Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
#Andijon_viloyati
✅ Andijon viloyatida O'zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan adliya organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar.
✅ Batafsil yuqoridagi 👆 ko'rsatuvda.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Andijon_viloyati
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Adliya vaziri o'rinbosari xizmat safari bilan Oqoltin va Sardoba tumanlarida bo'ldi.
✅ Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev Sirdaryo viloyatining Oqoltin va Sardoba tumanlariga xizmat safari davomida mahallalarda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi hamda Prezidentning 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-son qarori doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
✅ Tashrif chog‘ida “Mahalla yettiligi” a'zolari hamda mutasaddi rahbarlar ishtirokida suhbatlar tashkil etilib, aholining bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, infratuzilmani rivojlantirish va huquqiy yordam ko‘rsatish hamda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
✅ Sh.Rabiyev, shuningdek, Oqoltin tumanidagi “Indorama” va “Agro klaster” MChJlar faoliyati bilan yaqindan tanishib, korxona rahbarlari va hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlar, mavjud qonunchilikdagi imkoniyatlar, imtiyozli kreditlar va subsidiyalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
✅ Tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan tizimli muammolar o‘rganilib, sohaga oid taklif va fikrlar tinglandi hamda zarur tavsiyalar berildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Adliya vaziri o'rinbosari xizmat safari bilan Oqoltin va Sardoba tumanlarida bo'ldi.
Shuningdek, dastur doirasida tasdiqlangan Yo‘l xaritasining ijrosi monitoring qilinib, mavjud imkoniyatlardan foydalanib aholining turmush darajasini yanada yaxshilash, “fuqaro – mahalla – adliya” tizimi orqali huquqiy yordamni kuchaytirish va “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida ijtimoiy profilaktika tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Adliya vaziri o‘rinbosari Sherzod Rabiyev sirdaryolik tadbirkorlar bilan uchrashdi.
✅ Xususan, vazir o‘rinbosari Sirdaryo tumanidagi eng yirik qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Sirdaryo Mega Luks” mas'uliyati cheklangan jamiyati hamda metall konstruksiyalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Wangda group” qo'shma korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
✅ Uchrashuvlar davomida mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tildi.
✅ Shuningdek, tadbirkorlarga o‘z soha faoliyatiga oid huquqiy axborotni, shu jumladan, qonunchilikdagi yangiliklarni olish manbalari va shakllari haqida ma’lumotlar berildi.
✅ Bundan tashqari, tadbirkorlarning muammo va takliflari o‘rganildi hamda faoliyatda vujudga kelayotgan tizimli muammolarni hal etish boʻyicha zaruriy chora-tadbirlar koʻrilishi bildirib oʻtildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Adliya vaziri o‘rinbosari Sherzod Rabiyev sirdaryolik tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati o‘rganildi.
✅ Adliya vazirligi mas'ullari Navoiy viloyatidagi “Do‘stlik va NNT” uyiga tashrif buyurib, hududda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlar (NNT) faoliyati va ular uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
✅ Shuningdek, 150 dan ortiq NNTni birlashtirgan O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining (O‘ZNNTMA) Navoiy hududiy bo‘limi, milliy madaniy markazlar hamda boshqa nodavlat tashkilotlar faoliyati bilan tanishildi, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati o‘rganildi.
Navoiy viloyatida 500 dan ortiq NNT faoliyat yuritmoqda. 2024-yil davomida hududda gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish, sog‘liqni saqlash, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, korrupsiyaning oldini olish va ekologik muammolarni hal etishga qaratilgan 40 dan ortiq grant loyihalari amalga oshirilgan.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyati o'rganildi.
✅ Adliya vazirligi ishchi guruhi Buxoro viloyatining Romitan va Peshku tumanlarida Davlat xizmatlari markazlari va FHDY boʻlimlari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifatini hamda bu borada fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni o'rganib, ushbu hududlardagi FHDY arxivlari faoliyatini ko'zdan kechirdi.
✅ Shuningdek mazkur tuman (shahar) larda davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan bevosita muloqot qilib, ularning fikrlari va takliflari tinglandi.
✅ Mas’ullarga aholining huquqiy muammolarni aniqlash va hal etish, davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli ko'rsatmalar berildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyati o'rganildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM