkazing!

Kanalga ulanish:
👉@huquq_talimi
1
#bilasizmi

⁉️ Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish, ya'ni tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirish qanday huquqiy oqibatlarga olib keladi?


1️⃣ Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 176-moddasiga asosan quyidagi harakatlar ma'muriy javobgarlikka sabab bo'ladi:

🔸 tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirish;

🔸 ushbu harakatni ancha miqdordagi, ko'p miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda sodir etish.

2️⃣ Jinoyat kodeksining 188-moddasiga asosan:

🔹 tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan juda ko‘p miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda amalga oshirish jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.

Eslatma: tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari va "new.birdarcha.uz" avtomatlashtirilgan tizimi orqali qabul qilinadi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_yoshlari

Adliya vazirligi Yoshlar Kengashining tarkibini shakllantirish bo'yicha tashkiliy qo'mitaning yig'ilishi o'tkazildi.

🔹Tizimdagi yoshlarning ovoz berishi yo'li bilan quyidagilar Adliya vazirligi Yoshlar Kengashining mas'ul lavozimlariga saylandi:

Anasxon Xamdamov — Adliya vazirligi Yoshlar kengashining raisi;

Mahbuba Sayfullayeva — Kengash kotibi;

Maftuna Elmurodova — Vazirlik faoliyatida innovatsion yondashuvlarni joriy etish yo'nalishi koordinatori.

Azimjon Mirzaboyev — Tizimdagi yoshlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish hamda tashkiliy-strategik tahlil yo‘nalishi koordinatori;

Oybek Shoyimqulov — Huquqiy yordam ko'rsatish va daxldorlik hissini oshirish yo'nalishi koordinatori;

Aziz Hakimboyev — Huquq ijodkorligi, qonunchilik hujjatlari loyihalarini tayyorlashda yoshlarning ishtirokini oshirish yo'nalishi koordinatori;

Zarina Po'latova — Tizimdagi yoshlarni istiqbolli zaxirasini shakllantirish yo'nalishi koordinatori.


🔸Shuningdek, Yoshlar Kengashining hududiy adliya organlari hamda muassasalaridagi yetakchilari saylanishdi.Yoshlar Kengashi faoliyatining kelgusi faoliyatida omad tilaymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Nihol" mukofoti sovrindori Guljahon Xolxo'jayeva mualliflik huquqlarini buzganligi uchun jarimaga tortildi.

🔸Muallif huquqi buzilgan yana bir holatda Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamoat birlashmasi tomonidan xalqimiz orasida "Salomiy" taxallusi bilan tanilgan shoir Abdusaid Abdusalomovga tegishli bo'lgan "Senmiding" nomli shе'r
muallifning ruxsatisiz ijro etilganligi holati yuzasidan huquqiy chora ko'rilishini so'rab qilingan murojaat Adliya vazirligi tomonidan o‘rganilib chiqildi.

🔹O‘rganish mobaynida Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti Yulduz Usmonova ijrosidagi “Senmiding” nomli qo‘shiq she’ri, xonanda Guljahon Xolx 'jayeva tomonidan muallif ruxsatsiz foydalanganligi aniqlanib, holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

🔸Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug'bek tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan jarima jazosi tayinlandi.

❗️Ma’lumot uchun, qonunchilikka muvofiq muallif huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vazirligi tomonidan transport vazirining “Ishi bevosita poyezdlar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan temir yo‘l transporti ayrim toifadagi xodimlarining ish vaqti va dam olish vaqti rejimlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3650, 2025-yil, 17-iyul) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

🔸Ushbu hujjat bilan umumiy foydalanishdagi va umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘llarda ishi bevosita poyezdlar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan temir yo‘l transporti ayrim toifadagi xodimlarining ish vaqti va dam olish vaqti rejimlari belgilangan.

🔹Xususan, mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatda temir yo‘l transporti ayrim toifadagi xodimlari uchun quyidagilar nazarda tutib o‘tilgan:

▪️xodimlar uchun ish vaqtining rejimi ichki mehnat tartibi qoidalari, smenalarga bo‘linib ishlash jadvallari va boshqa ichki hujjatlarda, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida belgilanishi;

▪️xodimlarning ish vaqtiga ishga tayyorgarlik ko‘rish vaqti, tibbiy ko‘rikdan o‘tish vaqti, mehnat vazifalarini bajarishga bevosita sarflanadigan vaqti va boshqalar kirishi;

▪️xodimlarning smena vaqti dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus vaqti bilan birga 12 soatdan oshmasligi kerakligi;

▪️ish kunidan (smenadan, safardan) keyin xodimlar uchun uzluksiz dam olish vaqti kamida 12 soatdan kam bo‘lishi mumkin emasligi, bunda lokomotiv brigadasi uchun dam olish vaqti kamida 16 soat etib belgilashga ruxsat berilishi;

▪️xodimlarga mehnat taʼtillarni berish ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi tashkiloti yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq belgilanishi va boshqalar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mashhur “Zodac” farmatsevtik vositalarining kontrafakt nusxalarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga chek qo‘yildi!

🔸Fransiyaning “ОPELLA HEALTHCARE GROUP SAS” kompaniyasiga tegishli “Zodac” tovar belgisiga o‘xshash belgilardan noqonuniy foydalanish holati yuzasidan Adliya vazirligiga murojaat kelib tushdi.

🔹Murojaat asosida o‘tkazilgan tekshiruv davomida tadbirkorlik subyekti tomonidan ishlab chiqarilgan va sotuvga chiqarilgan farmatsevtik vositalar qadoqlarida “Zodac” tovar belgisiga fonetik jihatdan o‘xshash — “Зодак ент” belgilaridan ruxsatsiz foydalanilganligi aniqlandi.

🔸Tekshiruv natijasida aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha qonuniy chora ko‘rildi va huquqbuzarlikni bartaraf etish yuzasidan jamiyatga nisbatan belgilangan tartibda ta'sir chora qo‘llanildi.

❗️Eslatib o‘tamiz, tovar belgilari sohasidagi qonunbuzarliklar quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin:
BHMning 15 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda ma’muriy jarima;
BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda moliyaviy jarima;
BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon undirilishi.


🔸Hurmatli tadbirkorlar! Brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlari boʻyicha Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 “ZOMIN QOZON PATIRI” – O‘zbekistonning 20-GEOGRAFIK KO‘RSATKICHI! 🇺🇿

Adliya vazirligi tomonidan Zomin qozon patiri geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Geografik ko‘rsatkich – bu mahsulotning ma’lum hududga xosligini va sifatini huquqiy jihatdan himoya qiluvchi belgi. U mahsulotning kelib chiqish joyini, an’anaviy retseptini va o‘ziga xos xususiyatlarini davlat darajasida kafolatlaydi.

Zomin qozon patiri – Jizzax viloyatining Zomin tumanida qadimdan tayyorlanadigan non mahsuloti bo‘lib, alohida qorilgan xamir, mahalliy sut va saryog‘ bilan qozonda pishiriladi. U o‘zining noyob ta’mi va sifat xususiyatlari bilan ajralib turadi.

Endi “Zomin qozon patiri” O‘zbekiston davlat reyestrida 20-geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, uning nomi, sifati va kelib chiqish manbai qonuniy himoyaga ega bo‘ladi.

ℹ️ Bu hududiy brendni rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va iste’molchilarga sifatli, original mahsulotni taqdim etishga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

"Ma'rifat" MFY jinoyatchilikdan holi hududga aylanadi

- Bizning MFY Farg‘ona shahrida eng yirik yig‘inlardan biri. 2 ming 46 ta xonadonlarda 6 ming 431 nafar fuqarolar istiqomat qiladi, - deydi Farg‘ona shahridagi “Maʼrifat” mahalla fuqarolari yig‘ini raisi Dilhusha Mamajonova.
- Mahallamizni xavfsiz hududga aylantirish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi vakillari kelishib har bir xonadondan masalalar, huquqiy muammolar va takliflarni o‘rganishmoqda.


🔸Darhaqiqat, "Qizil" toifaga kiritilgan "Ma'rifat" MFYda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1 sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.

🔹Adliya xodimlari tomonidan "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda hududni qizil toifadan chiqarish, huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli bo‘lganlarga huquqiy - ijtimoiy, tibbiy - psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha mahallaning A.Navoiy, Al Farg‘oniy, Mirobod, Nurobod, Oftob, O‘zbekiston, Yuksalish ko‘chalarida yashovchi aholiga huquqiy tushunchalar berildi.

🔸Shuningdek, "Ma'rifat" mahallasida uyma-uy yurgan holda aholi muammolari o'rganildi. Mazkur hududda joylashgan 30 dan ortiq korxona, tashkilot va muassasalarda ham jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

🔹Targ'ibot tadbirlarida mahalladagi yoshlarga kiberxavfsizlik, bezorilik, badanga yengil, o‘rta va og‘ir tan jarohati yetkazish hamda firibgarlik jinoyatlari va huquqiy oqibatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

🔸O'rganish va targ'ibot tadbirlari davom etmoqda...

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM