#adliya_aralashgach
✅ Paxtaobod tumani adliya bo‘limiga "Rich mir" mas’uliyati cheklangan jamiyati Shahrixon tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasidan vujudga kelgan haqdorlikni undirib berishda amaliy yordam so'rab qilgan murojaati o'rganib chiqildi.
✅ Xususan, tomonlar o'rtasida tuzilgan shartnomaga asosan, "Rich mir" mas’uliyati cheklangan jamiyati to'liq bajargan bo'lishga qaramasdan Shahrixon tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan tegishli to'lovlar amalga oshirilmagan.
✅ O‘rganish yakuni bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo iqtisodiy sudiga tadbirkor manfaatini ko‘zlab da’vo ariza kiritildi.
✅ Da’vo ariza sud tomonidan ko‘rib chiqilib, javobgar Shahrixon tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi hisobidan "Rich mir" mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga 1 mlrd. 980 mln. 335 ming 703 so‘m qarzni undirib berilishi belgilandi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Adliya aralashuvi bilan tadbirkor foydasiga 1 mlrd. 980 mln. 335 ming 703 so‘m pul mablag'lari to'lab berildi!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tadbikorlar_bilan_uchrashuv
Adliya vaziri o'rinbosari Maxmud Istamov Navoiy viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning huquqiy muammolarini o'rganmoqda.
🔹Hududdagi tadbirkorlarning huquqiy muammolarini o'rganish maqsadida tashkil etilgan uchrashuv tadbirkorlar uchun manfaatli bo'ldi. Navoiy shahrida bo'lib o'tgan muloqot davomida ular bir qator takliflar va masalalarning ijobiy yechimiga huquqiy ko'mak so'rashdi.
🔹Xususan, davlat xizmatlari markazlarida reklama joyi pasportini olish, kredit tarixini yaxshilish, ijara to'lovlarini amalga oshirishda imtiyoz qo'llash, mulkiy munosabatlarga oid murojaatlar shular jumlasidan.

#Adliya_xabari
Farg'onada 165 nafar shaxsning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e'tirof etildi.
✅ Xalq deputatlari Farg'ona viloyati Kengashining joriy yil 16-iyul kungi navbatdagi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko'rib chiqildi.
✅ Mazkur sessiyada Beshariq, Bag'dod, Buvayda, Dang'ara, Furqat, Oltiariq, O'zbekiston, Qo'shtepa, Rishton, Toshloq, Uchko'prik, Yozyovon, Farg'ona tumanlarida jami 165 nafar fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo'yicha engash qarori qabul qilindi.
✅ Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarining mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq hujjatlarni ishlab chiqishdagi muammolar kamayadi, bozorda qonuniy kapital aylanmasi paydo bo‘ladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
✅ Ma’lumot uchun, qonun ijrosi bo‘yicha shu kunga qadar viloyatimizda 78 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etilgan edi.
✅ Qonun ijrosi Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, kelgusida ham viloyatning barcha hududlarida huquqlarni e’tirof etish ishlari davom etadi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Farg'onada 165 nafar shaxsning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e'tirof etildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
✅ Adliya vaziri Guliston shahridagi huquq sinfi faoliyati bilan tanishdi
🔸Adliya vaziri Akbar Tashkulov Guliston shahridagi 18-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Huquq sinfi” faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida maktabga tashrif buyurdi.
🔹Vazir sinfda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirar ekan, bunday loyihalar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda huquqshunoslik kasbiga qiziqish uyg‘otishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
🔸Shuningdek, Guliston shahridagi umumta'lim maktablarining "Davlat va huquq asoslari" fani o'qituvchilari bilan suhbatlashib, huquqiy ta'limni yanada rivojlantirish yuzasidan ularning taklif va mulohazalarini tingladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔸Adliya vaziri Akbar Tashkulov Guliston shahridagi 18-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Huquq sinfi” faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida maktabga tashrif buyurdi.
🔹Vazir sinfda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirar ekan, bunday loyihalar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda huquqshunoslik kasbiga qiziqish uyg‘otishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
🔸Shuningdek, Guliston shahridagi umumta'lim maktablarining "Davlat va huquq asoslari" fani o'qituvchilari bilan suhbatlashib, huquqiy ta'limni yanada rivojlantirish yuzasidan ularning taklif va mulohazalarini tingladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
✅ Adliya vazirining o‘rinbosari N.Muxammadiyev namanganlik tadbirkorlar bilan muloqot olib bordi
🔸Adliya vaziri o‘rinbosari Namangandagi mahalliy tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning faoliyati davomida duch kelayotgan huquqiy va amaliy muammolarini tingladi.
🔹Tadbirkorlar asosan soliq imtiyozlari, yer ajratish, kredit olishdagi to‘siqlar, kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlaridagi muammolar, shuningdek, litsenziyalash tizimidagi byurokratik holatlardan shikoyat qilishdi. N.Muhammadiyev har bir murojaatni alohida qayd etib, tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
🔸Sayyor qabul davomida mas'ullar tomonidan 35 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari qabul qilindi, shundan 17 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, 5 nafar murojaatchining muammolari joyida hal etildi, 5 ta murojaat tegishliligi bo'yicha taalluqli tashkilotlarga yuborildi, o'rganish talab etilgan 8 ta murojaat koʻrib chiqish uchun ish yurituviga qabul qilindi.
🔹Sayyor qabul yakunida, Adliya vazirligi har doim tadbirkorlarning huquqiy manfaatlarini himoya qilish, ularning faoliyati uchun qulay huquqiy muhit yaratish yo‘lida amaliy choralar ko‘rishini ta’kidladi. Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tdi, ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha aniq yechimlar belgilab olindi.