#Adliya_hudud
✅ Adliya vazirligi mas'ullari fuqarolarga davlat xizmatlari ko'rsatmoqda
🔹 Adliya vazirligi mas'ul xodimlari tomonidan Toshkent viloyatidagi Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY bo'limlari faoliyati o'rganildi. Dastlab, fuqarolar va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy texnik baza, mavjud qulayliklar bilan tanishildi.
🔸 Xizmat ko'rsatish sifatini yanada yaxshilash, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, xizmatlar turini kengaytirish maqsadida fuqarolar va tizim xodimlarining fikr-mulohazalari hamda takliflari tinglandi.
🔹 Jarayonda aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko'rsatilib, tizimdagi mavjud muammo va kamchiliklar aniqlandi. O'rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

#Adliya_xabari
✅ Joriy yilning 9-iyul kuni Adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Kadastr agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mas’ul vakillari, xorijiy ekspertlar bilan birgalikda “Ko‘p kvartirali uylar va boshqa ko‘chmas mulk obyektlarini ulush kiritish asosida qurishda ishtirok etish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
✅ Uchrashuv ko‘p kvartirali uylar hamda boshqa ko‘chmas mulk obyektlarini ulush kiritish asosida qurishni huquqiy tartibga solish masalalarini takomillashtirishga bag‘ishlandi.
✅ Ta’kidlash joizki, mazkur qonun loyihasi aholini turar joy bilan ta’minlash, qurilish sohasida investorlar va fuqarolarning huquqiy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ulush kiritish jarayonlarini shaffof va samarali tashkil etishga qaratilgan.
✅ Mazkur uchrashuv O‘zbekistonda qurilish va ko‘chmas mulk bozorini yanada isloh qilish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash va fuqarolarning huquqlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlar jarayonida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Uchrashuv yakunida qonun loyihasini yanada takomillashtirish bo‘yicha bir qator aniq takliflar ishlab chiqildi. Xususan, kelgusida ekspertlar ishtirokida qo‘shimcha muhokamalar o‘tkazish, xalqaro tajriba va milliy huquqiy amaliyotni hisobga olgan holda loyihani takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔹Adliya vazirligi va Andijon viloyati adliya boshqarmasi xodimlari Andijon viloyatida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlarga o‘z brendiga ega bo‘lish va hunarmandlar tomonidan yaratilgan mahsulotlarni geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun amaliy yordam ko‘rsatdi.
🔸Xususan, Andijon shahrida faoliyat olib boruvchi “Lazeez” MChJ umumiy ovqatlanish maskaniga Lazeez xizmat ko‘rsatish belgisiga guvohnoma olish uchun duch kelayotgan muammolarni hal etishda huquqiy tushuntirishlar berildi.
🔹Shuningdek, “Mashinasozlik va elektrotexnika” maxsus sanoat zonasida faoliyat olib boruvchi “Kvanji” MChJ (Kvanji), “Avtospring” MChJ (Kova), “Andijon yashil energiya” MChJ (AYE Solor) belgilarini tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishda huquqiy tushuntirishlar berilib,"K&M” MChJga esa (K&M) belgisini joyida talabnoma topshirishda ko‘maklashildi.
🔸Bundan tashqari, Shahrixon shahrining o‘ziga xos an’analari asosida ko‘p yillar davomida tayyorlanib, O‘zbekistonda mashhurlikka erishgan “Shahrixon pichoqlari”ni geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hunarmandlar bilan uchrashib, ularga talabnoma topshirish yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚖️ Farg'ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Dang‘ara tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan jarima jazosi tayinlandi.
‼️Ma’lumot uchun, qonunchilikka muvofiq muallif huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.
📣 Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
❓Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash tartibidan xabardormisiz?
✅ Davlat xizmatidan foydalanish uchun talabgor Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.
🏛 Vakolatli organ: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi.
💻Kasbiy sertifikat olish uchun talabgor kompyuterda test shaklida nazorat sinovi topshirishi lozim.
🗓Nazorat sinovi har yili mart - may oylarida o‘tkaziladi.
💰Birinchi marta nazorat sinovida ishtirok etish bepul.
🧾Nazorat sinovi yakunlari bo‘yicha kasbiy sertifikat rasmiylashtiriladi.
⏳Kasbiy sertifikat cheklanmagan muddatga beriladi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoniga asosan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik kasblariga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan talabgorlarni kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etilgan.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔸2025-yil 9-iyul kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulov hamda Vengriya Intellektual mulk idorasi (HIPO) prezidenti Farkash Sabolch intellektual mulk sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Anglashuv memorandumini imzoladilar.
❗️Ma’lumot o‘rnida, Vengriya Intellektual mulk idorasi (HIPO) – Vengriyada intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha mas’ul markaziy davlat organi hisoblanadi. U 1896-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda Madaniyat va innovatsiyalar vazirligiga bo‘ysunadi. HIPO patentlar, tovar belgilari, dizaynlar va mualliflik huquqi kabi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi.
🔹Imzolangan Anglashuv memorandumi doirasida intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish, axborot, va tajriba almashish, kadrlar tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlarida hamkorlik qilish, shuningdek, jamoatchilik o‘rtasida intellektual mulk haqida xabardorlikni oshirish, intellektual mulk infratuzilmasini rivojlantirish va raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔸Uchrashuvda intellektual mulk sohasidagi istiqbolli loyihalar, xususan 2027–2030-yillarga mo‘ljallangan Intellektual mulk milliy strategiyasini ishlab chiqish, geografik ko‘rsatkichlarni xalqaro miqyosda tan olish, milliy mutaxassislarning malakasini oshirish va BIMT faoliyatiga mahalliy ekspertlarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.
🔹Bundan tashqari, Bosh assambleya doirasida O‘zbekiston va Qozog‘iston adliya vazirliklari o‘rtasida ham ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida amaldagi hamkorlik hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashildi va qo‘shma tashabbuslar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM