ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.73K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tashkent_Law_Spring_2025

Sunʼiy intellekt va inson: mualliflik huquqi kimga tegishli boʻlishi yechilmayotgan muammo

Darya Kim
“Maks Plank” innovatsiyalar va raqobat institutining katta ilmiy xodimi


Sunʼiy intellekt mualliflik huquqlarini buzadimi? Menimcha, bu istisnolar va cheklovlarni qanday talqin qilishga bogʻliq. Bu boʻyicha juda kam sud amaliyoti mavjud. Agar himoya qilingan asarlar yoki boshqa materiallar sunʼiy intellekt tizimlarini ishlab chiqishda foydalanilsa, istisnolar va cheklovlar mezonlariga toʻliq javob bermaydi, deb oʻylayman. Ammo biz hozircha rasmiy qarorlarni kutmoqdamiz.

Sunʼiy intellektning raqamli kompaniyalar sohasidagi oʻrni yaxshi yoki yomon boʻlishi mumkin. Albatta, bu tadqiqot va ishlanmalarni, yaʼni innovatsiya jarayonini muayyan darajada yengillashtiradi. Agar u yangi dori vositalari yoki preparatlar ishlab chiqishda yordam bersa, u holda bu albatta katta foyda.

Intellektual mulk sohasida esa, masalan, oʻzini oʻzi boshqaruvchi avtomobil ixtiro qilindi, bu kashfiyotda AI va inson tafakkuri birgalikda qatnashgan. Agar bu qurilma bilan bogʻliq nimadir yuz bersa, kim javobgar boʻladi? – bunga hozircha yechim yoʻq.
Menimcha, asosiy xavf yoki muammo shundaki, maʼlum bir kashfiyotda hamisha ham haqiqiy ixtirochi bormi-yoʻqmi, yaʼni yetarli darajada hissa qoʻshgan inson bormi-yoʻqmi – bu aniq emas. Baʼzan juda oddiy hissa qoʻshgan shaxsni ham haqdor deb topish mumkin, bu esa toʻgʻri emas. Menimcha, bu aynan axborot texnologiyalaridagi muhim muammolardan biri.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“AIʼni faqat jinoyatchilarni jazolashda emas aybsizlarni aniqlashda ham qo‘llash mumkin”

O‘zbekiston sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish, ayniqsa uni sud-tibbiy ekspertiza sohasida to‘g‘ri ishlatish bo‘yicha muhim maʼlumot va tahlillarga ega deb o‘ylayman .

Mening taqdimotim DNK texnologiyasining og‘ir jinoyatlarni tergov qilishdagi rivojlanishi va ushbu texnologiyalarni qanday qilib to‘g‘ri ishlatish kerakligi haqida bo‘ldi. Bu faqat jinoyatchilar jazolanishi uchun emas, balki aybsiz insonlar ham adolatli tarzda munosabat ko‘rishi uchun muhimdir.

Menimcha, bu yerda biz AI’ni sud-tibbiy ekspertiza sohasida qo‘llashda qanday eng yaxshi huquqiy amaliyotlardan foydalanishni o‘rganamiz. Biz hozir boshqa davlatlardan, masalan O‘zbekistondan ham, ular bu texnologiyalarni qanday joriy qilayotganini o‘rganmoqdamiz.

Qozog‘iston ham o‘zlarining sun’iy intellekt tizimi haqida ma’lumot berdi, Turkiya esa kelgusidagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

Nor Aydora Sayedon
Osiyo sud ekspertiza tarmog'i prezidenti

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Insoniyat raqamlashtirish yoʼlidan borishi kerak”

Mening taqdimotim asosan transmilliy masalalarga, xususan metaversga qaratilgan edi.

Metavers — hududiy chegaralarga ega bo‘lmagan hodisa, shuning uchun men aytganlarim butun dunyo yurisdiksiyalari uchun dolzarb, muayyan bir davlatga emas, global miqyosda qiziqarli deb o‘ylayman.

Bu O‘zbekistonga va Toshkentga birinchi bor tashrifim edi. Tajribam esa, rostini aytsam, ajoyib bo‘ldi. Men uchratgan barcha odamlar nihoyatda samimiy va yuqori darajadagi professionallar. Bu yerda bo‘lganimdan chinakam hayratda qoldim.

Boshqa ishtirokchilarning chiqishlarini tinglash, ko‘plab insonlar bilan tanishish va ularning ishlari bilan hamkorlik qilish juda foydali bo‘ldi. Faqat ijobiy taassurotlar oldim.

Taqdimotimni tinglagan odamlardan juda chuqur fikrlar va qiziqarli mulohazalar eshitdim. Menimcha, insoniyat aynan shu yo‘ldan borishi kerak. Raqamlashtirish va ilg‘or g‘oyalar — kelajakda huquqiy masalalarni hal qilishning to‘g‘ri yo‘li deb hisoblayman.

Andrea Guacero,
Madrid Universitet huquq professori

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Dunyoda AI bilan bog‘liq jinoyatlar paydo bo‘lmoqda”

Mening taqdimotim sun’iy intellekt bilan bog‘liq jinoyatlar haqida boʻldi.

Mening mamlakatimda bu borada asosan nazariy tajriba mavjud, chunki AI (sun’iy intellekt) bo‘yicha bizda milliy qonunchilik yo‘q. Biz faqat Yevropa Ittifoqining AI Aktini qo‘llaymiz. Bu, albatta, Yevropa qonunchiligi bo‘lib, barcha Yevropa davlatlarida majburiy tarzda amal qilinishi kerak. Shu sababli biz unga amal qilamiz.

DNK  haqida gapiradigan boʻlsam, u jinoyatlar izlarini aniqlashda yordam beradi, tahlil qilinadi va jinoyatchilarni tezda aniqlash imkonini beradi. Shu ma’noda, texnologiya va sun’iy intellekt asosidagi jinoyatlarga qarshi kurashda DNK juda foydali vosita.

Men uchun bu juda qiziqarli boʻldi. Masalan, AQShda sun’iy intellektning jinoyat sohasida qo‘llanilishi, hali davom etayotgan sud jarayonlari haqida ma’lumotlar berildi. Bu men uchun juda qiziqarli va foydali bo‘ldi. Bu yerda bo‘lishdan juda xursandman va kelajakda yana qaytib kelish umididaman.

Elena Lazar
Buxarest universiteti huquq fakulteti oʻqituvchisi, advokat

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎭 Adliya vazirligidan bolajonlarga bayram sovg‘asi!

1-iyun — Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan Adliya vazirligi xodimlarining farzandlari uchun teatrda bayram tadbirini tashkil etildi.

Bolajonlar ertaknamo sahna ko‘rinishlari, musiqiy chiqishlar va sovg‘alarga boy dastur orqali haqiqiy bayram kayfiyatini his qilishdi.

🎈 Tadbirning maqsadi — oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va farzandlar qalbida quvonch uyg‘otish!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_OAVda

🎞 "O'zbekiston-24"  | “Iqtisod-24”

📥 1- Iyundan qonunchilikdagi o‘zgarishlar xususida

🎤 Zafarjon Raxmonov-
Pedagoglar markazi katta o‘qituvchisi

👉 Dastur to‘liq shaklda shu yerda mavjud

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Studiya 24 | Toshkent huquq bahori - 2025: yuridik islohotlar va global hamkorlik


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bir_murojaat_izidan
#Navoiy

📹Nafaqa puliga kun kechiradigan kishiga nafaqa summasini ortiqcha olganlik uchun qarzdorlik chiqarib berilsa sarosimaga tushishi tabiiy. Odatda bunday insonlar mablag'larini tejab oydan oyga yetkazadilar. Konimexlik Xadjimuratovlar xonadoniga ham qarzdorlikni undirish bo'yicha ogohlantirish xati keldi...Fuqaro murojaati adliya da'vo arizasi bilan sud tartibida ijobiy hal etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
📢 Hurmatli huquqshunoslar!

“Madad” NNT Pro bono loyihasiga huquqshunoslarni hamkorlikka chorlaydi.
Loyihaning maqsadi: kam ta’minlangan aholiga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish.

Sizni quyidagi imkoniyatlar kutmoqda:

🔘 Advice.uz portalimizda ko‘ngilli huquqshunoslar ro‘yxatiga kiritilasiz;
🔘 Advice.uz portali orqali faoliyatingiz yo‘nalishiga oid kelib tushgan huquqiy savollarga birgalikda yechim topib, fuqarolarga ushbu yo‘nalish bo‘yicha yetakchi huquqshunos — loyiha ishtirokchisi sifatida tanishtirib borilasiz;
🔘 Bepul huquqiy maslahatlar berish va huquqbuzarliklarning oldini olishda ishtirok etasiz.

📞 Murojaat uchun: [71 256-52-53]
📲 Telegram: [@probono_kungilli_huquqshunos]

👉 Batafsil o‘qing: www.advice.uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
“Tashkent Law Spring 2025” IV Xalqaro yuridik forumi hamkorlari va homiylariga minnatdorchilik


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Tashkent Law Spring 2025” IV Xalqaro yuridik forumini yuqori darajada oʻtkazishda qoʻllab-quvvatlaganligi va qoʻshgan munosib hissasi uchun forumning barcha hamkorlari va homiylariga chuqur minnatdorchilik bildiradi.

Mazkur forum huquq sohasidagi dolzarb tendensiyalar yuzasidan ochiq muloqot uchun xalqaro maydonga aylandi hamda jahon yuridik, ilmiy, biznes va IT jamoalarini birlashtirdi.

Sizning ishonchingiz va hamkorligingiz uchun samimiy minnatdorchilik izhor etamiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest

📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Kun_tarixi

Bugun, Akademik Xadicha Sulaymonova tavallud topgan kun.

1913-yil (bundan 112-yil oldin) – huquqshunos olima, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Xadicha Sulaymonova tavallud topdi (vafoti 1965-yil). U 1954–1955-yillarda Toshkent yuridik instituti rektori, 1956–1959-yillarda Oʻzbekiston SSR Adliya vaziri, 1959–1964-yillarda Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti huzuridagi Adliya komissiyasi raisi lavozimlarida ishlagan. 1964-yildan to umrining oxiriga qadar Oʻzbekiston SSR Oliy sudi raisi boʻlgan.

Olimaning ilmiy ishlari jinoyat huquqi, xususan, Oʻzbekistonda huquqshunoslik fanining vujudga kelishi va rivojlanishi, xotin-qizlar huquqi masalalariga bagʻishlangan. U Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq institutini (1958), Adliya vazirligi huzuridagi Sud ekspertizasi ilmiy-tadqiqot institutini (1959) tashkil etish tashabbuskorlaridan biri boʻlgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari
#Fargona

❗️Farg'ona viloyatidagi 55 nafar fuqaroning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi

Joriy yilning 2-iyun kuni Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur sessiyada jami 55 nafar, shundan Bag'dod tumanida 18 nafar, Oʻzbekiston tumanida 11 nafar, Qo'shtepa tumanida 7 nafar, Yozyovon tumanida 6 nafar, Rishton tumanida 5 nafar, Dang'ara tumanida 3 nafar, Buvayda, Furqat, Oltiariq, Toshloq tumanlarida bir nafardan fuqarolarning yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga boʻlgan mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha xalq deputatlari viloyat Kengashining qarori qabul qilindi.

“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonunning ijrosi viloyat adliya boshqarmasi tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, kelgusida ham viloyatning barcha hududlarida huquqlarni e’tirof etish ishlari davom etadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🇹🇷Turkiyaning nufuzli TRT Avaz telekanali tomonidan "Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumiga bag‘ishlangan maxsus reportajlar efirga uzatildi.

Reportajlarda forum doirasidagi asosiy tadbirlar, xalqaro ekspertlarning chiqishlari hamda O‘zbekistonda huquq sohasida olib borilayotgan islohotlar keng yoritildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Namanganda “Ko‘chmas mulk: rasmiylashtirish, muammolar, takliflar” mavzusida O‘zbekiston notariuslarining 2-kongriyessi o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

📺 Adliya tadbirkorning manfaatlarini sudda himoya qildi. Tafsilotlar "Bu kun"da

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot