🔸Adliya vazirligi tashabbusi bilan Chortoq tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi misolida tashkilotlar faoliyatini huquqiy jihatdan taʼminlash orqali namunaviy ish yuritish tizimini yoʻlga qoʻyish, ularning faoliyatida qonuniylikni toʻliq taʼminlash boʻyicha “Namunaviy tashkilot” loyihasi amalga oshirilmoqda.
🔹Loyiha doirasida Nazorat qiluvchi organlar mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzilib, Boʻlim faoliyatini sanitariya-epidemiologik, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan minimal talablar asosida tashkil etish choralari ko'rilmoqda.
🔸"Namunaviy tashkilot" loyihasida erishilgan yutuqlar respublika miqyosida ommalashtirilishi ta'minlanadi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Andijon_viloyati
✅ Adliya vazirligi mas'ullari Andijon viloyatida xizmat safarida bo'lib turishibdi
🔸Safar davomida tadbirkorlar bilan uchrashib, “Notariat institutini yanada rivojlantirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror loyihasining mazmun-mohiyati, amaliy ahamiyati va kutilayotgan natijalari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
🔹Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi bilan birgalikda Andijon shahridagi xususiy notarius faoliyati bilan tanishib, notarial harakatlar davomida, elektron raqamli imzo va videoaloqa orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ularning huquqiy asoslari hamda texnik ta’minoti o‘rganildi.
🔸Bundan tashqari, Andijon viloyat adliya boshqarmasi Andijon viloyatida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar ishtirokida seminar tashkil etildi.
🔹Seminarda notariat tizimini raqamlashtirish, xizmatlar sifatini oshirish, huquqiy yordamning ochiqligi va qulayligini ta’minlash kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

🔸Mazkur tadbir hudud aholisini birinchi navbatda yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatidan xabardor qilish, huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida tashkil qilingan bo'lib, shu bilan birga aholiga davlat xizmatlaridan foydalanish, yo'nalishlar bo'yicha huquqiy maslahatlar olish, advokat, huquqshunos, notarius, mediator, psixolog xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yaratdi. Huquqiy viktorina o'yinlarida faol ishtirok etgan fuqarolarga esdalik sovg'alari taqdim etildi.
🔹Tadbir davomida sayyor qabul ham tashkil etilib, 40 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Davlat xizmatlari va FHDY sohasiga taalluqli bo'lgan 10 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi. Boshqa murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirish berilib, o'z sohalariga yo'naltirgan holda ijrosi nazoratga olindi.
🔸Arnasoy tumanining "G'oliblar" mahallasi misolida huquqiy axborotni eng samarali usulda, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda aholiga tezkor, qulay va sodda tilda yetkazish borasida yangi tajribalar yuzasidan taqdimot namoyish etildi. Unda texnika imkoniyatlaridan oqilona foydalangan holda ma'lumotlarni yetkazish tezligi va qamrovini oshirish borasida aniq takliflar berildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM