ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Adliya vaziri o'rinbosari M.Istamov Jizzax viloyati Arnasoy tumanida tashkil etilgan "Adliya sayli" tadbirida ishtirok etdi.

🔸Mazkur tadbir hudud aholisini birinchi navbatda yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatidan xabardor qilish, huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida tashkil qilingan bo'lib, shu bilan birga aholiga davlat xizmatlaridan foydalanish, yo'nalishlar bo'yicha huquqiy maslahatlar olish, advokat, huquqshunos, notarius, mediator, psixolog xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yaratdi. Huquqiy viktorina o'yinlarida faol ishtirok etgan fuqarolarga esdalik sovg'alari taqdim etildi.

🔹Tadbir davomida sayyor qabul ham tashkil etilib, 40 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Davlat xizmatlari va FHDY sohasiga taalluqli bo'lgan 10 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi. Boshqa murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirish berilib, o'z sohalariga yo'naltirgan holda ijrosi nazoratga olindi.

🔸Arnasoy tumanining "G'oliblar" mahallasi misolida huquqiy axborotni eng samarali usulda, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda aholiga tezkor, qulay va sodda tilda yetkazish borasida yangi tajribalar yuzasidan taqdimot namoyish etildi. Unda texnika imkoniyatlaridan oqilona foydalangan holda ma'lumotlarni yetkazish tezligi va qamrovini oshirish borasida aniq takliflar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti (BIMT) a’zo davlatlar Bosh assambleyasining 66-sessiyasi doirasida adliya vaziri A. Tashkulov va BIMT Bosh direktori janob D. Tang o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazildi.

🔸Uchrashuvda janob D. Tangning may oyida O‘zbekistonga amalga oshirilgan rasmiy tashrifi davomida erishilgan hamkorlik tashabbuslari muhokama qilindi. Jumladan, 2027 – 2030-yillarga mo‘ljallangan yangi Milliy intellektual mulk strategiyasini ishlab chiqish, istiqbolli geografik ko‘rsatkichlarni aniqlash, ularni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish va targ‘ib qilish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

🔹Shuningdek, joriy yilning sentyabr – oktabr oylarida “Tadbirkor ayollarni o‘qitish, murabbiylik qilish va hamkorlarni tanlash” dasturi loyihasining yakunlovchi bosqichini o‘tkazish masalasi muhokama qilindi. Ushbu muhim tadbirni Toshkent yoki Samarqand shaharlarida tashkil etish taklif etildi.

❗️Ma’lumot uchun: 2024-yil 3-sentabrdan 2025-yil 31-yanvargacha davom etgan BIMTning “Tadbirkor ayollarni o‘qitish, murabbiylik qilish va hamkorlarni tanlash” onlayn dasturida o‘zbekistonlik tadbirkor ayollarning ishtiroki ta’minlandi.

🔹Shu bilan birga, adliya vaziri BIMT bosh direktoriga barcha hamkorlik yo‘nalishlarida ko‘rsatilayotgan doimiy ko‘mak uchun minnatdorchilik bildirdi hamda O‘zbekistonning geografik ko‘rsatkichlarini keng targ‘ib qilish maqsadida 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Bosh assambleya yig‘ilishi doirasida BIMT binosida maxsus ko‘rgazma tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.

🔸Uchrashuv doirasida muhim hujjat – BIMTning Arbitraj va Mediatsiya markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

🔹Mazkur memorandum intellektual mulk sohasidagi nizolarni xalqaro standartlar asosida, muqobil nizolarni hal etish vositalaridan foydalangan holda hal etishga, shuningdek, mahalliy mediatorlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan.

🔸Uchrashuv BIMT va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim qadam bo‘ldi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vaziri o'rinbosari Arnasoy tuman adliya bo'limi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi

🔸Yuzma-yuz muloqot davomida xodimlarning o‘z funksional vazifalari bo'yicha amalga oshirishi kerak bo‘lgan ishlari yuzasidan fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.

🔹Shuningdek, aholi orasida eng ko’p duch kelinadigan muammolardan kelib chiqib, ularni hal etish yo’llari, fuqarolarga sifatli va tezkor xizmat ko’rsatish borasidagi fikrlari ma’qullandi.

🔸Adliya vaziri o'rinbosari tomonidan ish sifati va samaradorligini oshirish bo'yicha aniq tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, bugunda ular uchun yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanishlari, barcha qulayliklarga ega bino, zamonaviy va shinam xonalarda ish faoliyatini olib borar ekan zimmalariga yuklatilgan vazifalarga sitqidildan yondashishlarini ta’kidlab o’tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“ZOMIN QOZON PATIRI” – O‘zbekistonning 20-GEOGRAFIK KO‘RSATKICHI! 🇺🇿

🔸Adliya vazirligi tomonidan Zomin qozon patiri geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

🔹Geografik ko‘rsatkich – bu mahsulotning ma’lum hududga xosligini va sifatini huquqiy jihatdan himoya qiluvchi belgi. U mahsulotning kelib chiqish joyini, an’anaviy retseptini va o‘ziga xos xususiyatlarini davlat darajasida kafolatlaydi.

🔸Zomin qozon patiri – Jizzax viloyatining Zomin tumanida qadimdan tayyorlanadigan non mahsuloti bo‘lib, alohida qorilgan xamir, mahalliy sut va sariyog‘ bilan qozonda pishiriladi. U o‘zining noyob ta’mi va sifat xususiyatlari bilan ajralib turadi.

🔹Endi “Zomin qozon patiri” O‘zbekiston davlat reyestrida 20-geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, uning nomi, sifati va kelib chiqish manbai qonuniy himoyaga ega bo‘ladi.

🔸Bu hududiy brendni rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va iste’molchilarga sifatli, original mahsulotni taqdim etishga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi mas'ullari Farg‘ona viloyatida Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyati bilan tanishmoqda

🔸Qo'qon shahridagi Davlat xizmatlari markazidagi fuqarolar va tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar va uning samaradorligini o‘rganildi.

🔹Davlat xizmatchilari va markazga tashrif buyurgan aholi hamda tadbirkorlik subyektlari bilan yuzma-yuz muloqot qilib, sohani rivojlantirish, yangi xizmatlarni joriy etish va xizmat sifatini yaxshilash yuzasidan takliflar tinglandi.

🔸Bundan tashqari, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlarning faoliyatini takomillashtirish, fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklarni yanada yaxshilash, fuqarolar bilan xushmuomalalik bilan muloqotda bo‘lish yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM