ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#oyning_eng_yaxshi_xodimi

Adliya vazirligida oyning eng yaxshi xodimi aniqlandi

🔸Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi bosh maslahatchisi Xamraqulov Shavkatjon Salimovich 2025-yilning iyun oyi uchun vazirlik tomonidan oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi deb topildi.

🔹Shavkatjon Xamraqulov 2010-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2014-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasini tamomlagan, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

🔸Adliya vazirligi tizimida mehnat faoliyatini 2008-yilda TDYI Ichki nazorat va monitoring bo‘limi noziri lavozimidan boshlagan.
▪️2010-2013-yillar TDYU devonxona mudiri;
▪️2013-2016-yillarda TDYU Xodimlar bo‘limi boshlig‘i, Mehnat va ijtimoiy ta’minot huquqi kafedrasi o‘qituvchisi;
▪️2016-2018-yillarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Yuridik bo‘limi yetakchi yuriskonsulti;
▪️2018-2019-yillarda Toshkent shahar adliya boshqarmasi Kadrlar bo‘limi boshlig‘i;
▪️2019-2021-yillarda TDYU Ixtisoslashtirilgan filiali dekani;
▪️2021-2022-yillarda TDYU Xususiy huquq fakulteti dekan o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
▪️2022-yildan buyon Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasining bosh maslahatchisi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

🔹Shavkatjon Xamraqulov normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, mehnat qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha ko‘plab loyihalarda samarali faoliyat yuritmoqda.

🔸Vazirlik jamoasi Shavkatjon Xamraqulovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_munosabat

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Adliya vazirligi “Tashkent law Spring” tadbiri doirasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan shartnomalar asosida pul sarflabdi” mazmunida xabarlar tarqalmoqda.

Bu borada vazirlik quyidagilarni ma’lum qiladi.

Yana bir bor eslatib o‘tamiz, “Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumi homiylar va ishtirokchilar tomonidan ro‘yxatdan o‘tish uchun amalga oshirilgan to‘lovlar hisobiga o‘tkazilgan bo'lib, byudjet mablag‘lari sarflanmagan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3953-son qarori bilan Davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxati tasdiqlangan.

Bunda, xalqaro va davlatlararo darajadagi tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar ham ushbu ro‘yxatda (28-band) alohida ko‘rsatib o‘tilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

📣 Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev Xorazm viloyatiga safari davomida Bog'ot va Xonqa tumani adliya bo‘limida bo'ldi.

🔰 Xizmat safari davomida adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi va FHDY bo‘limi xodimlari bilan suhbatlashib, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashdi.

Markaz faoliyati, undagi texnik va tashkiliy sharoitlar, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda ularni olishda qulayliklar mavjudligi o‘rganildi, davlat xizmatlari ko‘rsatishda shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, aholi uchun qulay xizmat muhitini yaratish yuzasidan markaz rahbariyati va mas’ul xodimlarga tegishli ko'rsatmalar berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Elikqal’a tumanida “Yoshlar sayli” tadbiri o‘tkazildi.

🔸Sayl “Salomatlik uchun besh ming qadam” sport tadbiri bilan boshlandi.

🔹Bundan so‘ng, Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri E.Tursunov so‘zga chiqib, Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan yoshlarga berilayotgan imtiyozlar, ayniqsa Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar haqida aytib o‘tdi.

🔸Saylda davlat idoralari tomonidan sayyor qabul, “Uch avlod uchrashuvi”, harbiy orkestrlar ijrosida konsert dasturi, mehnat yarmarkasi, tadbirkorlarning qo‘l mehnati mahsulotlari ko‘rgazmasi, tibbiy ko‘rik, huquqni muhofaza qilish organlarining harbiy chiqishlari, harbiy qurollar ko‘rgazmasi, “Dolzarb 90 kun” doirasida yoshlarda huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish tuyg‘ulari va huquqiy bilimlarini kuchaytirish, intellektual tafakkurini rivojlantirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini va “Ranglar jilosi” rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

🔹Shuningdek, sayl davomida FHDY bo‘limi tomonidan yosh kelin-kuyovlar, ko‘p yillardan beri turmush muammoliriga uchrab nikohdan o‘tmagan yana bitta oila nikohdan o‘tkazilib nikoh guvohnomasi topshirildi.

🔸Tuman hokimligi va boshqa mutasaddi idoralar bilan birgalikda nogironligi bo‘lgan 2 ta fuqaroga nogironlik aravachalari topshirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Namunaviy tashkilot" loyihasi amalga oshirilmoqda.

🔸Adliya vazirligi tashabbusi bilan Chortoq tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi misolida tashkilotlar faoliyatini huquqiy jihatdan taʼminlash orqali namunaviy ish yuritish tizimini yoʻlga qoʻyish, ularning faoliyatida qonuniylikni toʻliq taʼminlash boʻyicha “Namunaviy tashkilot” loyihasi amalga oshirilmoqda.

🔹Loyiha doirasida Nazorat qiluvchi organlar mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzilib, Boʻlim faoliyatini sanitariya-epidemiologik, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan minimal talablar asosida tashkil etish choralari ko'rilmoqda.

🔸"Namunaviy tashkilot" loyihasida erishilgan yutuqlar respublika miqyosida ommalashtirilishi ta'minlanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM