ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.7K photos
2.73K videos
39 files
9.45K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

🤝 Adliya vaziri o‘rinbosari A. Karimov OECD vakili T. Teplova bilan uchrashdi

📅 2025-yil 27-may kuni Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov OECD Davlat boshqaruvi direksiyasi bo‘lim boshlig‘i va katta maslahatchisi Tatyana Teplovani qabul qildi.

📌 Uchrashuvda adliya va huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, “aqlli tartibga solish” (TSTB) tizimi, raqamli adliya, sun’iy intellekt asosidagi “LexAI” chatbot, bepul yuridik yordam va notarial harakatlarni masofadan amalga oshirish kabi innovatsion yondashuvlar muhokama qilindi.

🧠 T. Teplova qonunchilikni baholash instituti tashkil etilganini yuqori baholab, “inson manfaatlariga yo‘naltirilgan adliya” tamoyillari muhimligini ta’kidladi va OECD bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha takliflar berdi.

✈️ Shuningdek, O‘zbekiston vakillarini Ispaniyada o‘tadigan xalqaro forumga taklif qildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🇺🇿 Jizzaxda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan yangi tashabbus

📽 So‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarni jinoyatchilikdan himoya qilish, shaxsiy xavfsizlik hissini shakllantirish borasida samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🔹 Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqiy tarbiyani mustahkamlashga qaratilgan “Soyalar” nomli hujjatli film yaratildi.

🎬 Bugun ushbu filmning premyerasi “Kiber arena” sport majmuasida 1000 dan ortiq yoshlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Bunday tashabbuslar yoshlarni yot g‘oyalardan asrashda va ularni jamiyatda faol pozitsiyaga ega bo‘lishga undashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Filmni quyidagi havola orqali ko'rishingiz mumkin👉🏻https://youtu.be/VfInfgzgu0A

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_yuridik_forum

“Raqamli texnologiyalar davri: kelajakka huquqiy nazar”


📆2025-yil 29-30-may
“Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumi

Huquqning zamonaviy tendensiyalari yuristlar, IT va biznes vakillari, olim va ekspertlar birlashgan xalqaro muhokama maydonida.

Batafsil: tashkentlawspring.uz

📞Qo‘shimcha ma‘lumot uchun:
71 2070458 (ichki raqam 1071)

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tashkent_Law_Spring

🤝 MDH Ijroiya qo‘mitasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

📆 2025-yil 28-may kuni Adliya vaziri Akbar Tashkulov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Ijroiya qo‘mitasi mas’ul kotibi Irina Tselikovetsni qabul qildi.

🔹 Uchrashuvda “Tashkent Law Spring” xalqaro yuridik forumi doirasida dolzarb huquqiy masalalar, jumladan, aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirish, MDH davlatlari adliya vazirliklari o‘rtasida hujjat almashinuvini raqamlashtirish kabi tashabbuslar muhokama qilindi.

📡 MDH Yagona elektron platformasini yaratish konsepsiyasi va “Yo‘l xaritasi” loyihasi bo‘yicha fikr almashildi. Ushbu tizim orqali kuzatuv xatlari, FHDY hujjatlari, notarial so‘rovnomalar tezkor va samarali shaklda almashinishiga erishiladi.

🎉 Uchrashuv so‘ngida Irina Tselikovets MDH Bosh kotibi nomidan “Tashkent Law Spring” forumi munosabati bilan yo‘llangan tabrik maktubini topshirdi.

Uchrashuv do‘stona va samarali ruhda o‘tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
📚 Xalqaro arbitraj va energetika huquqi bo‘yicha seminar tashkil etildi

📆 28-may kuni Adliya vazirligi hamda “Curtis Mallet-Prevost Colt & Mosle LLP” xalqaro yuridik kompaniyasi hamkorligida “Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumi doirasida seminar bo‘lib o‘tdi.

🔹 Seminar xalqaro arbitraj va qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha shartnomalar yuzasidan zarur ko‘nikmalarni oshirishga qaratildi.

⚡️ Tadbirda energetika huquqi va investorlar bilan tuziladigan shartnomalar bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.

🗣 Seminar davomida savol-javoblar va amaliy tajriba almashinuvi bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
📣 OAV UCHUN E’LON

📍 Tashkent Law Spring — IV xalqaro yuridik forumi
📆 2025-yil 29–30-may, Toshkent shahri
📍Forum bo'lib o'tadigan joy

🔹 “Raqamli texnologiyalar davri: kelajakga huquqiy nazar” mavzusidagi forum doirasida:

▪️ Raqamli adliya, sun’iy intellekt, blockchain va metakoinotning huquqiy jihatlari
▪️ Xalqaro arbitraj va energetika huquqi
▪️ LegalTech, raqamli davlat xizmatlari va sud ekspertizasi
▪️ Intellektual mulk, mediaatsiya va huquqiy ta’limning kelajagi kabi yo‘nalishlarda sessiyalar bo‘lib o‘tadi.

🌍 Forumda BMT, WIPO, OECD kabi xalqaro tashkilotlar vakillari, turli davlatlarning adliya vazirlari va global yuridik firmalar ekspertlari ishtirok etadi.

🎓 Forum doirasida maxsus ko‘rgazmalar, seminarlar va master-klasslar tashkil etiladi.

Batafsil ma'lumot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🤝🇭🇺 O‘zbekiston va Vengriya adliya idoralari o‘rtasida hamkorlik kengaymoqda

📍 Bugun, 28-may kuni Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov Vengriya Adliya vazirligi delegatsiyasini qabul qildi.

🤝 Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi huquqiy hamkorlik istiqbollari va qo‘shma tashabbuslar muhokama qilindi.

💬 Vengriya delegatsiyasi mamlakatda yagona rasmiy huquqiy portal yo‘qligi tufayli eskirgan qonunlardan foydalanish holatlari haqida ma’lumot berdi. Shu munosabat bilan, ular yagona huquqiy platforma yaratish ustida ishlayotganini aytishdi.

🔗 Muzraf Ikramov esa O‘zbekistonda allaqachon “Lex.uz” portali orqali qonunlar ochiq va ishonchli manba sifatida taqdim etilayotganini, “LexAI” chatbot, bepul yuridik yordam tizimi va masofaviy notarial harakatlar joriy etilganini ta’kidladi.

📄 Uchrashuv yakunida 2025–2026-yillar uchun Hamkorlik dasturi imzolandi. Dastur qonunchilikni raqamlashtirish, huquqiy texnologiyalar va tajriba almashish yo‘nalishlarini qamrab oladi.

🌐 Uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot