ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.7K photos
2.73K videos
39 files
9.45K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

🌍 O‘zbekiston — global yuridik maydonda

📍 “Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumi doirasida Adliya vaziri Akbar Tashkulov dunyoning yetakchi yuridik firmalari — “Baker Botts”, “Curtis, Mallet-Prevost, Colt & Mosle LLP”, “Vinson & Elkins LLP” hamda “Pinna Goldberg” vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

🤝 Uchrashuvlarda yuridik xizmatlar sifati, huquqiy infratuzilmani zamonaviylashtirish, yuridik kadrlar malakasini oshirish va xalqaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

📈 Shu bilan birga, xalqaro yuridik firmalarning O‘zbekistonda vakolatxonalarini ochish va investitsion muhitni yuksaltirishga xizmat qiluvchi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan ham fikr almashildi.

🔹 Bu muloqotlar yurtimizda yuridik xizmatlar bozorini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

“Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumi boshlanmoqda


Toshkent. 29-may. Poytaxtimiz yana bir bor xalqaro huquqiy hamjamiyat e’tibor markaziga aylandi – mamlakatimizda “Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumi boshlanmoqda.

Bu yilgi tadbirning asosiy mavzusi – “Raqamli texnologiyalar davri: kelajakka huquqiy nazar” bo‘lib, jahon yuridik hamjamiyatini raqamlashtirish jarayonidagi yangi tahdidlar va imkoniyatlarni muhokama qilishga qaratilgan.

Forumda 1 200 nafarga yaqin ishtirokchi, shu jumladan 150 nafarga yaqin xorijiy spiker va rasmiylar, 40 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlardan vakillar qatnashishi kutilmoqda.

Forum doirasida 20 ga yaqin tadbir, jumladan plenar sessiya, mahorat darslari, davra suhbatlari, 4 ta ko‘rgazma, shuningdek, ilk bor Xalqaro yoshlar yuridik forumi ham o‘tkaziladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tashkent_Law_Spring_2025

“Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumi boshlanmoqda


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025
⭕️ #jonli_efir

Ayni daqiqalarda “Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumi ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz orqali jonli efirda uzatilmoqda.

Jarayonni jonli efirda kuzatish uchun quyidagi havolaga bosing:

👉 https://www.youtube.com/watch?v=cDaYyHuGvyA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tashkent_Law_Spring_2025

Аnar Ramiz o‘g‘li
Ozarbayjon Respublikasi Аdvokatlar kollegiyasi raisi:


Shubhasiz, kelajak raqamli texnologiyalar bilan bog‘liq

Ozarbayjon Respublikasi advokati, Sud-huquq kengash aʼzosi sifatida ushbu forumda ishtirok etish men uchun katta sharafdir.

Ushbu forum mintaqa miqyosidagi eng nufuzli huquqiy anjumanlardan biri bo‘lib, turli davlatlar huquqshunoslari o‘rtasida tajriba va fikr almashish, hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim platforma vazifasini o‘taydi.

O‘zbekiston – biz uchun birodar va do‘st mamlakat. So‘nggi yillarda Ozarbayjon va O‘zbekiston advokatlari o‘rtasida samimiy va ishonchli hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgani quvonarli hol. Bizni turkiy mamlakatlar sifatida umumiy tarix, madaniyat, qadriyatlar va huquqiy anʼanalar bog‘lab turadi.

Biz mintaqa miqyosida huquqiy sohada eng ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, yangiliklarni birgalikda tatbiq etish yo‘lida hamkorlikni davom ettiramiz.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

“Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumi yalpi majlisidan lavhalar

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
“Tashkent Law Spring” тўртинчи халқаро юридик форуми иштирокчиларига табрик

Поздравление участникам четвертого международного юридического форума «Tashkent law spring»

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tashkent_Law_Spring_2025

Аkiko Fujji,
BMT taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili:


Inson qaror qabul qilishi kerak, mashina emas

Tashkent Law Spring – barchamiz uchun ajoyib imkoniyat. Аyniqsa, raqamli texnologiyalar davrida huquqiy mexanizmlar bilan bog‘liq masalalarda juda muhim imkoniyat hisoblanadi.

Raqamlashtirish jarayonlari davlat xizmatlari, sud ishlari, eshituvlar, odamlarning huquqiy yordam bo‘yicha so‘rovlari kabi sohalarda katta yutuqlar bera boshladi. Аyniqsa, Sunʼiy intellekt va chat-botlardan foydalanish bu jarayonni yanada samarali qilmoqda.

Biroq, forumda muhokama qilinadigan eng muhim masalalardan biri – inson qaror qabul qilishi kerak, mashina emas, degan tamoyil asosida, mavjud xatarlarni aniqlash va ularga qarshi huquqiy mexanizmlarni yaratishdir. Bu muhokamalarning asosiy mohiyati shunda – huquqiy meʼyorlar insonlar to‘g‘ri qaror qabul qilishida ularga yordam berishi lozim.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Toshqulovning “Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumidagi nutqidan


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

Maryam Аl Hammadi
Birlashgan Аrab Аmirliklari Davlat vaziri va Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi:

“Аqlli sud tizimi” – yangi platforma


Qabul qilinayotgan qonunlarimiz juda aniq va muvofiqlashtirilgan tartibda ishlab chiqilyapti. Bu jarayonda yuristlar, biznes vakillari va har bir vazirlik faol ishtirok etadi va o‘z sohasiga daxldor qonunchilik uchun masʼul hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasi butun jarayonni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.

Biz sud tizimini raqamlashtirish borasida sezilarli yutuqlarga erishdik. Sud jarayonlariga raqamli serverlar joriy etildi, hujjatlarni boshqarish tizimlari avtomatlashtirildi, ovoz tanish texnologiyalari faol qo‘llanmoqda.

Vazirlar Mahkamasi qoshida maxsus “Аqlli sud tizimi” platformasi tashkil qilingan. Bu platforma orqali yangi texnologiyalarni, jumladan sunʼiy intellekt asosida ishlovchi tizimlarni sinovdan oʼtkazish va joriy etish ishlari amalga oshirilyapti.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Toshqulovning “Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumidagi nutqidan


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot