ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.43K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Guliston shahar adliya bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirilishi munosabati bilan press-tur tashkil etildi

🔘Yangi binoda fuqarolar va tadbirkorlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Xizmat ko‘rsatish zalida bir vaqtning o‘zida 17 ta qabul oynasi orqali 400 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatiladi.

🔘Shuningdek, elektron navbat tizimi, axborot kioskasi, mini-kutubxona va Wi-Fi hududi, maslahat xizmatlari va huquqiy axborot stendlari, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilgan yo‘laklar, kutish zallari va mobil qurilmalar uchun quvvatlagich joylari mavjud. Kelin-kuyovlar uchun maxsus fotosuratga tushish maydoni - fotozona tashkil etilganini esa yangicha yondashuv sifatida e’tirof etish mumkin.

🔘Milliy an’analar va zamonaviy dizayn uyg‘unlashgan bu maydon yosh oilalarning eng unutilmas lahzalarini tarix zarvaraqlarida muhrlab qoldirishga xizmat qiladi.

▶️Batafsil👈

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Avval xabar berganimizdek, Qoraqalpogʻistonda 267 nafar fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan uy-joylariga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi.


🔵Shu munosabat bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari A.Prenov tomonidan Kegeyli tumani, Xalqabad MFYda 51 fuqaroga yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan huquqlarini e'tirof etish bo‘yicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi qarori tantanali tarzda topshirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash instituti;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🏆 “5 sportchi – 5 brend: G‘alaba faqat maydonda emas!”

Sport olamida o‘z nomini brendga aylantirgan afsonalar bilan tanishing. Ular faqat mashhur emas, balki muvaffaqiyatli tadbirkorlar ham!

1. Michael Jordan – “Jordan Brand” (Nike)

🏀 Afsonaviy basketbolchi.
🔥 Nike bilan hamkorlikda yaratgan “Air Jordan” krossovkalari bugungi kunda ko‘p milliard dollarlik brend hisoblanadi.
💼 Har yili 100 million dollardan ortiq daromad oladi, hatto sportni tark etganiga 20 yildan oshgan bo‘lsa ham!
“Jordan” — nafaqat sport, balki moda va streetwear industriyasida ham yetakchi.
💬 Izoh: “Jordan faqat basketbolchi emas, u o‘z nomini global savdo belgisi darajasiga ko‘targan birinchi sportchi.”

2. Cristiano Ronaldo – “CR7”

⚽️ Futbol olamining eng mashhur yulduzlaridan biri.
👕 “CR7” brendi ostida: kiyim-kechak, atir, ichki kiyimlar, mehmonxonalar va hatto fitnes markazlari mavjud.
💰 U brendini ijtimoiy tarmoqlar orqali faol reklama qiladi – dunyodagi eng ko‘p kuzatuvchiga ega shaxs hisoblanadi.
💬 Izoh: “Ronaldo o‘zini faqat maydonda emas, bozorda ham tanita oldi.”

3. Maria Sharapova – “Sugarpova”

🎾 Dunyoning eng taniqli tennischilaridan biri.
• 2012 yilda o‘zining “Sugarpova” nomli premium konfet brendini ochdi.
• Har yili 20 million dollar daromad ko‘radi, mahsulotlari 30 dan ortiq davlatda sotiladi.
• Brend dizayni, tabiiyligi va yuqori sifati bilan ajralib turadi.
💬 Izoh: “Sharapova nafaqat kortda chempion, balki u shirinliklar imperiyasining asoschisi.”

4. Conor McGregor – “Proper No. Twelve”

🥊 UFC yulduzi, irlandiyalik jangchi.
• 2018 yilda o‘zining Proper No. Twelve viski brendini yaratdi.
• 2021 yilda brendning ulushlarini 600 million dollarga sotdi.
• UFC tarixidagi eng yuqori gonorar olgan jangchilardan biri bo‘lib, biznes orqali boyligini bir necha barobarga oshirdi.
💬 Izoh: “McGregor ringdan tashqarida ham million dollarlik zarba bera oladi.”

5. Lewis Hamilton – “+44”, “Neat Burger”, media va moda brendlari

🏎 Formula 1 tarixidagi eng muvaffaqiyatli poygachilardan biri.
+44 fashion line, Neat Burger (vegan fast food) va kino-prodaksion studiya – hammasi uning bizneslari.
• Hamilton tadbirkorlik orqali ekologik, etik va inklyuziv qadriyatlarni ilgari surmoqda.
💬 Izoh: “Hamilton – biznesda ham eng zo‘r poygachi.”

Ular shunchaki mashhur sportchi yoki millioner emas — ular ishlab chiqaruvchi, ta’sir ko‘rsatuvchi va yaratib beruvchi shaxslar.

📣 Siz ham o‘zingizning brendingizni yarating va ulardan ilhom oling! 🏁

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev Toshkent shahrining Bektemir va Mirobod tumanlarida bo'ldi.

🔸Vazir o‘rinbosari o'rganish davomida Bektemir tumanida yangi qurilayotgan adliya binosining qurilish ishlari sifati, loyiha talablariga rioya qilinishi holatlari bilan tanishdi. Yangi bino foydalanishga topshirilgach, adliya bo‘limlari faoliyati yanada samarali, fuqarolar uchun qulay bo'ladi.

🔹Shuningdek, Mirobod tuman davlat xizmatlari markazi binosini zamonaviy talablarga mos keladigan, fuqarolarga qulay sharoitlar yaratilgan holatga keltirish rejalashtirilgan hujjat loyihalari o‘rganildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 Raqamli texnologiyalar yuridik sohani o‘zgartirmoqda. Siz ham bu jarayonning bir qismiga aylanishni xohlaysizmi?

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan “Legal Tech” va sun’iy intellekt bo‘yicha kompleks malaka oshirish kursi tashkil etilmoqda!

🔍 Kursdan nimalarni o‘rganasiz?
– Yuridik jarayonlarni avtomatlashtirish;
– Sun’iy intellektdan huquqiy faoliyatda foydalanish;
– Big Data va huquqiy tahlil;
– “Legal Tech” platformalari bilan ishlash amaliyoti.

🕘 O‘qish shakli: An’anaviy va masofaviy

📜 Kurs yakunida – sertifikat beriladi!

🎯 Kimlar uchun?
Adliya organlari, advokatlar, notariuslar, yuridik xizmat xodimlari, pedagoglar va zamonaviy texnologiyalarni egallashni istagan har bir yurist uchun!

📲 Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot:
📞 +998 71 234-53-46
+998 91 191 47 84

📈 Kelajak yuridik kasb bilangina emas, raqamli yondashuvlar bilan shakllanadi. Siz orqada qolmang – hoziroq qo‘shiling!

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
#Adliya_xabari

📣 Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan 2025-yilning 29-iyul kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazilishi munosabati bilan malaka imtihoni jarayoni soat 10:00 dan boshlab videotasvirga olinib, internet tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from HUQUQ TA'LIMI
#yangilik

🎉"HUQUQSHUNOSLIK" fan olimpiadasi o'tkaziladi.

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2025-yil 11-iyuldagi qo'shma qarori bilan "Adliya vazirligi tomonidan otaliqqa olingan umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida "Huquqshunoslik" fan olimpiadasini o'tkazish tartibi to'g'risida"gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko'ra, Olimpiadaning maqsad va vazifalari:
- maktablarning bilimli va iqtidorli o'quvchi-yoshlarini aniqlash va ularning intellektual salohiyatini oshirish;
- o'quvchilar o'rtasida do'stlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash;
- huquqshunoslik fanlariga va sohasiga qiziqishini yanada orttirish hisoblanadi.


‼️Olimpiadani o'tkazish va g'oliblarni taqdirlash tartibi keyingi postlarda...

Kanalga ulanish:
👉@huquq_talimi