ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.7K photos
2.73K videos
39 files
9.45K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Tashkent_Law_Spring_2025

Aset Ordabayev,
Kasperskyning Markaziy Osiyo va Moʻgʻuliston boʻyicha davlat organlari bilan hamkorlik yoʻnalishi rahbari (Qozogʻiston Respublikasi):


Jadal raqamlashuv jarayonlari insoniyatga ulkan qulayliklarni taqdim etmoqda. Biroq bu jarayon ortidan kiberxavflar kabi yangi tahdidlar ham paydo boʻlmoqda.

2024-yil holatiga koʻra dunyo boʻyicha 6,1 milliard kiberhujum toʻxtatilgan. Bu shunchaki raqam emas har bir internet foydalanuvchisiga xavf soluvchi murakkab tahdidlarning masshtabidir. Shundan 437 million zararli hujumlar internet-resurslar orqali amalga oshirilgan, 325 ming unikal foydalanuvchi esa bank hisoblariga qilingan hujumlardan himoya qilingan.

Kundalik aniqlanayotgan zararli obyektlar soni 1 milliondan oshmoqda. Ular orasida fishing, skam, zararli URLlar va moliyaviy firibgarlik asosiy oʻrinni egallamoqda. Eʼtiborli jihati tahdidlarning 99%i avtomatlashtirilgan tizimlar orqali aniqlanmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇹🇲 “Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumi doirasida O‘zbekiston va Turkmaniston Adliya vazirliklari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

🔹 2025-yil 30-may kuni Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov Turkmaniston Adliya vaziri o‘rinbosari Sapa Jumayev bilan uchrashdi.

📌 Uchrashuvda O‘zbekistonda adliya va huquq sohasida amalga oshirilayotgan raqamlashtirish ishlari, davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayoni va FHDYO organlari faoliyatidagi yutuqlar tanishtirildi.

🗣 Turkmaniston vakili “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatini yuqori baholab, bu yo‘nalishda yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.

🤝 Tomonlar, shuningdek, notarius va advokatlar faoliyatida joriy etilayotgan innovatsion yondashuvlar bo‘yicha fikr almashdi hamda kelgusida tajriba almashuvini kuchaytirishga kelishib oldilar.

🟢 Uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

Doktor Hans Yoaxim Shramm,
Vismar amaliy fanlar universiteti professori:

– Ayni paytda amaldagi o‘quv dasturlari talabalarni real muammolarni hal qilishga tayyorlashda yetarli darajada moslashmagan, ayniqsa, raqamlashtirish oqibatlarini hisobga olish borasida.

SI vositalaridan foydalanish huquqshunoslardan yangi ko‘nikmalarni talab etadi. SI o‘qituvchilar uchun talabalarga topshiriq berishda alohida qiyinchiliklar tug‘diradi. Topshiriqlarnisun’iy intellektga asoslangan chat bot – ChatGPTga matn kiritish orqali hal qilish ma’noga ega emas.

Bu jarayonda topshiriqlar murakkabligini oshirish yoki og‘zaki imtihonlarni qayta joriy etish ehtimoliy yechimlaridan biri bo‘lishi mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

Sören A. Croll,
Jura One kompaniyasi-rahbari
(Germaniya Federativ Respublikasi)
:

Aqlli o‘qitish platformasi kelajak ta’limi uchun strategik yechimdir. Bunday platformalar faqat ta’limni emas, o‘rganish jarayonini ham individuallashtirib, sifat va samaradorlikni ta’minlash imkonini bermoqda.

Platforma huquqiy yondashuvlarga (deduktiv/induktiv) asoslanishi, ma’lumotnoma yoki interaktiv o‘quv resurs sifatida xizmat qilishi mumkin. Undan veb tarzida ish stolida yoki ilova shaklida mobil qurilmalarda foydalanish mumkin bo‘ladi.

Platforma internetga ulangan va uzilganda ham ishlayoladigan bo‘lishi lozim. Interfeysi tushunarli, foydalanishda sodda va o‘quvchiga o‘z o‘sishini kuzatish imkonini berishi shart.

Kelajakda aqlli onlayn o‘qitish platformalarining rivojlanishi ikki asosiy yo‘nalishda – aralash ta’lim modellari yoki faqat raqamli, sun’iy intellekt asosida davom etadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

🇸🇬🇺🇿 Adliya vaziri A. Tashkulov Singapur bosh prokurori Lucien Vongni qabul qildi

📍 2025-yil 30-may kuni Adliya vaziri A. Tashkulov hamda Singapur bosh prokurori Lucien Vong o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🤝 Uchrashuvda adliya va huquq sohalarida istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari hamda yangi tashabbuslar muhokama qilindi.

🔹 A. Tashkulov so‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilgan yuridik islohotlar, jumladan:
• davlat xizmatlarida BPR joriy etilgani;
• “Situatsion markaz”, “Litsenziya” va “E-Apostil” tizimlari yaratilgani;
• LexAI — sun’iy intellektga asoslangan yuridik platforma ishga tushirilgani haqida ma’lumot berdi.

📑 Tomonlar qonunchilik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish, xalqaro shartnomalarga muvofiqligini ta’minlash, tartibga solish ta’sirini baholash va korrupsiyaga qarshi ekspertiza borasida hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

🇺🇿🤝🇦🇿 O‘zbekiston va Ozarbayjon davlat xizmatlari sohasida tajriba almashmoqda

“Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumi doirasida O‘zbekiston Adliya vaziri o‘rinbosari N. Muxammadiyev va Ozarbayjon Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlari va ijtimoiy innovatsiyalar bo‘yicha davlat agentligi raisi o‘rinbosari J. Salmanov uchrashdi.

💬 Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida samarali va ishonchli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi.

🔹 O‘zbekiston tomoni yurtimizda bu yo‘nalishda amalga oshirilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar bilan bo‘lishdi.

🔹 Ozarbayjon vakillari esa “Oson xizmat” loyihasi doirasidagi tajribalar haqida ma’lumot berdi.

📌 Tomonlar kelgusida ham tajriba almashinuvini davom ettirishga kelishib oldilar.

🟢 Uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Qirg‘iziston adliya vaziri o‘rinbosari Kuban Kazakov boshchiligidagi delegatsiya bilan Shayxontohur tuman davlat xizmatlari markazida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv jarayonida delegatsiya a’zolari yangi joriy etilgan davlat xizmatlari bilan tanishtirilib, Markazga tashrif buyuruvchilarga xizmatdan foydalanishda ko‘makchilik qilayotgan hamda savollariga tezkor javob beruvchi “Yordamchi operator” robototexnika uskunasining imkoniyatlari muhokama qilindi.

Delegatsiya a’zolari tomonidan ID-karta berish, haydovchilik guvohnomasini almashtirish, xorijga chiqish biometrik pasportini berish va boshqa ko‘plab xizmatlardan davlat xizmatlari markazining o‘zida foydalanish mumkinligi alohida e’tirof etilib, bu boradagi xizmatlarni takomillashtirish yuzasidan o‘zaro tajriba almashildi.

Tashrif yakunlari bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga kelishib olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tashkent_Law_Spring_2025

🇺🇿🤝🇦🇿 O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi adliya sohasidagi hamkorlik yangi bosqichda

“Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Tashkulov Ozarbayjon Adliya vaziri Farid Axmedov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

🤝 Uchrashuvda tomonlar do‘stona va strategik hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

📑 Suhbat davomida ikki davlat adliya organlari o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

🖊 2025–2026-yillar uchun Hamkorlik dasturi imzolandi. U quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
• qonunchilik hujjatlarining ta’sirini baholash;
• yuridik kadrlar tayyorlash;
• notarial tizimni takomillashtirish;
• raqamlashtirish va sun’iy intellektni huquqiy sohalarga joriy etish bo‘yicha tajriba almashish.

🔰 Ozarbayjon tomoni “Tashkent Law Spring” forumini xalqaro miqyosdagi nufuzli maydon sifatida e’tirof etdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tashkent_Law_Spring_2025

🇺🇿🤝🇲🇾 O‘zbekiston va Malayziya: huquqiy hamkorlik yangi bosqichda

“Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumi doirasida Adliya vaziri Akbar Tashkulov Malayziya Bosh vaziri Departamenti huzuridagi Huquqiy va Institutsional islohotlar vaziri Azalina Osman Said bilan uchrashdi.

💬 Uchrashuv avvalida mehmonning forumdagi ishtiroki va faol muloqotlari uchun minnatdorlik bildirildi.

📆 Tomonlar O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992-yildan buyon izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladilar.

🔹 Uchrashuvda quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi:
• qonun ustuvorligini ta’minlash;
• inson huquqlarini himoya qilish;
• davlat xizmatlarini raqamlashtirish;
• adliya sohasidagi islohotlar bo‘yicha tajriba almashish.

🖊 Uchrashuv yakunida ikki mamlakat o‘rtasida huquqiy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha memorandum imzolandi.

🌐 Malayziya tomoni O‘zbekistondagi islohotlarni yuqori baholab, ularni xalqaro darajada yuksak e’tirof etilayotganini ta’kidladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

🌍 Adliya vaziri A. Tashkulov va World Justice Project vakili M. Lewis uchrashuvi

📅 2025-yil 30-may kuni “Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumi doirasida Adliya vaziri Akbar Tashkulov Jahon odil sudlov loyihasi (World Justice Project)ning davlat sektori bilan hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Mark Lewisni qabul qildi.

🔹 Uchrashuvda O‘zbekistonda sud-huquq tizimi, davlat boshqaruvi, murojaatlar bilan ishlash va bepul huquqiy yordam ko‘rsatish yo‘nalishlaridagi islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

📌 M. Lewis O‘zbekistondagi islohotlarning hujjatlar bilan cheklanib qolmay, mahalla darajasida ham amaliyotga joriy etilayotganini yuqori baholab, bu yondashuv ko‘plab muammolarga samarali yechim bo‘la olishini ta’kidladi.

🌟 Shuningdek, u huquq ustuvorligini ta’minlash borasida O‘zbekiston mintaqadagi ilg‘or davlatlardan biri ekanini e’tirof etdi.

🤝 Tomonlar ushbu sohada hamkorlikni chuqurlashtirib, mavjud muammolarni bartaraf etishda birgalikda harakat qilishga kelishib oldilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot