ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

“Notariat to‘g‘risida”gi Qonunning 15-2-moddasiga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi malaka komissiyasining 2025-yil 26-iyundagi 8-son majlis qaroriga asosan Chimboy tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius N.Mambetniyazovaga (QR0020, 23.04.2020-yil) litsenziyasining amal qilishi hamda notarius maqomi 2025-yil 26- iyun kunidan 15 (o’n besh) kun muddatga to‘xtatildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Intellektual mulk obyektlarini muhofaza va himoya qilish yuzasidan tadbirkorlarga huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Xususan, Farg'onada Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti va viloyat adliya boshqarmasi mas'ullari tomonidan "Qo'qon erkin iqtisodiy zonasi" va "Boboshbek iqtisodiy savdo kompleksi"da faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga oʻz intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma topshirish hamda ularni himoya qilish masalalarida amaliy yordam berildi.

Misol uchun, "Xudoyorxon 2022" OK, "Imron Salmon 2014" MChJ, "Yunusova Dilnoza Abobakirovna" ОК, Yakka tartibdagi tadbirkorlar Xabibov Xabibullo Xikmatullayevich va Egamberdiyeva Ozodaxon Abobakirovnalar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, "Ailem baby" oilaviy korxonasining "Ailem" belgisini tovar belgisi sifatida ro'yxatdan o'tkazish uchun joyida amaliy yordam ko'rsatildi. "Qo'qon erkin iqtisodiy zonasi"da faoliyat yuritayotgan "KHAT DECOR" MChJ firma nomi bilan bog'liq muammosi yuzasidan joyida murojaat olinib, adliya boshqarmasi ish yurituviga olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Sirdaryoda 19 nafar fuqaro uy-joyga egalik huquqini qo‘lga kiritdi.

🔹Sirdaryo viloyatida fuqarolarning uy-joy va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqiy maqomini mustahkamlash borasida yana bir muhim qadam tashlandi. Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashining qarori asosida 19 nafar fuqaroning yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan egalik huquqlari e’tirof etildi.

🔹Mazkur qarorga muvofiq, quyidagi tumanlarda yashovchi fuqarolar egalik huquqini qo‘lga kiritdi:
▪️Sayxunobod tumani – 3 nafar fuqaro
▪️Guliston tumani – 6 nafar fuqaro
▪️Boyovut tumani – 9 nafar fuqaro
▪️Mirzaobod tumani – 1 nafar fuqaro

🔹Endilikda ushbu hujjatlar fuqarolarga o‘z mulklariga doimiy ro‘yxatdan o‘tish, meros qoldirish, notarial bitimlar tuzish kabi huquqiy imkoniyatlardan to‘liq foydalanish imkonini beradi.

🔹Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17-kuni 6 nafar fuqaroning uy-joylariga bo‘lgan egalik huquqi qonuniy tarzda e’tirof etilgan edi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Navoiyda Adliya sayili

🔹Yoshlar kuni munosabati bilan viloyat markazidagi "Alisher Navoiy" bog‘ida Navoiy viloyat adliya boshqarmasi va shahar adliya bo‘limi tomonidan Adliya sayli tashkil etildi.

🔹Tadbir davomida sayyor qabul, mehnat yarmarkasi, hunarmandchilik mahsulotlari, huquqiy adabiyotlar, milliy madaniy markazlar, NNT vakillari qo‘l ishlari ko‘rgazmasi tashkil etilib, FHDY, notarius xizmati, davlat xizmatlari sayyor tartibda ko‘rsatildi.

🔹Yoshlar o‘rtasida viktorina, targ‘ibot aksiyalari o‘tkazilib, flayer va bukletlar tarqatildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'quvchi yoshlarning yozgi ta'tili maroqli o'tmoqda

🔹Toshkent davlat yuridik universiteti professor- o'qituvchilari tomonidan yoshlarning yozgi dam olishlarini maroqli o‘tkazish, ular o‘rtasida sog‘lom muhitni to‘g‘ri shakllantirish maqsadida respublikadagi oromgohlarda dam olayotgan yoshlаr uchun targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

🔹Mazkur tadbirda yoshlarning huquqiy madaniyatlarini mustahkamlash, huquq vа burchlаrini tushuntirish, qonunga itoatkorlik mаvzulаridа huquqiy viktorinalar, huquqiy mavzularda “Ha, Yo`q” savol-javoblar bo`lib o`tdi.

🔹Toshkent davlat yuridik universitetining oʻqituvchilari tomonidan o’tkazilgan uchrashuvda o’quvchilarning bilimlari, iste’dodi, kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlari sinovdan o’tkazildi va ularni rag’batlantirildi.

🔹Yoshlarga huquqning ilk tushunchalari, konstitutsiya, korrupsiyasiyaga qarshi kurashish, "Street law" mavzularida ma’lumotlar berilib, mavzuga oid bo'lgan videorolik namoyish etildi.

🔹Shuningdek, barcha tuman (shahar)lardagi maktablarda tashkil etilgan “Huquq sinflari”da bo`lib, Huquqiy maktab” va boshqa huquqiy loyihalarni targ‘ib qiluvchi bannerlar o'rnatildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM